Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilar kasbiy tanlovining ijtimoiy-psixologik omillari” mavzusidagi» 19.00.05 – «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/458.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shoiraxon Xomidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: D.I. Ilxamova psixologiya fanlari doktori, professor; X.X.Jabborov psixologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda kasbiy tanlovining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilardagi kasbiy tanlov darajasini yoshga oid dinamik (bir holatdan boshqasiga o‘tish, rivojlanish bosqichlari, yoki motivlar tarkibining yosh o‘tishi bilan o‘zgarib borishi) jihatlarini kasbiy tanlovda ijobiy ta’sir etuvchi “ichki motiv”, “bilish motivi”, “qochish motivi”, “musobaqalashuv motivi”, “irodaviy quvvat”, “o‘z imkoniyatlarini real baholash” kabi ustuvor ijtimoiy-psixologik omillar aniqlangan;
o‘quvchilarning kasbiy moyillik darajasi sifatida “insonlar bilan ishlashga moyillik”, “estetik faoliyatga moyillik”, “axborot bilan ishlashga moyillik”, “amaliy faoliyatga moyillik” kabi ustuvor mezonlarini aniqlash va o‘quvchilarning kasbiy moyillik darajasi gender hamda hududiy jihatdan tahlil qilish asosida ularni kasbga yo‘naltirishning ta’sirchan kasbiy moyilligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixodiagnostik, pedagogik, motivatsion va ijtimoiy hamkorlikka asoslangan kompleks tizimlar mexanizmlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning obektiv kasbiy tanloviga o’z-o’zini tashkil etish xususiyatlarining “vaziyat tahlili”, “rejalashtirish”, “o‘z-o‘zini nazorat qilish” kabi tayanch mezonlari ijobiy ta’siri ya’ni o‘quvchilarning vaziyatni tahlil qilish, rejalashtirish va o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatlari ularning kasbiy tanlovini asosli, ongli, barqaror va shaxsiy imkoniyatlariga mos tarzda amalga oshirishiga yordam beruvchi ijtimoiy-psixologik omil sifatida ta’sir etishi aniqlangan;
o‘quvchilarda obektiv kasbiy tanlovni shakllanishiga xizmat qiladigan ijtimoiy-psixologik treninglar dasturi ishlab chiqish asosida kasb tanlovida “kasbiy identifikasiya”, “kasbiy ustanovka” va “kasbiy refleksiya” kabi komponentlarni reallashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi (ya’ni o‘quvchilarning kasb tanlashda ongli, mustaqil va motivatsion jihatdan asosli qaror qabul qilish imkoniyatini kengaytirishishi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti nomidagi O‘quv ilmiy markazi 2025 14.06. PM 78-qaroriga asosan Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizining “O‘quvchilar kasbiy tanlovining ijtimoiy-psixologik omillari” mavzusida 19.00.05 Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarini joriy etilishi;
o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonlariga ijobiy ta’sir etuvchi “ichki motiv”, “bilish motivi”, “qochish motivi”, “musobaqalashuv motivi”, “irodaviy quvvat”, “o‘z imkoniyatlarini real baholash” ustuvor ijtimoiy-psixologik omillariga oid ma’lumotlar “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritildi;
o‘quvchilarning kasbiy moyillik darajasi sifatida “insonlar bilan ishlashga moyillik”, “estetik faoliyatga moyillik”, “axborot bilan ishlashga moyillik” , “amaliy faoliyatga moyillik” kabi ustuvor mezonlarini aniqlash asosida ularni kasbga yo‘naltirishning ta’sirchan mexanizmlariga oid tavsiyalar “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritildi;
o‘quvchilarning obektiv kasbiy tanloviga o’z-o’zini tashkil etish xususiyatlarining “vaziyat tahlili”, “rejalashtirish”, “o‘z-o‘zini nazorat qilish” kabi tayanch mezonlari ijobiy ta’siriga oid takliflar “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritildi;
o‘quvchilarda obektiv kasbiy tanlovni shakllanishiga xizmat qiladigan ijtimoiy-psixologik treninglar dasturi ularda kasb tanlovida “kasbiy identifikasiya”, “kasbiy ustanovka” va “kasbiy refleksiya” kabi komponentlarni reallashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga oid tavsiyalar “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritildi.