Karimov Islom Rustamalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kavar (Capparis spinosa L.) mevasidan organik kukun tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish va uni oziq-ovqat sanoatiga tadbiq etish», 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5182.
Ilmiy rahbar: Merganov Avazxon Turgunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ravshanov Suvonqul Safarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kavar (Capparis spinosa L.) mevasini etishtirishda innvatsion echilarni taklif qilish, texnik etilgan mevasidan organik kukun va g‘unchalaridan marinadlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy va madaniy holda etishtirilgan kavar mevalarining etilish bosqichlari va texnik etilish muddat davomiyliklari aniqlangan;
kavar mevasini madaniy holda etishtirishda mahsus xalqali tirgovuchlardan foydalanish, mevalarning tovarboplik va xosildorlik darajasini 20-30 % oshirilishi isbotlangan;
kavar mevalarini nativligini saqlab qolishda sublimatsiya quritish usulidan foydalanish, tabiiy va konvektiv usullarga nisbattan quritish vaqtini 2-3 marotaba qisqartirish imkoniyatini berishi aniqlangan;
kavar mevasini sublimatsion quritish usulda qayta ishlab organik kukun olishda kesish qalinligini 8 mm, vaqt davomiyligi 52 soat bo‘lganda organik kukun chiqishi 98,13 % bo‘lishi isbotlangan;
ilk marotaba kavar mevasidan ratsional foydalanish maqsadida marinadlangan konserva mahsulotlari va organik kukun tayyorish usuli ishlab chiqilgan, texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
quritilgan kavar mevasidan tarkibida yod saqlagan organik kukun olish texnalogiyasi va oziq-ovqat sanoatida qo‘llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan, hamda ishlab chiqarish rentabelligini 26,2 % oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kavar (Capparis spinosa L.) mevasidan organik kukun tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish va uni oziq-ovqat sanoatiga tadbiq etish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kavar (Capparis spinosa L.) o‘simligini madaniy xolda etishtirish va uni kompleks qayta ishlash texnologiyasi “Iron Lit” va “Ikromjon nonlari” MChJ korxonalarining “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 8 iyundagi 08-56/06-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kavar o’simligining vegetatsion davriyligi 15-20 kunga uzayishiga, texnik etilgan kavar mevasining xosildorligi 5-10% ga, mevalarning tovarboplik ko’rsatkichi 25-30% ga oshirish imkonini beradi;
kavar mevalarini sublimatsiya usulida quritish, organik kukun olish, marinadlangan konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasi “Iron Lit” va “Ikromjon nonlari” MChJ korxonalarining “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 8 iyundagi 08-56/06-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida yod saqlagan, biologik qiymati yuqori, tabiiy faol qo’shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi.