Usmonova Nodiraxon Baxtiyorjonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursi transfortmatsiyasining  ijtimoiy-madaniy xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025..PhD/Fil5946.
Ilmiy rahbar: Sultonova Shoxista Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Nojialiev Ismoil Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish, lingvokognitiv va lingvomadaniy tahlil orqali ushbu diskurs va tibbiy madaniyatning asosiy tushunchalari transformatsiyasining ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursi transformatsiyasi jamiyat mental ongida shakllangan hosilaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti natijasi sifatida tavsiflangan hamda vujudga kelgan o‘zgarishlarning lisoniy va nutqiy omillari, ijtimoiy-maishiy, tarixiy-madaniy, etnolingvistik xususiyatlari, lingvomadaniy,, mafkuraviy ko‘lami yoritilishi orqali tibbiyot konseptining terminologik va noterminologik leksikada voqelanishi aniqlangan; 
tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursiga oid birliklarning jamiyat a’zolari ongida tarixiy muloqot vositasi sifatida shakllanish bosqichlari tavsiflangan hamda xalq tomonidan yaratilgan, maxsus yoki milliy muloqotda amalda bo‘lgan kasallik  nomlarli (noterminologik tibbiy leksika)ning turli tizimli tillarda qo‘llanishi, o‘zbek adabiy tili, dialektal lisoniy areallar va hududiy tillarda amal qilish chegaralari, ko‘lami olamning lisoniy manzarasi evolyusiyasi bilan bog‘liqlik tamoyili asosida ochib berilgan; 
transformatsiyalashgan tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursiga oid birliklar jismoniy madaniyatning bir qismi sifatida maydonga kelganligi, uni muloqot vakillari sodda tibbiy tasavvurlar asosida qabul qilishi va qo‘llashi natijasida xalq tilida shakllangan kasallik nomlari va ayrim tushunchalarning mavjud tibbiy terminologik va konseptual bo‘shliqlarni to‘ldirishi sotsiolingvistik, lingvopsixologik, kongnitiv, etno va lingvomadaniy jihatdan asoslangan; 
zamonaviy jamiyatda insonning jismoniy sog‘ligiga rahna solayotgan, tibbiy kasalliklardan ko‘ra jiddiyroq xavf tug‘dirayotgan ommaviy “ijtimoiy kasalliklar (internetga qaramlik, tajovuzkorlik, qashshoqlik, tengsizlik)”ni aniqlash uchun tabiiy va gumanitar fanlarda umumiy metodologiya va diagnostika usullarining mavjud emasligi aniqlangan hamda ushbu muammolar tibbiyot va tilshunoslik fanlari kesishuvida ommaviy tibbiy savodxonlikni oshirish orqali hal qilinishi lozimligi taqdim qilingan amaliy tavsiyalar asosida  dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursi transfortmatsiyasining  ijtimoiy-madaniy xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursi transformatsiyasi jamiyat mental ongida shakllangan hosilaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti natijasi sifatida tavsiflaridan hamda vujudga kelgan o‘zgarishlarning lisoniy va nutqiy omillari, ijtimoiy-maishiy, tarixiy-madaniy, etnolingvistik xususiyatlari, lingvomadaniy va mafkuraviy ko‘lami yoritilishi orqali tibbiyot konseptining terminologik va noterminologik leksikada voqelanishi aniqlangan o‘rinlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2022-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2025-yil 15-martdagi 01/4-950-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursi makoniga kiritilgan tibbiy bilimlar va ularning nomlanishi ommalashtirilgan, aholi orasida tibbiy savodxonlik oshishiga erishilgan;  
tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursiga oid birliklarning jamiyat a’zolari ongida tarixiy muloqot vositasi sifatida shakllanish bosqichlari tavsiflaridan hamda xalq tomonidan yaratilgan, maxsus yoki milliy muloqotda amalda bo‘lgan kasallik  nomlarli (noterminologik tibbiy leksika)ning turli tizimli tillarda qo‘llanishi, o‘zbek adabiy tili, dialektal lisoniy areallar va hududiy tillarda amal qilish chegaralari, ko‘lami olamning lisoniy manzarasi evolyusiyasi bilan bog‘liqlik tamoyili asosida ocib berilgan fikr va xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ 2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2025-yil 15-martdagi 01/4-951-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy-sog‘lomlashtirish diskursida foydalaniladigan kasallik nomlarining turkiy tillardagi voqelanishining holatlari ilmiy-amaliy tomonlariga xos ma’lumotlar salmog‘i oshgan;
zamonaviy jamiyatda insonning jismoniy sog‘ligiga rahna solayotgan, tibbiy kasalliklardan ko‘ra jiddiyroq xavf tug‘dirayotgan ommaviy “ijtimoiy kasalliklar (internetga qaramlik, tajovuzkorlik, qashshoqlik, tengsizlik)”ni aniqlash uchun tabiiy va gumanitar fanlarda umumiy metodologiya va diagnostika usullarining mavjud emasligi aniqlangan hamda ushbu muammolar tibbiyot va tilshunoslik fanlari kesishuvida ommaviy tibbiy savodxonlikni oshirish orqali hal qilinishi lozimligi taqdim qilingan amaliy tavsiyalar asosida  dalillangan mulohazalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan efirga tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishining 2025-yil yanvar va fevral oylari sonlari senariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 07-fevraldagi 05-09-139-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlar ilmiy sifati oshgan, milliy sog‘lomlastirish nomlarini qo‘llashda xalqimiz lingvistik tafakkurini o‘stirishga erishilib, ko‘rsatuv va eshittirishlarning tomoshaboplik darajasi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish