Kurbanova Elmira Asadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha ichki ishlar organlari ma’muriy faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi 12.00.02 - «Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu380
Ilmiy rahbar: professor Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: IIV Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 32/30.12.2020. Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davran Kuvanovich, yuridik fanlari doktori, professor; Sharipov Sanjar Sobirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyatiga oid qonunchilik asoslarini nazariy jihatdan o‘rganish va ushbu asosda mazkur yo‘nalishda qonunlar ijrosini samarali amalga oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
profilaktika inspektori bolaning shaxsini aniqlash hamda uning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni, qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni birlamchi o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishi, agarda bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzish orqali uni ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshirishi asoslangan.
Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati voyaga etmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligi asoslantirilgan.
Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan xorijda nazoratsiz va qaramoqsiz qolgan voyaga etmagan bolalarni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirilishi asoslantirilgan;
Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha ichki ishlar organlari ma’muriy faoliyati yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar joriy etildi:
profilaktika inspektori bolaning shaxsini aniqlash hamda uning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni, qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni birlamchi o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi, agarda bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzish orqali uni ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshirishi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi «Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 490-sonli qarorining 3-band «b» qismi ikkinchi xatboshini ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 28-martdagi 12-16-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishda ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi voyaga etmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi «Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 210-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi Nizom» ning 7-bandi «a» kichik bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 7-avgustdagi 2/3800-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif nafaqat profilaktika faoliyatini tizimlashtirish va uning samaradorligini oshirishga, balki voyaga etmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirishni ta’minlaydigan tegishli ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xorijda nazoratsiz va qaramoqsiz qolgan voyaga etmagan bolalarni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi «Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 210-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» Nizomining 7-bandi «a» kichik bandi oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 7-avgustdagi 2/3800-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ichki ishlar organlarining ushbu sohadagi faoliyatini tartibga soluvchi ma’muriy qonunchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu taklif xorijda nazoratsiz va qaramoqsiz qolgan voyaga etmaganlarni O‘zbekistonga qaytarish choralarini muvofiqlashtirish uchun huquqiy va tashkiliy asos bo‘lib xizmat qiladi hamda organlar o‘rtasida tizimli hamkorlikni ta’minlab, bolalar huquqlarini himoya qilish va mamlakatning xalqaro majburiyatlarini bajarishga xizmat qiladi.
Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishini haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi «Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 210-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Nizom»ning 7-bandi «a» kichik bandi o‘n ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 7-avgustdagi 2/3800-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi ma’muriy qonunchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu taklif voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalarning davlat organlari, xizmatlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini institusionallashtirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi, bu esa harakatlarni muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, huquqbuzarliklarning profilaktikasi samaradorligini oshiradi hamda milliy amaliyotni bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlariga yaqinlashtiradi.