Narimanova Nilufar Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G.barbadense L. turiga mansub navlarni yirik ko‘sakli tizmalar bilan duragaylash asosida yangi genotiplar olish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1063
Ilmiy rahbar: Madartov Baxrom Kuvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Xoliqova Malohat Bobomurodova, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G.barbadense L. turiga mansub yirik ko‘sakli tizmalar va navlarni chatishtirish asosida olingan duragaylarning morfoxo‘jalik belgilarini irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va korrelyativ bog‘liqligi hamda klaster tahlili asosida genetik jihatdan boyitilgan yangi oilalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor F1 o‘simliklarida o‘suv davri belgisi ijobiy va salbiy o‘ta dominantlik hamda to‘liqsiz dominantlik holatlarida irsiylanishi va onalik shakliga bog‘liqligi, F2 o‘simliklarida chap tomonli transgressiya natijasida tezpisharligi 105,0 – 119,0 kun bo‘lgan qimmatli rekombinant shakllar ajratib olingan;
F1 o‘simliklarda bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi ijobiy va salbiy dominantlik, o‘ta dominantlik va oraliq holatlarida irsiylanishi, F2 o‘simliklarda bitta ko‘sakdagi paxta vazni 5,0-6,9 g bo‘lgan noyob rekombinant shakllar ajratib olingan hamda ajratib olingan F3 populyasiya o‘simliklarida bitta ko‘sakdagi paxta vazni yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi aniqlangan;
F2-F3 avlodda keng ko‘lamli o‘zgaruvchanlik natijasida tola uzunligi 39,0 – 42,0 mm bo‘lgan rekombinant shakl va oilalar olingan;
F3 oilalarda bitta ko‘sakdagi paxta vazni bilan 1000 dona urug‘ vazni o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyasiya (r=0,84), 1000 dona urug‘ vazni bilan birinchi hosil shoxi o‘rtasida ijobiy o‘rtacha korrelyativ (r=0,54) bog‘liqlik aniqlangan;
F3 Oila-19/1, F3 Oila-19/3, F3 Oila-19/4, F3 Oila-19/5, F3 Oila-19/6 F3 Oila-19/7, F3 Oila -19/8 oilalarida morfoxo‘jalik belgilarini klaster tahlili natijasida 4 guruhga ajralishi aniqlangan;
G.barbadense L. turiga mansub yirik ko‘sakli tizmalar va navlarni chatishtirish asosida olingan duragaylarning morfoxo‘jalik belgilarini irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va korrelyativ bog‘liqligi hamda klaster tahlili asosida Oila-19/2, Oila-19/6 oilalari amaliy seleksiya jarayonida boshlang‘ich ashyo manba sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G.Barbadense L. turiga mansub navlarni yirik ko‘sakli tizmalar bilan duragaylash asosida yangi genotiplar olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
G‘o‘zaning yangi F3 Oila-19/1, F3 Oila-19/3, F3 Oila-19/4, F3 Oila-19/5, F3 Oila-19/6 F3 Oila-19/7, F3 Oila -19/8 oilalari Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Obod Sardori Diloromxon” fermer xo‘jaligida jami 6,2 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi №05/04-04-231-son ma’lumotnomasi). Natijada morfoxo‘jalik belgilarini klaster tahlili natijasida 4 guruhga ajralishi aniqlangan, F1 o‘simliklarida o‘suv davri belgisi ijobiy va salbiy o‘ta dominantlik hamda to‘liqsiz dominantlik holatlarida irsiylanishi va onalik shakliga bog‘liqligi, F2 o‘simliklarida chap tomonli transgressiya natijasida tezpisharligi 105,0-119,0 kun bo‘lgan qimmatli rekombinant shakllar ajratib olingan, F1 o‘simliklarda bitta ko‘sakdagi paxta vazni belgisi ijobiy va salbiy dominantlik, o‘ta dominantlik va oraliq holatlarida irsiylanishi, F2 o‘simliklarda bitta ko‘sakdagi paxta vazni 5,0-6,9 g bo‘lgan noyob rekombinant shakllar ajratib olingan hamda ajratib olingan F3 populyasiya o‘simliklarida bitta ko‘sakdagi paxta vazni yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi aniqlangan. 
F3 Oila-19/1, F3 Oila-19/3, F3 Oila-19/4, F3 Oila-19/5, F3 Oila-19/6 F3 Oila-19/7, F3 Oila -19/8 g‘o‘zaning yangi oilalari  Mirishkor tumani “Obod Sardori Diloromxon” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi №05/04-04-231-son ma’lumotnomasi). Natijada F2-F3 avlodda keng ko‘lamli o‘zgaruvchanlik natijasida tola uzunligi 39,0-42,0 mm bo‘lgan rekombinant shakl va oilalar olingan, F3 oilalarda bitta ko‘sakdagi paxta vazni bilan 1000 dona urug‘ vazni o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyasiya (r=0,84), 1000 dona urug‘ vazni bilan bitta ko‘sakdagi paxta o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyativ (r=0,84), 1000 dona urug‘ vazni bilan birinchi hosil shoxi o‘rtasida ijobiy o‘rtacha korrelyativ (r=0,54) bog‘liqlik aniqlangan, G.barbadense L. turiga mansub yirik ko‘sakli tizmalar va navlarni chatishtirish asosida olingan duragaylarning morfoxo‘jalik belgilarini irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va korrelyativ bog‘liqligi hamda klaster tahlili asosida Oila-19/2, Oila-19/6 oilalari amaliy seleksiya jarayonida boshlang‘ich ashyo manba sifatida tavsiya etilgan. 
G‘o‘zaning yangi (Oila-19/1, Oila-19/2, Oila-19/3, Oila-19/6 va Oila-19/7) oilalari Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Obod Sardori Diloromxon” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi №05/04-04-231-son ma’lumotnomasi). Natijada cheklangan shoxlanish tipiga ega bo‘lgan Oila-19/1, Oila-19/2, Oila-19/3, Oila-19/6 va Oila-19/7 oilalari bitta ko‘sakdagi paxta vazni (4,6-5,1 g) va 1000 dona chigit vazni (126,8-135,4 g), tola chiqimi (35,4-37,3%), tola uzunligi (39,3-40,3 mm) belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi isbotlangan va amaliy seleksion genetik izlanishlarga boshlang‘ich manba sifatida foydalanishga tavsiya etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish