Xudoyberganova Dilnoza Anvarjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
“Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalarning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4601
Ilmiy rahbar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Aripov Oybek Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalarning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish va samarali boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatining raqobatbardoshlik darajasini baholash tizimi “Past raqobatbardoshlik (0-25,0)”, “O‘sish imkoniyatlari mavjud, lekin samaradorlik past (25,1-50,0)”, “O‘rtacha raqobatbardoshlik (50,1-75,0,)”, “Yuqori raqobatbardoshlik (75,1-100)” mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida eksport faoliyatini boshqaruv mexanizmini “Good Agricultural Practice”, “BRCGS” va “Quality Management System” xalqaro standartlari mezonlari asosidagi takomillashgan shakli ishlab chiqilgan; 
meva-sabzavotchilik sohasidagi hududiy klasterlarning resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan vertikal va gorizontal boshqaruv tizimi ilmiy, moliyaviy-huquqiy, ijtimoiy va raqamli boshqaruv sektorlarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar uchun “bozor samaradorligi”, “iqtisodiy natijadorlik”, “tashkiliy moslashuvchanlik”, “logistika va ta’minot zanjiri” ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan, marketing strategiyasiga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatining raqobatbardoshlik darajasini “Past raqobatbardoshlik (0-25,0)”, “O‘sish imkoniyatlari mavjud, lekin samaradorlik past (25,1-50,0)”, “O‘rtacha raqobatbardoshlik (50,1-75,0,)”, “Yuqori raqobatbardoshlik (75,1-100)” mezonlari asosida takomillashgan baholash tizimi bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyun 05/06-04-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyani joriy etilishi natijasida korxonalarning texnologik quvvati, eksport salohiyati va resurs tejamkorligini tezkor aniqlash, har bir raqobatbardoshlik toifasi uchun alohida boshqaruv siyosatini ishlab chiqish, boshqaruv personali tomonidan raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini yillar kesimida kuzatib borish va o‘zgarishlar dinamikasini tahlilini olib borish imkoniyatlari yaxshilangan;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida “Good Agricultural Practice”, “BRCGS” va “Quality Management System” xalqaro standartlari mezonlari asosida takomillashtirilgan eksport faoliyatini boshqaruv mexanizmi bo‘yicha bergan tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyun 05/06-04-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida meva sabzavotlarni qayta ishlash korxonasida mahsulot sifati va xavfsizligini xalqaro standartlar talablariga moslashuviga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga elektron sertifikat berilishiga va bu orqali mahsulotning kelib chiqishi, qayta ishlovdan o‘tish jarayonlari hamda sanitar nazorat to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirilishiga, shuningdek, mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligi ortishiga va eksport hajmini oshishiga erishilgan;
meva-sabzavotchilik sohasidagi hududiy klasterlarning resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan vertikal va gorizontal boshqaruv tizimi ilmiy, moliyaviy-huquqiy, ijtimoiy va raqamli boshqaruv sektorlarini integratsiyalash orqali takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyun 05/06-04-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida hamkor OTMlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishiga, moliya va huquq sektoridagi subektlar o‘rtasidagi munosabatlarni shaffofligini ta’minlanishiga, ishchi-xodimlarni mehnat sharoitlari hamda ular uchun ijtimoiy himoya tizimining yaxshilanishiga, resurslar harakatini tezkor monitoringini amalga oshirishga erishilgan;
meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar uchun “bozor samaradorligi”, “iqtisodiy natijadorlik”, “tashkiliy moslashuvchanlik”, “logistika va ta’minot zanjiri” ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan, marketing strategiyasiga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm bo‘yicha bergan tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyun 05/06-04-309-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida xarajatlarni optimallashtirish orqali rentabellik darajasini 18-20 foizdan 24 foizga o‘sishiga, mahsulot sifatini yaxshilanishi va eksport hajmini ortishiga, mahsulotni etkazib berish davrini qisqarishiga, boshqaruv elastikligi va qarorlari samaradorligini ortishiga hamda barqaror mijozlar bazasi shakllanishiga  muvaffaq bo‘lingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish