Xoshimov Nozimjon Numonjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental Alsgeymer kasalligida kalamush bosh miya sinaptosomalari kalsiy transportiga ba’zi polifenollarning ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi, (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/B220.
Ilmiy maslahatchi: Nasirov Qobil Erkinovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.V.01.13. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Iskandar Fatxullaevich, biologiya fanlari doktori; Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alsgeymer kasalligi modellashtirilgan kalamushlarning bosh miyasidagi sinaptik o‘tkazuvchanlikning hujayra ichki Ca2+- dinamikasining o‘zgarishiga asoslanib, nerv hujayralarining ion–transport tizimlari va qo‘zg‘alish/ tormozlanish reseptorlari komplekslarining funksiyalaridagi o‘zgarishlarga polifenol birikmalar ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PC-6, PC-7, PC-8 va euforbin polifenollari kalsiy transporti tizimlari va NMDA reseptorlari faolligini sezilarli darajada modulyasiyalashi orqali neyromediatorlarning ekzotsitozini o‘zgartirishi aniqlangan;
PC-6 va euforbin NMDA reseptori faolligini va hujayra funksiyasini o‘zgartirib, glutamat agonisti sifatida ta’sir qilishi aniqlangan;
PC-7 NMDAning Mg²+ -sezuvchi joylariga ta’sir ko‘rsatishi, PC-8 esa glisinni bog‘lanuvchi joyini modulyasiya qilishi tufayli, kalsiyning haddan tashqari yuklanishi va eksaytotoksiklikni oldini olish orqali neyroproteksiyaga yordam berishi aniqlangan;
Euforbin va PC-6 GAMK-A reseptorlarini ijobiy modulyasiya qilishi  va L-tipli kalsiy kanallarini (ayniqsa nifedipin/sinnarizin bilan) ingibirlashi, Ca²+ oqimini va glutamat chiqarilishini kamaytirishi ko‘rsatilgan.
Euforbin va PC-6 levetiratsetamning presinaptik kalsiy oqimini va glutamat chiqarilishini ingibirlashini kuchaytirashi va NE - noradrenalin, DA – dofamin, 5-HT - serotonin signalizatsiyasiga ta’sir qiluvchi α- va β-adrenergik reseptorlarni modulyasiya qilishi ko‘rsatilgan.
Alsgeymer kasalligi modellarida PC-6, PC-7, PC-8 va euforbin NMDA desensibilizatsiyasini modulyasiya qilishini, LTCC ni ingibirlashi, GAMKergik va SV2A faolligini oshirishi, NCX va adrenergik signalizatsiyani boshgqarishi orqali kalsiy muvozanatini tiklashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PC-6, PC-7, PC-8 va Euforbin polifenollarining nazoratda va Alsgeymer kasalligi modelida kalamush bosh miya sinaptosomalarida Ca2+-transportiga ta’sirini aniqlash va korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Euforbin va PC-6 polifenolining Alsgeymer kasalligi modelida NMDA-reseptorining L–glutamat kislota ta’siriga raqobatlashish asosida ta’sir ko‘rsatishidan olingan natijalar, Xitoy fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika institutining qurg‘oqchil hududlardagi o‘simlik resurslari va kimyosi laboratoriyasining GHZHKH12-2023-07-sonli loyihasida polifenollarning farmakologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry CAS, institutining 2023 yil 10 avgustdagi № 830011 - son ma’lumotnomasi). Natijada biologik faol birikmalarning nerv hujayrasi ionotrop nerv reseptorlari orqali Ca2+-transportiga ta’sir mexanizmlarini aniqlashda foydalanish imkonini bergan;
nazoratda va Alsgeymer kasalligi sharoitida PC-8 polifenoli NMDA-reseptorining glisin ta’siriga raqobatlashish asosida, PC-7 polifenoli esa NMDA-reseptorining Mg2+ ta’siriga ta’sir etib, NMDA-reseptori orqali bo‘ladigan kalsiy dinamikasining o‘zgarishini tartibga solishi to‘g‘risida olingan natijalardan Xitoy fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika institutining qurg‘oqchil hududlardagi o‘simlik resurslari va kimyosi laboratoriyasining GHZHKH12-2023-07-sonli loyihasida polifenollarning farmakologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan. (Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry CAS, institutining 2023 yil 10 avgustdagi № 830011 - son ma’lumotnomasi). Natijada biologik faol birikmalar ta’sirida sinaptosoma membranasi Ca2+–transporti bloklanishi va possinaptik membranadagi NMDA–reseptori orqali hujayra ichki Ca2+ konsentratsiyasining kamayishi asosida neyroprotektor xossalarini tavsiflash imkonini bergan;
polisaxarid va polifenollarning antikoagulyant, trombotsit va nerv hujayralari kalsiy transportini hamda gemostaz tizimi omillarini ingibirlovchi xossalaridan impakt-faktorga ega xorijiy ilmiy jurnallarda boshqa biologik faol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (International Journal of Aquatic Research and Environmental Studies 2025, V. 85, Scopus CiteScore 0.5; Trends in Sciences 2025, V. 22, Scopus CiteScore 1.8; Research Journal of Pharmacy and Technology. 2023, V.16 (12), Scopus CiteScore 1.5; Brazilian Journal of Biology, V. 85, Scopus CiteScore 3.2). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi polisaxaridlar va biologik faol birikmalarning hujayralarga ta’sir qilishida kalsiy ion transport tizimlari ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;
nerv va trombotsit hujayralari membranasidagi kalsiy transporti jarayonlarini molekulyar mexanizmlarini biologik faol moddalar yordamida boshqaruvchanligini aniqlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 01809. 2022 y.). Natijada antikoagulyant ta’sirga ega bo‘lgan rodentisid preparat ishlab chiqarish imkonini bergan.
PC-6, PC-7, PC-8 va Euforbin polifenolarining kalamush qon plazmasiga ingibirlovchi ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan № MUK -2021-38 raqamli «Rumex L. o‘simliklarini tizimli fitokimyoviy tadqiqotlar asosida bakteriya va o‘smalarga qarshi aktivligini o‘rganish» loyihasida PC-6, PC-7, PC-8 va Euforbin polifenolarining antikoagulyant xossalaridan Emodin fenol birikmasining trombotsit hujayralariga antikoagulyant ta’sir mexanizmini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2024 yil 17 iyuldagi №4/1255-1623-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, Emodin fenol birikmasining trombotsit hujayralariga protektor ta’sir mexanizmini aniqlash va Emodin fenol birikmasining gemostaz tizimidagi XII, XI plazma omillari va trombotsitlarni bloklovchi ta’sir mexanizmini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish