Ibragimova Dildora Inomjonovnaningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Isajon Sultonning tarixiy mavzudagi asarlari badiiyati”. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3334
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Yulduz Akulovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Boboxonov Mavlon Raxmatullaevich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Isajon Sultonning adabiy-tarixiy asarlarini kompleks o‘rganish, muallifning tarixiy voqelikka yondashuv tamoyillarini, tarixiy fakt va badiiy talqin munosabatini, tarixiylik konsepsiyasini aniqlash, shuningdek, yozuvchi estetik ideali va individual uslubini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon adabiyotida tarixiy mavzuda yozilgan asarlarning shakllanish va rivojlanish bosqichlari izchil o‘rganilgan, antik davr, o‘rta asrlar va XX-asr nasri doirasida tarixiy voqelikning badiiy talqini umumlashtirilib, shu asosda o‘zbek adabiyotida tarixiy mavzuning ifodalanish mexanizmlari aniqlangan;
Isajon Sultonning tarixiy mavzudagi asarlari tematik, kompozision va badiiy mezonlar asosida ilk bor tizimli tavsif etilib, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy-tarixiy, umuminsoniy, hissiy-tarixiy va diniy-tarixiy yo‘nalishlar o‘zaro bog‘liq poetik maydon sifatida asoslab berilgan;
muallif individual uslubi va tarixiy faktni badiiy qayta ishlash usullari, xronotop yaratishdagi modellar, etnomadaniy elementlarni matnga integratsiya qilish mexanizmlari kompleks tahlil qilinib, ular Isajon Sulton tarixiy nasrining badiiy konsepsiyasini shakllantiruvchi asosiy omillar sifatida asoslangan;
“Bilga xoqon” romani misolida tarixiy fakt va badiiy talqin nisbati, estetik ideal va tarixiy voqelikni qayta yaratish usullari ilmiy jihatdan aniqlanib, yozuvchining tarixiy voqelikni badiiy modellashtirishga oid individual konsepsiyasi ilk bor nazariy jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Isajon Sultonning tarixiy mavzudagi asarlarida mavzu va g‘oyaviy jihatlarni tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotida tarixiy mavzuda yozilgan asarlarning shakllanish va rivojlanish bosqichlari izchil o‘rganilgan, antik davr, o‘rta asrlar va XX asr nasri doirasida tarixiy voqelikning badiiy talqini umumlashtirilib, shu asosda o‘zbek adabiyotida tarixiy mavzuning ifodalanish mexanizmlari aniqlangan xulosalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalar adabiyoti o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi berilgan. № 325170.) Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari talabalarining bolalar adabiyoti borasidagi nazariy bilimlari oshishi, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishi va dunyoqarashning kengaytirishga imkon yaratgan;
Isajon Sultonning tarixiy mavzudagi asarlari tematik, kompozision va badiiy mezonlar asosida ilk bor tizimli tavsif etilib, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy-tarixiy, umuminsoniy, hissiy-tarixiy va diniy-tarixiy yo‘nalishlar o‘zaro bog‘liq poetik maydon sifatida asoslab berilgan ilmiy-nazariy xulosalardan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 20-iyundagi 242/1-ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
muallif individual uslubi va tarixiy faktni badiiy qayta ishlash usullari, xronotop yaratishdagi modellar, etnomadaniy elementlarni matnga integratsiya qilish mexanizmlari kompleks tahlil qilinib, ular Isajon Sulton tarixiy nasrining badiiy konsepsiyasini shakllantiruvchi asosiy omillar sifatida asoslangan nazariy, amaliy xulosa va ilmiy yangiliklaridan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 20-iyundagi 242/1-ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Bilga xoqon” romani misolida tarixiy fakt va badiiy talqin nisbati, estetik ideal va tarixiy voqelikni qayta yaratish usullari ilmiy jihatdan aniqlanib, yozuvchining tarixiy voqelikni badiiy modellashtirishga oid individual konsepsiyasi ilk bor nazariy jihatdan dalillangani borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 -yil yanvar va may oylaridagi “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 7 iyuldagi 05-09-1087-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.