Saidov Zoxir Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarrohlik usulida varikoseleni davolashning klinik va iqtisodiy jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4697.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor. Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
reflyuksning gemodinamik turini hisobga olgan holda jarrohlik usullarini ishlab chiqish orqali varikoseleni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor UT-dopplerografiya qo‘llanilishi orqali varikotseleda reflyuksning gemodinamik turiga muvofiq jarrohlik davolash usulini tanlashga xizmat qiluvchi yangi diagnostik yondashuv asoslangan;
ilk bor varikotseleni davolashda residiv rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradigan miniinvaziv usul — antegrad endovaskulyar skleroterapiya yangi texnologik echim asosida takomillashtirilgan;
xirurgik korreksiya samaradorligini baholash maqsadida birinchi marta eyakulyatning fertillik bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlari klinik ahamiyatga ega ob’ektiv mezon ekanligi asoslangan;
varikotseleni davolashda reflyuksning gemodinamik turini inobatga olgan holda jarrohlik usulini tanlash bo‘yicha klinik natijalarni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradigan mezonlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet negizida jigar abssesslari davosining kaminvaziv usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 20.06.2025 y. 20/16-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor UT-dopplerografiya qo‘llanilishi orqali varikotseleda reflyuksning gemodinamik turiga muvofiq jarrohlik davolash usulini tanlashga xizmat qiluvchi yangi diagnostik yondashuv asoslanganligi Toshkent shaxar soglikni saklash bosh boshkarmasi shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (17.07.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi (15.07.2025 y. 66-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilgan diagnostik yondashuv yoshlarda varikotsele bilan bog‘liq tug‘ma va ortiqcha yuklamali venoz stazlarni aniq va erta tashxislash imkonini yaratdi. Bu esa reproduktiv funksiyani saqlab qolish, urug‘ sifati va hosildorlikni oshirish, shuningdek, aholining yosh qatlamidagi erkaklar salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yangi diagnostik algoritm va individual jarrohlik taktikasi natijasida takroriy operatsiyalar soni 1,8 barobarga kamaydi, bemorlarning o‘rtacha statsionarda bo‘lish muddati 1,2 sutkaga qisqardi va 1 nafar bemorga to‘g‘ri keladigan umumiy davolash xarajatlari 245000 so‘mga kamaytirildi. Xulosa: UT-dopplerografiya yordamida varikotseleda reflyuksning gemodinamik turini aniqlash va uning ko‘rsatkichlariga asoslangan holda jarrohlik usulini tanlash imkonini beradigan yangi diagnostik yondashuv ishlab chiqilib, uning joriy etilishi reflyuksni aniqlash samaradorligini 94,7 % gacha oshirdi, operatsiyadan keyingi asoratlar sonini 2,6 barobarga, residiv holatlarini 62,6 % ga kamaytirib, spermogramma ko‘rsatkichlarini 48,5 % ga yaxshilash orqali bemorlarning reproduktiv salomatligini saqlab qolish va davolash samaradorligini keskin oshirishga xizmat qildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor varikotseleni davolashda residiv rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradigan miniinvaziv usul — antegrad endovaskulyar skleroterapiya yangi texnologik echim asosida takomillashtirilganligi Toshkent shaxar soglikni saklash bosh boshkarmasi shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (17.07.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi (15.07.2025 y. 66-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Miniinvaziv texnologiya yordamida og‘riq sindromi va reabilitatsiya davri keskin qisqardi, yosh bemorlarning ta’lim va mehnat faoliyatiga erta qaytishi ta’minlandi. Spermogramma ko‘rsatkichlari bo‘yicha operatsiyadan keyin fertillik parametrlari sezilarli yaxshilandi — asosiy guruhda reproduktiv funksiya 54,9% → 89,6% gacha oshdi, bu esa aholining yosh qatlamidagi erkaklar salomatligini yaxshilashda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan usul qo‘llanilganda statsionarda bo‘lish muddati 7,2 ± 0,9 kundan 2,1 ± 0,4 kunga (3,4 barobarga) qisqardi, operatsiyadan keyingi asoratlar soni 13,6 % → 0,8 %, residiv holatlar 17,1 % → 1,5 % gacha kamaydi. Bir bemorni davolashga ketadigan umumiy xarajatlar 50,8 % ga kamaydi, ya’ni endovaskulyar skleroterapiyada iqtisodiy samaradorlik koeffisienti an’anaviy operatsiyalarga nisbatan 2 baravar yuqori ekani isbotlandi. Xulosa: Takomillashtirilgan antegrad endovaskulyar skleroterapiya usuli varikotseleni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini 89,5 % dan 96,2 % gacha oshirdi, operatsiyadan keyingi asoratlarni 13,6 % dan 0,8 % gacha (16,5 martaga), residiv holatlarini 17,1 % dan 1,5 % gacha (11,4 martaga) kamaytirdi, statsionarda bo‘lish muddatini 3,4 barobarga qisqartirdi hamda har bir bemorga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy xarajatlarni 50,8 % ga kamaytirish orqali zamonaviy jarrohlikning yuqori samarali va iqtisodiy jihatdan maqbul usuli sifatida tavsiya etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: xirurgik korreksiya samaradorligini baholash maqsadida birinchi marta eyakulyatning fertillik bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlari klinik ahamiyatga ega ob’ektiv mezon ekanligi asoslanganligi Toshkent shaxar soglikni saklash bosh boshkarmasi shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (17.07.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi (15.07.2025 y. 66-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Eyakulyat ko‘rsatkichlarini baholashga asoslangan klinik mezonlar yordamida varikotsele bilan og‘rigan yosh bemorlarda bepushtlik va seksual funksiya buzilishlarini barvaqt aniqlash va oldini olish imkoni yaratildi. Asosiy guruhda operatsiyadan keyin reproduktiv funksiyaning yaxshilanishi 54,9 % → 89,6 % gacha oshdi va bu ko‘rsatkichlar statistik jihatdan ishonchli farq bilan tasdiqlandi (χ² = 43.087; p < 0.001). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Fertillik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda baholash usuli jarrohlik natijalarini tez va aniq prognoz qilish imkonini berdi. Bu orqali qayta operatsiyalar ehtimoli 3,1 % → 1,5 % gacha kamaydi va har bir bemor uchun qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruv xarajatlari 22,4 % ga qisqartirildi. Xulosa: Eyakulyatning fertillik bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini chuqur o‘rganish va ularni klinik mezon sifatida baholash natijasida varikotseleni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligi ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqotda fertillik parametrlari — spermatozoidlar konsentratsiyasi 2,1 barobar, harakatchanlik 48,5 %, morfologik normal shakllar 57,9 % gacha yaxshilangani aniqlandi; umumiy reproduktiv funksiya ko‘rsatkichi esa 89,6 % gacha oshgan bo‘lib, bu usulni jarrohlik samaradorligini baholashning aniq, obektiv va ilmiy asoslangan mezoni sifatida tavsiya etish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: varikotseleni davolashda reflyuksning gemodinamik turini inobatga olgan holda jarrohlik usulini tanlash bo‘yicha klinik natijalarni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradigan mezonlar takomillashtirilganligi Toshkent shaxar soglikni saklash bosh boshkarmasi shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (17.07.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi (15.07.2025 y. 66-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan algoritm yordamida varikotseleni gemodinamik turga asoslanib aniq tashxislash va individual jarrohlik usulini tanlash orqali yosh erkaklarda reproduktiv funksiyani saqlab qolish imkoni yaratildi. Asosiy guruhda fertillik darajasi 54,9% dan 89,6% gacha oshdi, bu esa bepushtlik xavfini keskin kamaytirib, fertil yoshdagi aholining sog‘lom avlod davomiyligini ta’minlashda ijtimoiy ahamiyatga ega natija bo‘ldi. Shuningdek, operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi va reabilitatsiya davri 40% ga qisqardi, bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tuzilgan algoritmni joriy etish natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar va residiv holatlar soni kamayishi hisobiga umumiy davolash xarajatlari 46,5% ga qisqardi. Bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 7,2±0,6 kundan 2,1±0,4 kungacha (3,4 barobar) qisqarib, har bir bemor hisobiga to‘g‘ri keladigan sarflar o‘rtacha 312000–350000 so‘mga kamaydi. Bu ko‘rsatkich varikotseleni patogenetik asoslangan, iqtisodiy jihatdan samarali jarrohlik strategiyasi sifatida tavsiya etish imkonini berdi. Xulosa: Reflyuksning gemodinamik turiga asoslangan jarrohlik usulini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm varikotselening residiv holatlarini 13,1% dan 2,06% gacha (6,4 barobar), operatsiyadan keyingi asoratlarni 12,7% dan 1,5% gacha (8,4 barobar), statsionarda bo‘lish muddatini 3,4 barobarga kamaytirdi hamda umumiy davolash samaradorligini 89,5% dan 96,2% gacha oshirdi. Shu tariqa ishlab chiqilgan algoritm varikotseleni davolashda klinik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuqori samara beradigan innovatsion texnologik echim sifatida ilmiy asoslandi.