Kiyamova Malika Isamiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Fibroin va inulin hosilalari asosida polimer biomateriallar: olinishi, fizik-kimyoviy xossalari hamda qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K808.
Ilmiy rahbar: Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Radjabov Otabek Iskandarovich, texnika fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: fibroinni inulin va uning hosilalari yordamidan strukturlab olingan kompozisiyaning fizik-kimyoviy xossalari va molekulyar ko‘rsatkichlarni aniqlash, uning asosida biomaterial olish hamda qo‘llanilish istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy ipak (Bombyx mori) tolalaridan ajratib olingan fibroinning, molekulyar tuzilishi, termik barqarorligi, tarkibidagi aminokislotalar-ning sifat miqdor tahlili qilingan va tozalik darajasi yuqoriligi isbotlangan; 
inulindan karboksimetilinulunning muayyan molekulyar massaga va polidisperslik darajasiga ega namulari olingan, reaksiya sharoitlarining strukturaviy o‘zgarishlarga ta’siri fizik-kimyoviy usullar yordamida asoslangan;
ilk bor fibroinni strukturlab olingan kompozisiyalarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga inulin va uning hosilalari miqdorining ta’siri isbotlangan;
ilk bor fibroinni strukturlab olingan polimer kompozisiya asosida kukun shaklida olingan biomaterialning farmako-toksikologik xususiyatlari hamda biologik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inulinni kimyoviy modifikatsiyalash orqali karboksimetilinulin (KMI) olingan va uni mebel sanoatida elimlovchi vosita sifatida qo'llanilishi bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karboksimetilinulin asosida 35 % KMI, 2% gliserin, 6% lignin, 2% borat tuzi, 1% limon kislotasi va qolgani suvdan iborat elimlovchi kompozisiya tarkibli namuna  «ECO PANEL TECh» MChJ korxonasida yog‘och materiallarini elimlashda samarador elim sifatida amaliyotga joriy etilgan (Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasining 2025 yil 18 fevraldagi 2/14-347-son ma'lumotnomasi). Natijada, karboksimetilinulin asosida ishlab chiqilgan ushbu tarkib yog‘och elementlariga yaxshi yopishganligi va mebel qismlarini biriktirishda mustahkamligini oshirishga imkon bergan;
kimyoviy ishlov berish orqali olingan 35% li karboksimetilinulin namunasi «ECO PANEL TECh» MChJ korxonasida yog‘och materiallar (MDF, fanera) yuzasiga elimlovchi modda sifatida amaliyotga joriy etilgan (Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasining 2025 yil 18 fevraldagi 2/14-347-son ma'lumotnomasi). Natijada, karboksimetilinulin molekulalari tarkibida karboksil (-COOH), gidroksil (-OH) guruhlari hisobiga yuzaga keladigan bog‘lanishlar MDF va fanera yuzasida elimning chuqur adsorbsiyasini ta'minlab, formaldegid, fenol va sintetik akril moddalardan ekologik xavfsiz kompozisiya olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish