Ruzikulova Nigora Shuxratovnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik strategiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped923.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismanova Arofat Abdulxamidovna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari didaktik tayyorgarligining pedagogik imkoniyatlari nazariya va amaliyotning miqdoriy nisbati muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan konsensusni integrativlikning mavjud “didaktik” va “xususiy” darajalari barobarida “metodologik” va “umumpedagogik” darajalarni kiritish maqsadiga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorgarligining didaktik ta’minoti autentik elektiv materiallarni interpretatsiyalash va imitatsiyalashda boshlang‘ich va yakuniy qiymati qayta aloqasining identivligini generativ kontentga ko‘ra belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorgarligining pedagogik strategiyalari individual ta’lim traektoriyasini ishlab chiqishda o‘quv tezaurusining invariant mazmuniga ko‘ra vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlashda o‘zgaruvchan mazmunini adaptiv belgilash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligi modelining mazmunli-texnologik komponenti kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uyg‘unlashtira olish jarayonlarini funksional aks ettirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari didaktik tayyorgarligining samaradorligi “emotsional-ekspressiv interpretatsiya”, “kontekstual interpretatsiya”, “empatik muloqot interpretatsiyasi” va “refleksiv interpretatsiya” sifatlarini kasbiy rivojlanishning variativ rekonstruksiyasini loyihaga asoslangan ta’lim negizida qurishga ko‘ra tarkib toptirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik strategiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari didaktik tayyorgarligining pedagogik imkoniyatlarini nazariya va amaliyotning miqdoriy nisbati muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan konsensusni integrativlikning mavjud “didaktik” va “xususiy” darajalari barobarida “metodologik” va “umumpedagogik” darajalarni kiritish maqsadiga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7596/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy infratuzilmasini intensivlashtirishga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorgarligining didaktik ta’minotini autentik elektiv materiallarni interpretatsiyalash va imitatsiyalashda boshlang‘ich va yakuniy qiymati qayta aloqasining identivligini generativ kontentga ko‘ra belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7596/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligini takomillashtirish mazmuni kengaytirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorgarligining pedagogik strategiyalarini individual ta’lim traektoriyasini ishlab chiqishda o‘quv tezaurusining invariant mazmuniga ko‘ra vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlashda o‘zgaruvchan mazmunini adaptiv belgilash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7596/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik tayyorgarligini rivojlantirish pedagogik strategiyalarining amaliy natijadorligini ta’minlashga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga didaktik tayyorgarligi modelining mazmunli-texnologik komponentini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uyg‘unlashtira olish jarayonlarini funksional aks ettirishga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7596/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari didaktik tayyorgarligining samaradorligini “emotsional-ekspressiv interpretatsiya”, “kontekstual interpretatsiya”, “empatik muloqot interpretatsiyasi” va “refleksiv interpretatsiya” sifatlarini kasbiy rivojlanishning variativ rekonstruksiyasini loyihaga asoslangan ta’lim negizida qurishga ko‘ra tarkib toptirish asosida oshirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7596/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik tayyorgarligini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish