Xayrullaeva Nigora Jamolxonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Etnopedagogik yondashuv asosida pedagogika yo‘nalishi talabalarida gender tolerantlikni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped 4783
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
1. Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) professor Asranbaeva Munojat Alimjanovna
1. Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Etnopedagogik yondashuv asosida talabalarda gender tolerantlikni rivojlantirish texnologiyasini ilmiy-metodik jihatdan ishlab chiqish va pedagogik fanlar misolida uning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarida gender tolerantlikni rivojlanganlik darajasiga tashxis qo‘yish indikatorlari motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksivlikka doir komponentlariga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
gender bag‘rikenglik sifatlarini rivojlantirish va mustahkamlash texnologiyalari (loyihalash, ijodiy topshiriqlar) aniqlashtirildi, ta’lim jarayonida etnopedagogik yondashuvni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari (talabalarda gender tenglik va bag‘rikenglikni ongda mustahkamlash) belgilandi, shuningdek, gender bag‘rikenglikning rivojlanish darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi. Bu ko‘rsatkichlar tolerantlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-axborotli, ijtimoiy-perseptiv, affektiv-empatik hamda xulq-atvoriy komponentlari o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlashga asoslanadi;
bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarida gender tolerantlikni rivojlantirishda etnopedagogik yondashuv tolerantlik salbiy ta’sirlarni bartaraf etishdagi asosiy tarkibiy qism ekanligini tolerantlik tamoyilining pedagogik komponentlari va elementlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning ijtimoiy va madaniy hayotda tenglik hamda farqlarni aniqlashtirish orqali, talabalarning genderga oid ijtimoiy tushunchalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan treninglar, muhokama klublari, rolli o‘yin metodlari ishlab chiqilib, kasbiy pedagogik faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagogika o‘qituvchisida gender tolerantlikni rivojlantirishning funksional modeli zamonaviy etnopedagogikaning o‘ziga xos shakli, gender tenglik asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va ta’lim muassasalarida genderga oid ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashni hisobga olish, taʼlimning maqsadli-mazmunli komponentligini o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Etnopedagogik yondashuv asosida pedagogika yo‘nalishi talabalarda gender tolerantlikni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarida gender tolerantlikni rivojlanganlik darajasiga tashxis qo‘yish indikatorlari motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksivlikka doir komponentlariga ustuvorlik berishga oid taklif va tavsiyalaridan institutning 2024-2025 yillar amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida ALM-202403110247 raqamli “Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiya, ma'rifiy adabiyot va media mahsulotlar majmuasini yaratish” mavzusidagi maqsadli-amaliy loyihasida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-uil 10- sentyabr 10/571-sonli ma’lumotnomasi). Natijada etnopedagogik yondashuv asosida pedagogika yo‘nalishi talabalarda gender tolerantlikni rivojlantirish darajasini aniqlashtirish va baholash imkoniyatlarini boyitishga erishilgan;
gender tolerantlik fazilatlarini rivojlantirish va mustahkamlash (loyihalash, ijodiy vazifa) texnologiyalari o‘quv jarayonida etnopedagogik yondashuvni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari (talabalar ongida gender tenglik va tolerantlikni mustahkamlash) hamda tolerantlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-informatsion, ijtimoiy-perseptiv, affektiv-empatiya va xulq-atvorga doir komponentlari uyg‘unligini ta’minlash asosida talabalarda gender tolerentlik rivojlanganlik darajasini belgilovchi indikatorlarga doir taklif va tavsiyalardan “Dialog” Respublika Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan bajarilgan 2023-2025 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha fuqorolik jamiyati va davlat idorasi o‘rtasida hamkorlik” loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminarlar va amaliy tadqiqotlarda foydalanilgan (“Dialog” Respublika nodavlat notijorat tashkilotining 2025-yil 12-iyundagi №01-06-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada etnopedagogik yondashuv asosida pedagogika yo‘nalishi talabalarda gender tolerantlikni rivojlantirish modeli va uning metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarida gender tolerantlikni rivojlantirishda etnopedagogik yondashuv tolerantlik salbiy ta’sirlarni bartaraf etishdagi asosiy tarkibiy qism ekanligini tolerantlik tamoyilining pedagogik komponentlari va elementlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning ijtimoiy va madaniy hayotda tenglik hamda farqlarni aniqlashtirish orqali, talabalarning genderga oid ijtimoiy tushunchalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan treninglar, muhokama klublari, rolli o‘yin metodlaridan Farg‘ona viloyati “Mehrjon”ayollar va bolalar markazi tomonidan 2023-2024 yillarda amalga oshirilgan “Teng- biz birgalikda gender tenglik tarafdorimiz” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazining 2025-yil 23-avgustdagi 88-X/A son malumotnomsi) etnopedagogik yondashuv asosida pedagogika yo‘nalishi talabalarda gender tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagogika o‘qituvchisida gender tolerantlikni rivojlantirishning funksional modeli zamonaviy etnopedagogikaning o‘ziga xos shakli, gender tenglik asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va ta’lim muassasalarida genderga oid ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashni hisobga olish, taʼlimning maqsadli-mazmunli komponentligini o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil fevral va iyul oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-sentyabr 2025-yil 05-09-1384-son ma’lumotnomasi). Natijada etnopedagogik yondashuv asosida pedagogika yo‘nalishi talabalarda gender tolerantlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan