Yusupov Nodirbek Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish” mavzusidagi 12.00.08 - «Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1086
Ilmiy rahbar: Toxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli  ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Toshpulatov Akrom Ikromovich, yuridik fanlari doktori, professor; O‘razaliev Murodjon Qoraevich, yuridik fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda ifodalanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatni o‘tash tartibi bilan bog‘liq cheklovlar qatorida harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraq (omonat)ga ega bo‘lishi, pul mablag‘lari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatliklarga egalik qilishiga oid ta’qiqni qonun darajasida legallashtirish asoslantirilgan; 
 “jangovar vaziyat” holatini aniqlashda jangovar harakatlar, jangovar vazifalarni bajarish, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazish yoki favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etilgan davrlar inobatga olinishi zarurligi ilmiy asoslantirilgan;
harbiy xizmatchilarning o‘z xizmat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni (tegishli ruxsatsiz) internet resurslarida joylashtirishni cheklash – harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontraktga qo‘shimcha ravishda harbiy xizmatchilarga yuklanadigan majburiyat sifatida kiritish asoslantirilgan; 
ehtimoliy harbiy harakatlarda qatnashuvchi harbiy xizmatchilarning mazkur davr sharoitida qabul qiladigan qarorlarini halqaro huquq normalariga muvofiqlashtirish maqsadida urushlar, qurolli mojarolar va boshqa turdagi jangovar harakatlar olib borishning halqaro normativ standartlarini shaxsiy tarkib o‘quv mashg‘ulotlari dasturiga implementatsiya qilish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
harbiy xizmatni o‘tash tartibi bilan bog‘liq cheklovlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraq (omonat)ga ega bo‘lishi, pul mablag‘lari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatliklarga egalik qilishga oid ta’qiq bilan to‘ldirgan holda qonun darajasida legallashtirishga oid takliflar 2024-yil 29-noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2025-yil 16-iyuldagi 3/dn-152-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif harbiy xizmatchilar uchun tarqoq holda belgilangan cheklovlarni O‘zbekiston Konstitusiyasining 21-moddasidagi inson huquq va erkinliklarini faqat qonunga muvofiq cheklanishi haqidagi talabga muvofiq, yaxlit qonun hujjatiga birlashtirish hamda harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat davomidagi ehtimoliy tashqi taʼsirlarni oldini olishga imkon bergan;
jangovar harakatlar, jangovar vazifalarni bajarish, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazish yoki favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etilgan davrlar “jangovar vaziyat” holatini aniqlashda inobatga olinishi lozimligi haqidagi takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 22-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilariga tegishli mazmundagi o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda bayon etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 8-noyabrdagi 14/3107-sonli dalolatnomasi) Mazkur takliflar harbiy xizmatchilarning alohida vazifalarni bajarish sharoitida “jangovar vaziyat” holatini aniqlash me’zonlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
harbiy xizmatchilarning o‘z xizmat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni (tegishli ruxsatsiz) internet resurslarida joylashtirishni cheklash to‘g‘risidagi taklifi mudofaa vazirining 2024 yil 29 yanvardagi 65-sonli buyrug‘i 1-3-ilovalari (harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontraktga qo‘shimcha bilan harbiy xizmatchiga yuklanadigan majburiyatlar)ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 14/2049-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif qo‘shinlarda harbiy intizomni mustahkamlash, Qurolli Kuchlarda axborot xavfsizligi va huquqbuzarlik profilaktikasi samaradorligi ortishiga xizmat qilgan;
urushlar, qurolli mojarolar va boshqa turdagi jangovar harakatlar olib borishning xalqaro normativ bazasini harbiy xizmatchilarning o‘quv mashg‘ulotlari dasturiga tatbiq etish orqali harbiy xizmatchilarga etkazish to‘g‘risidagi takliflari mudofaa vazirining 2024-yil 1-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i 2-ilovasi (axloqiy-ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha tadbirlar rejasi) 16-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 14/2049-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ehtimoliy jangovar harakatlarda ishtirok etuvchi shaxsiy tarkibning mazkur davr sharoitida qabul qiladigan qarorlarini halqaro normativ standartlarga muvofiqlashtirish borasidagi ko‘rinkmalarni shakllantirishga xissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish