Gopirov Kamolidin
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab kimyo darsligi mazmunini STEAM yondashuv asosida takomillashtirish (7-sinf darsligi misolida)”, 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11222.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Raxmonovich kimyo fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vohidovich kimyo fanlari doktori, professor, Do‘monov Baxrom Muxtoralievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari 7-sinf kimyo darsligi mazmunini STEAM yondashuv elemetlarini kiritish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida «kimyo» faniga oid eksperimental ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minoti o‘quvchilar kreativ fikrlash qobiliyati va nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan STEAM yondashuv elemetlarini 7-sinf “kimyo” fani darsligi mavzulariga kiritish asosida takomillashtirilgan;
ilk bor, o‘quvchilarning kimyo fanini o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirish usullari eksperimental bilim-ko‘nikmalarini ijodiy va mantiqiy fikrlashga undovchi psixologik-pedagogik virtual innovatsion o‘quv komponentlarini har bir dars mazmuniga “Engineering (qurilma yaratish) + Science (reaksiya mexanizmi) + Math (miqdoriy hisob, pH tahlili) + Art (taqdimot dizayni)” ketma-ketligida kiritish asosida takomillashtirilgan;
ilk bor, «kimyo» fanidagi nazariy-amaliy bilimlar mazmunini kreativ tarzda soddalashtirishda vizuval evristik ta’limiy dasturiy texnologiyalarni kimyoviy terminlarga o‘girilgan o‘quv-didaktik innovatsion kompetensiyalarga ko‘ra o‘quvchilarning murakkab mavzularni o‘zlashtirish imkoniyati ortishi asoslangan;
“kimyo” faniga doir eksperimental ko‘nikmalarni fanlararo rivojlantirishda, jumladan, geografiyaga oid ko‘rgazmali innovatsion o‘quv-didaktik modellarni kimyoviy jarayonlarning “atomdan makromolekulaga” modeliga modifikatsion internal aloqadorlik shaklida aylantirish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf “kimyo” fani darsligi mazmunini STEAM yondashuvi asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida «kimyo» faniga oid eksperimental ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minoti o‘quvchilar kreativ fikrlash qobiliyati va nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan STEAM yondashuv elemetlarini 7-sinf “kimyo” fani darsligi mavzulariga kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 120-son buyrug‘i asosida chop etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinfi uchun mo‘ljallangan “kimyo” fani darsligi mazmunini STEAM yondashuv asosida ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 03-333484-son ma’lumotnomasi). Taklif o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fanlararo aloqalar asosida nazariy bilimlarni kengayti-rishni ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
ilk bor, o‘quvchilarning kimyo fanini o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirish usullari eksperimental bilim-ko‘nikmalarini ijodiy va mantiqiy fikrlashga undovchi psixologik-pedagogik virtual innovatsion o‘quv komponentlarini har bir dars mazmuniga “Engineering (qurilma yaratish) + Science (reaksiya mexanizmi) + Math (miqdoriy hisob, pH tahlili) + Art (taqdimot dizayni)” ketma-ketligida kiritish asosida takomillashtiririshga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 120-son buyrug‘i asosida chop etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari maktablari 7-sinfi uchun mo‘ljallangan «kimyo» fani darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 03-333484-son ma’lumotnomasi). Taklif umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo o‘quv kursida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishda laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ilk bor, “kimyo” fanidagi nazariy-amaliy bilimlar mazmunini kreativ tarzda soddalashtirishda vizuval evristik ta’limiy dasturiy texnologiyalarni kimyoviy terminlarga o‘girilgan o‘quv-didaktik innovatsion kompetensiyalarga ko‘ra o‘quvchilarning murakkab mavzularni o‘zlashtirish imkoniyati ortishi asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 120-son buyrug‘i asosida chop etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari maktablari 7-sinfi uchun mo‘ljallangan «kimyo» fani darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 03-333484-son ma’lumotnomasi). nazariy - amaliy bilimlar mazmuniga raqamli ta’lim texnologiyalar elemetlari o‘quv-bilish faoliyatining sifatini oshiruvchi didaktik ta’minotini boyitishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“kimyo” faniga doir eksperimental ko‘nikmalarni fanlararo rivojlantirishda, jumladan, geografiyaga oid ko‘rgazmali innovatsion o‘quv-didaktik modellarni kimyoviy jarayonlarning “atomdan makromolekulaga” modeliga modifikatsion internal aloqadorlik shaklida aylantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 16 sentyabrdagi 299-son “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 03-333484-son ma’lumotnomasi). Taklif o‘quvchilarning mavzular bo‘yicha kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirilishini nazorat qilish va baholash, samarali shakllanishi va rivojlanishini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.