RAHIMOV Farxod Xushboqovich: «Trikotaj bilan mustahkamlangan polifunksional maqsadli kompozitlar texnologiyasi» (02.00.07) - Umumiy va noorganik kimyo instituti (100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77-a. Tel: (+99871) 262-56-60, faks: (+99871) 262-79-90. e-mail: ionxanruz@mail.ru ), (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy maslahatchi: A.S.Rafikov

    Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti

    Rasmiy opponentlar: A.V.Umarov, A.S.Ibodullaev, I.A.Nabieva

    Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat Universiteti

    Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi mustahkamlangan polifunksional kompozision materiallarni tegishli tuzilishda trikotajning mustahkamlik, qayishqoq-deformatsion, adgezion xususiyatlari asosida yaratish va ularning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

    II. Dissertatsiya natijalarini ilmiy yangiligi:

    trikotaj bilan mustahkamlangan kompozision materillar texnologiyasini tegishli struktura va xususiyatlarga ko‘ra yaratish ilmiy asoslangan. Trikotaj usulining afzalliklari asosida yangi ishlanmalar yaratilgan:

    to‘ldirg‘ichli va mustahkamlangan trikotaj strukturaviy elementlarining o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari topilgan, ularning muvozanat holati tenglamalari, shuningdek qo‘zg‘aluvchanligini baholash usuli yaratilgan;

    to‘ldirg‘ichli va mustahkamlangan trikotaj mato, englarni shakllantirish jarayonlari nazariyasi yaratilgan va tatbiq etilgan;

    N-vinil polimerlar, tolali, dispers va boshqa funksional faol xususiyatli to‘ldirg‘ichlardan foydalanib, trikotaj kompozision mato, englar olingan (UZ 1046, UZ 943, UZ FAP 00476, UZ FAP 00784);

    filey o‘rilishli to‘rsimon trikotaj matolardan termoplastik kompozitlar olishda mustahkamlovchi element tarzida foydalanish asoslangan, mustahkamlangan kompozision polietilen kompozitlar (UZ 944, RU 2085396) olingan, polivinilxlorid asosida tom yopqich kompozit yaratilgan hamda uni olish texnologiyasi o‘zlashtirilgan (UZ FAP 00426).

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samaradorligi. To‘ldirg‘ichli va mustahkamlangan trikotaj kompozit mato hamda englarni, termoplastik polimerni to‘rsimon filey o‘rilishli mustahkamlovchi komponentlarini, paxta xom ashyosi toylarini qadoqlovchi o‘rilgan konteynerlarni, kichik diametrli matbaa sanoati ofset mashinalari vallarining engsimon qoplamalarini va turli sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari ehtiyojlari uchun qo‘l himoya englarini yaratish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar natijalari «O‘zbekengilsanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi tasarrufidagi korxonalarga joriy etilgan. Bunda sanoat tarmoqlari uchun muxim, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar hajmini oshirilishi bilan tegishli iqtisodiy samaraga erishilishi kutilmoqda («O‘zbekengilsanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasining 2014 yil 24 noyabrdagi ma’lumotnomasi).

    Mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lomlashtirishga xizmat qiluvchi qo‘l himoya englari «Navoiazot» aksionerlik jamiyatiga joriy etilgan (2014 yil 30 maydagi 13-sonli dalolatnomasi).

    Trikotaj qo‘zg‘aluvchanligiga asoslangan paxta xom ashyosi toylari o‘lchamlariga mos qadoqlovchi o‘rilgan konteynerlar «Kattaqo‘rg‘on paxta zavodi» aksionerlik jamiyatiga joriy etilgan (2014 yil 7 martdagi 27-sonli dalolatnomasi) va bir paxta mavsumida kutilayotgan iqtisodiy samara 4,5 mlrd. so‘mni tashkil etishi aniqlangan. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi, zarurati, iqtisodiy samaradorligi va natijalarning joriy etilishi «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi tomonidan tasdiqlangan («O‘zpaxtasanoat» uyushmasining 2014 yil 15 oktyabrdagi ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish