Axmedova Munisa Abdimajitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovun, tarvuz urug‘lari va o‘simliklarida preparatlar kompleksini qo‘llashning hosildorlikka ta’siri”, 06.01.06- Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1527
Ilmiy rahbar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmatov Norqobil Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Rustamov Behzod Abdumalikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qovun va tarvuz urug‘lari va o‘simliklariga preparatlar kompleksi bilan ishlov berishning ekinlar o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga va mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qovunning Oltin tepa va Kichkintoy navlari, tarvuzning Shirin navi urug‘lariga Maksim XL 3,5% sus.k. 5 ml/kg, Selest Top 31,2% sus.k. 5 ml/kg, Nanokremniy s.e.k. 1 ml/l me’yorida qo‘llanilganda laboratoriya unuvchanligi va unish quvvati oshganligi aniqlangan;
Qovunning Oltin tepa va Kichkintoy navlari, tarvuzning Shirin navi urug‘lariga Maksim XL 3,5% sus.k. 5 ml/kg, Selest Top 31,2% sus.k. 5 ml/kg, Trixodermin n.kuk. 1 g/kg va Nanokremniy s.e.k. 1 ml/l me’yorida qo‘llanilganda o‘simliklarni o‘sib - rivojlanishi, hosildorligi va mevalar sifati yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
Qovun va tarvuz urug‘lariga Maksim XL 3,5 % sus.k. 5 ml/kg me’yorida ishlov berish, o‘simliklarni o‘suv davrida temir oksidi (Fe2O3) 1 g/l miqdorida bargiga purkalganida, o‘simliklarning o‘sib - rivojlanishi, hosildorligi va mevalar sifatiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
Qovun urug‘lariga Maksim XL 3,5 % sus.k. 5 ml/kg me’yorida ishlov berish, o‘simliklar o‘suv davrida temir oksidi (Fe2O3) 1 g/l miqdorida bargiga purkalganida, o‘simliklarning kasalliklarga nisbatan chidamliligi qayd etilgan; tarvuz urug‘lariga Maksim XL 3,5 % sus.k. 5 ml/kg me’yorida ishlov berish, o‘simliklar o‘suv davrida preparatlar kompleksi (BIO o‘g‘it - 1 g/l, MnO2 - 1 g/l, Fe2O3 - 1 g/l) bargiga purkalganida o‘simliklarning kasalliklarga nisbatan chidamliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovun, tarvuz urug‘lari va o‘simliklarida preparatlar kompleksini qo‘llashning hosildorlikka ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Sirdaryo viloyati sharoitida qovunning “Kichkintoy” va “Oltin tepa” navlari urugʻlariga ekish oldidan ishlov berishda mikrobiologik preparat (Trixodermin) dan 1 g/kg, Maksim XL 3,5% preparatidan esa 5 ml/kg me’yorida qo‘llash taklif etilgan va viloyatning Xovos va Boyovut tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining jami 1,86 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/06-03-132-son ma’lumotnomasi). Natijada qovundan qo‘shimcha 3,1-3,8 t/ga hosil olishga erishilgan. Shuningdek, qovun urugʻlariga dastlab biologik preparat Nanokremniy, 1 ml/l; Maksim XL 3,5% kimyoviy preparatidan 5 ml/kg miqdorida ishlov berish, o‘suv davrida nano- va mikrozarracha Fe2O3 (temir oksidi) dan 1 g/l me’yorida bargiga purkash usuli taklif etilgan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan. Natijada qovunning “Kichkintoy” va “Oltin tepa” navlaridan 4,2-4,8 t/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.
ushbu preparatlar (Trixodermin 1 g/kg, Maksim XL 3,5% 5 ml/kg) bilan qovun urug‘lariga ishlov berish usuli Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi fermer xo‘jaliklarining jami 1,32 gektar; Andijon viloyati Paxtaobod va Oltinko‘l tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining jami 1,58 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/06-03-132-son ma’lumotnomasi). Natijada qovundan Jizzax viloyati sharoitida qo‘shimcha 2,9-3,3 t/ga, Andijon viloyati sharoitida esa qo‘shimcha 2,8-3,9 t/ga hosil olish imkonini bergan. Shuningdek, urugʻlarga dastlab Nanokremniy 1 ml/l, Maksim XL 3,5% -5 ml/kg ishlov berish, o‘suv davrida Fe2O3 (temir oksidi) nano- va mikrozarrachadan 1 g/l me’yorida bargiga purkash usuli taklif etilganida qovundan Jizzax viloyatida qo‘shimcha 4,1-4,6 t/ga; Andijon viloyatida esa qo‘shimcha 4,0-4,9 t/ga hosil olish imkonini bergan.
Qashqadaryo viloyati sharoitida tarvuzning “Shirin” navi urugʻlariga ekish oldidan Trixodermin, 1 g/kg, Maksim XL 3,5% preparatidan 5 ml/kg me’yorida qo‘llash taklif etilgan va viloyatining Kitob va Shaxrisabz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining jami 1,86 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/06-03-132-son ma’lumotnomasi). Natijada tarvuzdan qo‘shimcha 3,8-4,2 t/ga hosil olishga erishilgan. Tarvuz urugʻlariga dastlab biologik preparat Nanokremniydan 1 ml/l, Maksim XL 3,5% -5 ml/kg miqdorida ishlov berish, o‘suv davrida nano- va mikrozarracha Fe2O3 (temir oksidi) dan 1 g/l me’yorida bargiga purkash usuli taklif etilgan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan. Natijada tarvuzning “Shirin” navidan 4,9-5,2 t/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.
ushbu preparatlar (Trixodermin 1 g/kg, Maksim XL 3,5% 5 ml/kg) bilan tarvuzning “Shirin” navi urug‘lariga ishlov berish usuli Samarqand viloyati Oqdaryo va Toyloq tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining jami 1,12 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi №05/06-03-132-son ma’lumotnomasi). Natijada tarvuzdan qo‘shimcha 3,8-4,0 t/ga hosil olishga erishilgan. Urugʻlarga dastlab Nanokremniy 1 ml/l, Maksim XL 3,5% -5 ml/kg bilan ishlov berish, o‘suv davrida nano- va mikrozarracha Fe2O3 (temir oksidi) bilan bargiga purkash usuli taklif etilgan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan. Natijada tarvuzdan qo‘shimcha 4,8-5,2 t/ga hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish