Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘lining
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped696
Ilmiy maslahatchi: Fayzullaev Tursunboy siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Sobirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muxayyo Botiralievna, Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
akmeologik yondashuv asosida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining profi-akademik faoliyati tahliliga qaratilgan intellektual va ijodiy o‘sish akme kartalarni kreativ kollaboratsiya jarayonida o‘zini-o‘zi tashxislash ustuvorligida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy o‘zini-o‘zi anglashni rivojlantirishning  funksional modeli kasbiy kompetensiyaning tayanch, umumiy va maxsus darajalarida identifikatsiyaning kreativ, kommunikativ, mobilizatsiya funksiyalarini pedagogik qadriyatlarga yo‘naltirilgan prognostik mo‘ljalda personal optimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish texnologiyalari o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini hamkorlikka asoslangan interaktiv jarayonda intensiv shakllantirishga qaratilgan autogen mashqlarni kasbiy rivojlanish maydonining autokorreksiya instrumentlarida individual moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning didaktik ta’minoti profi refleksiya traektoriyasida individual yo‘nalishlari tahlilini kasbiy o‘sishni ta’minlaydigan ijtimoiy-emotsional-ijodiy laboratoriya topshiriqlari bilan dinamik uyg‘unlini didaktik kontekstda ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning akmepedagogik tizimini takomillashtirishga o‘quv jarayonida mentorlik va fidbek uslublarida brain storming va story telling texnikalarini mobil metodik refleksiyada qo‘llash orqali erishilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning didaktik ta’minoti profi refleksiya traektoriyasida individual yo‘nalishlari tahlilini kasbiy o‘sishni ta’minlaydigan ijtimoiy-emotsional-ijodiy laboratoriya topshiriqlari bilan dinamik uyg‘unlini didaktik kontekstda ta’minlash asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik takliflar “60110400 – Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Malaka talabi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 11-apreldagi 02/01-01-128-son malumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi asosida kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirishning konseptual asoslari takomillashtirilgan.
akmeologik yondashuv asosida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining profi-akademik faoliyati tahliliga qaratilgan intellektual va ijodiy o‘sish akme kartalarni kreativ kollaboratsiya jarayonida o‘zini-o‘zi tashxislash ustuvorligida qo‘llash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini sifatli tashkil etish hamda kasbiy yutuqlarini oshirish imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 27-iyundagi 01/11-10-411-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy o‘zini-o‘zi identifikatsiya qilishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlari boshlang‘ich ta’lim imkoniyatlariga mos holda aniqlashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy o‘zini-o‘zi anglashni rivojlantirishning  funksional modeli kasbiy kompetensiyaning tayanch, umumiy va maxsus darajalarida identifikatsiyaning kreativ kommunikativ, mobilizatsiya funksiyalarini pedagogik qadriyatlarga yo‘naltirilgan prognostik mo‘ljalda personal optimallashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim muassasalarining 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi №446355-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga kasbiy o‘zini-o‘zi identifikatsiya qilishning nazariy asoslari, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari, amalga oshirish haqida tushunchaga ega bo‘lish imkoniyati ta’minlandi.
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish texnologiyalari o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini hamkorlikka asoslangan interaktiv jarayonda intensiv shakllantirishga qaratilgan autogen mashqlarni kasbiy rivojlanish maydonining autokorreksiya instrumentlarida individual moslashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash konsepsiyasi mazmuni boyitilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-iyundagi 11-05-3837/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy o‘zini-o‘zi identifikatsiya qilishni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar, didaktik imkoniyatlar hamda ushbu jarayonni ta’minlovchi pedagogik tuzilma ilmiy asosda takomillashtirildi.
akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning akmepedagogik tizimini takomillashtirishga o‘quv jarayonida mentorlik va fidbek uslublarida brain storming va story telling texnikalarini mobil metodik refleksiyada qo‘llash orqali erishilishini dalillashga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil mart va aprel oylarida efirga uzatilgan “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlagan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘ZBEKISTON 24»  ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 21-oktyabrdagi № 05-09-1656-son son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy o‘zini-o‘zi identifikatsiya qilishni kasbiy qadriyat sifatida tarkib toptirishning metodik asoslari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish