Ibragimova Lola Asatullo qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘lik-salomatlik mavzusiga oid maqollarning struktur-semantik va lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4655
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori (DSc) professor, Uralova Oysuluv Poyon qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: salomatlikka oid maqollarning pragmatik mazmuni, semantik strukturasi, lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi paremiologik birliklar tarkibida muhim o‘rin tutadigan salomatlikka oid maqollarning struktur-semantikasi (ya’ni tarkib jihatidan maqol tuzilishiga mosligi va ma’no ko‘lami), leksik-semantik tuzilishi (maqollarning antonimik va sinonimik xususiyatlari), ularning o‘xshash va farqli jihatlari qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi salomatlikka oid maqollarning strukturasi (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar) mutanosibligi hamda ularning qofiyadoshlik (omonimlik, paronimlik) tamoyil va qonuniyatlariga amal qilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi salomatlikka oid maqollarning nutq jarayonidagi faollashuvi maqsadli, ekspressiv xususiyatga ega ekanligi, ularning pragmatik mazmuni (kommunikativ va nutqiy-strategik) lingvomadaniy kontekstda shakllangani isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarda salomatlikka oid maqollar tarkib jihatidan turg‘unlik ko‘rsatkichiga egaligi, ularning sintaktik qolipini shakllantiruvchi lisoniy birliklarning sinonimik va antonimik tarkibi mavjudligi isbotlangan, hamda bu maqollarning nutqdagi funksional (pand-nasihat, tanbeh, ekspressivlik va hakozo) jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Salomatlikka oid maqollarning semantik-struktur va lingvomadaniy xususiyatlarining qiyosiy-tipologik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi paremiologik birliklar tarkibida muhim o‘rin tutadigan salomatlikka oid maqollarning struktur-semantikasi (tarkib jihatidan maqol tuzilishiga mosligi va ma’no ko‘lami), leksik-semantik (maqollarning antonimik va sinonimik xususiyatlari) tuzilishi, o‘xshash va farqli jihatlari qiyosiy-tipologik tadqiqi xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 03/3666-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha darajasida matnning struktur-semantikasi, morfo-semantik tarkibi, qiyosiy-tipologik xarakterlari, paremiologiyalarning funksional vazifasini belgilash takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi salomatlikka oid maqollarning strukturasi (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar mutanosibligi) hamda ularning qofiyadoshlik (omonimlik, paronimlik) tamoyil va qonuniyatlariga amal qilishi bo‘yicha erishilgan natijalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishida foydalanildi. (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 21-fevraldagi 83/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishining mazmuni salomatlikka oid maqollarning ligvomadaniy xususiyatlari, folklorga xosligi, etnolingvistikaning muhim tarkibiy qismi sifatida baholangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi salomatlikka oid maqollarning nutq jarayonidagi faollashuvi, maqsadli va ekspressiv xususiyatga ega bo‘lishi, hamda ularning pragmatik mazmuni (kommunikativ va nutqiy-strategik) lingvomadaniy asosga oid natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan, 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 3-dekabrdagi 2651/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyiha matnining mazmuni lisoniy birliklarning sinonimik, antonimik tarkibi, funksioanal jihatlari, lingvomadaniy asoslari va pragmatik vazifalari bilan boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillarda salomatlikka oid maqollar tarkib jihatidan turg‘unlik ko‘rsatkichiga egaligi, ularning sintaktik qolipini shakllantiruvchi lisoniy birliklarning sinonimik va antonimik tarkibi mavjudligi isbotlangan. Ularning nutqdagi funksional (pand-nasihat, tanbeh, ekspressivlik va hakozo) jihatlari bo‘yicha erishilgan natijalardan, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil 25-noyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida, tadqiqotchi bilan suhbat olib borish davomida, dissertatsiya ilmiy yangiliklarini jonli efirga uzatish orqali foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-noyabr 01-07/401-son ma’lumotnomasi). Natijada, salomatlikka oid maqollarnining nutqda voqelanishi, ularning pragmalingvistik tahlili hamda ijtimoiy maqomga egaligini yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish