Inoyatov Sardor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishni takomillashtirish mexanizmlari”: 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3599.
Ilmiy rahbar: Ashurov Mahamadjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: A.Abdullaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
R.Isaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterlarini raqamli texnologiyalarga integratsiyalashuv darajasi “raqamlashtirish infratuzilmasi”, “aniq dehqonchilik va monitoring tizimlari”, “raqamlashtirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari”, “bozorlar bilan raqamli integratsiya” va “ilmiy-tadqiqot faoliyati” ko‘rsatkichlari asosida matrisali baholash tizimi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda “IoT sensor Laer”, “Data Integration hub”, “Resourse Optimization Unit”, “Predictive Analytics”, “Market linkage Unit” va “Decision Support Dashboard” raqamli texnologiyalar asosida raqamlashgan boshqaruv algoritmi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini raqamli texnologiyalar yordamida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tashkiliy – DMC (Digital Management Center)ni tashkil etish va texnologik - IoT sensorlari, dronlar, GPS va aniq dehqonchilik tizimlarini ishga tushirish orqali takomillashtirish asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini raqamlashtirish natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarini iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan “optimistik”, “real” va “pessimistik rivojlanish” ssenariylariga asoslangan prognozi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishni takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlarini raqamli texnologiyalarga integratsiyalashuv darajasi “raqamlashtirish infratuzilmasi”, “aniq dehqonchilik va monitoring tizimlari”, “raqamlashtirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari”, “bozorlar bilan raqamli integratsiya” va “ilmiy-tadqiqot faoliyati” ko‘rsatkichlari asosida matrisali baholash tizimi bo‘yicha bergan tavsiyalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 15.01.2025 yildagi 119-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarida har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlarni olishga, xususan, raqamli integratsiyalashuvga oid boshqaruv qarorlarini aniq raqamli faktlarlar asosida shakllanishiga, bo‘g‘inlar kesimida raqamlashuv darajasini pastligini aniqlash va resurslarni qayta taqsimlash bo‘yicha strategiyalarni belgilab olishga, klasterlar o‘rtasida raqamli transformatsiya indeksini kuzatib borish imkonini yaratgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda “IoT sensor Laer”, “Data Integration hub”, “Resourse Optimization Unit”, “Predictive Analytics”, “Market linkage Unit” va “Decision Support Dashboard” raqamli texnologiyalar asosida raqamlashgan boshqaruv algoritmi bo‘yicha bergan tavsiyalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 15.01.2025 yildagi 119-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida boshqaruvda qaror qabul qilishda dalillarga asoslangan progressiv menejment tizimi shakllangan, shuningdek, er holati, havo harorati, namlik darajasi, o‘g‘it va suv sarfi, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotni bozor narxi hamda boshqa jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqligi ortishiga, resurslar tejamkorligiga va isrofgarchiliklarni kamayishiga, ishlab chiqarish samaradorligi hamda hosildorlik darajasini o‘sishiga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini raqamli texnologiyalar yordamida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tashkiliy – DMC (Digital Management Center)ni tashkil etish va texnologik - IoT sensorlari, dronlar, GPS va aniq dehqonchilik tizimlarini ishga tushirish orqali takomillashtirish bo‘yicha bergan tavsiyalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 15.01.2025 yildagi 119-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida suv, o‘g‘it va yoqilg‘i sarfini 10-15 foizga, mehnat xarajatlarini 8-10 foizga, hosil yo‘qotilishini 5-7 foizga qisqartirishga, hosildorlikni 10-12 foizga, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotni hajmini 15-17 foizga, foydani 10-12 foizga o‘sishiga, boshqaruvda operatsion qarorlar qabul qiilshni tezlashishiga va operatsion jarayondagi xatolarni kamayishiga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini raqamlashtirish natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarini iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorligini oshirishni 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognozini qo‘llash bo‘yicha bergan tavsiyalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 15.01.2025 yildagi 119-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarini 5 yillik optimistik, real va pessimistik rivojlanish ssenariylarini aniq belgilashga, strategik risklarni oldindan baholashga, moliyaviy, suv, mehnat va boshqa resurslar taqsimotini aniq rejalashtirishga, rentabellik darajasini oldindan ko‘rishga, boshqaruv tizimini ijtimoiy, texnologik hamda bozor o‘zgarishlariga moslashuvchan bo‘lishini ta’minlashga, umuman olganda, aniq baholangan ma’lumotlar asosida boshqaruvda yuqori samarali iqtisodiy qarorlarni qabul qilish imkoniyatini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish