Shukurov Ixlosjon Boltaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vitiligoning molekulyar-genetik va autoimmun  rivojlanish mexanizmlari va davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib654
Ilmiy maslahatchi: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Pakirdinov Adxam Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Saipova Nodira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon davlat tibbiyot instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: moddalar almashinuvi, ksenobiotiklar metabolizmi va autoimmun ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq genlarning muhim molekulyar-genetik markerlarini aniqlash asosida vitiligo kasalligining progressiv bosqichini diagnostika qilish algoritmini ishlab chiqish va davolash usullarini takomillashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek populyasiyasiga mansub vitiligo bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik kechishining progressiv bosqichini rivojlantirish xavfi bilan bog‘liq genetik markerlar mavjudligi isbotlangan; 
ksenobiotiklarning ikkinchi fazadagi transformatsiyasi uchun javobgar fermentni kodlovchi GSTP1 genining A/G genotipi organizmdagi avtointoksikatsiya mexanizmlari, melanogenezning buzilishi va vitiligo rivojlanish xavfining oshishiga ta’sir qiluvchi omil sifatidagi roli isbotlangan; 
FABP2 genidagi Thr allel varianti va Ala/Thr geterozigot genotipining o‘zbek populyasiyasida vitiligoning nosegmentar shaklini rivojlantirish xavfini oshiruvchi genetik markerlar sifatidagi ta’siri hamda Ala alleli va funksional jihatdan qulay bo‘lgan Ala/Ala gomozigot genotipi mazkur patologiya rivojlanish ehtimolini kamaytiruvchi ishonchli protektiv markerlar sifatida isbotlangan;  
PPARG2 geni (Pro12Ala polimorfizmi)ning γ-reseptor transkripsiya omili sifatida vitiligo patogenezidagi roli aniqlangan, shuningdek, G alleli va C/G geterozigota genotipi mavjudligi kasallik rivojlanish xavfini 13,9 martagacha oshirishi isbotlangan;
vitiligo bilan og‘rigan o‘zbek populyasiyasiga mansub bemorlarda G sinfiga mansub al`fa-1-antitripsin (AAT)ning ahamiyatli roli isbotlangan, uning konsentratsiyasining oshishi yallig‘lanish oldi (FNO-alfa, IL-6, IL-17) sitokinlarning nazoratsiz giperproduksiyasiga olib keladi, bu esa 3-tur autoimmun poliglandulyar sindromlari (APS)  komponentlarining mavjudligidan dalolat beradi, AAT konsentratsiyasining oshishi ayniqsa, FABP2 geni polimorfizmi (Ala/Ala genotipi) va PPARG2 geni polimorfizmi (C/C genotipi) bir vaqtda kuzatilgan bemorlarda mos ravishda 45,5% va 59,1% holatlarda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi. Olingan ilmiy natijalar hamda klinik-immunologik va genetik tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan: «Moddalar almashinuvi genlarining molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda vitiligo progressiv shaklini erta diagnostika qilish algoritmi» (Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  2023 yil 24-sentyabrdagi   01-10/13-son xulosasi) va «Vitiligoni kompleks davolash algoritmi» (Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 29 sentyabrdagi  12-10/23-son xulosasi). Diagnostika va davolashning ishlab chiqilgan usullarini dermatologiya amaliyotiga joriy etish kasallanishning progressiv bosqichi rivojlanishi xavfini erta tashxislashga va terapevtik samaradorlikni oshirishga, bemorlarni davolash muddatlarini qisqartirishga, ovqatlanish tartibini to‘g‘ri tashkil qilish, kasallik asoratlarini rivojlanishining xavfini oldini olishga va hayot sifatini yaxshilashga olib keladi. 
 birinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasiga mansub vitiligo bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik kechishining progressiv bosqichini rivojlantirish xavfi bilan bog‘liq genetik markerlar mavjudligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qorakolpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bo‘yicha 26.09.2024 yildagi №50n-r/5-sonli buyruq bilan, Qashqadaryo viloyati hududiy filiali bo‘yicha 07.05.2024 yildagi №01n-r/98-sonli buyruq bilan va Buxoro viloyati Buxoro shaxridagi «Ixlos Med Servis ko`p tarmoqli klinikasi» OK hududiy filiali bo‘yicha 23.07.2024 yildagi №02-109/A-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitiligoning og‘ir darajasini klinik kechishiga erta tashxis qo‘yish kasallikning progressiv bosqichining rivojlanish xavfini tashxislash sifatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik tadqiqotlar yordamida genetik markyorlarni aniqlash dermatozning og‘ir klinik kechishi xavfini aniqlanishi va patogenetik terapiyani o‘z vaqtida qo‘llanilishi davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. 1 kurs davolanishga 1 bemorga o‘rtacha davolanish qiymati 7000000 so‘mni tashkil etadi, bemor bir yil davomida o‘rtacha 5-6 kurs davo oladi va davolanish narxi o‘rtacha 36000000 sumni tashkil etadi, kasallikning og‘irroq kechish darajasi xavfini erta tashxislash esa davolash kurslarini 3 barobar qisqartirishga hamda 109 bemorga 1308000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan; 
ikkinchi ilmiy yangilik: ksenobiotiklarning ikkinchi fazadagi transformatsiyasi uchun javobgar fermentni kodlovchi GSTP1 genining A/G genotipi organizmdagi avtointoksikatsiya mexanizmlari, melanogenezning buzilishi va vitiligo rivojlanish xavfining oshishiga ta’sir qiluvchi omil sifatidagi roli isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qorakolpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bo‘yicha 26.09.2024 yildagi №50n-r/5-sonli buyruq bilan, Qashqadaryo viloyati hududiy filiali bo‘yicha 07.05.2024 yildagi №01n-r/98-sonli buyruq bilan va Buxoro viloyati Buxoro shaxridagi «Ixlos Med Servis ko`p tarmoqli klinikasi» OK hududiy filiali bo‘yicha 23.07.2024 yildagi №02-109/A-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining joriy etilishi melanogenez jarayonining buzilishini erta tashxislashga erishilgan bu esa vitiligo progressiv bosqichining rivojlanish xavfini tashxislash sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorga melanogenez buzilishini aniqlash bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha 342400 so‘mni, 1 bemorga genetik testni qo‘llash esa o‘rtacha 306400 so‘mni tashkil etgan, bu esa 109 bemorga 37321600 so‘m  byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan; 
uchinchi ilmiy yangilik: FABP2 genidagi Thr allel varianti va Ala/Thr geterozigot genotipining o‘zbek populyasiyasida vitiligoning nosegmentar shaklini rivojlantirish xavfini oshiruvchi genetik markerlar sifatidagi ta’siri hamda Ala alleli va funksional jihatdan qulay bo‘lgan Ala/Ala gomozigot genotipi mazkur patologiya rivojlanish ehtimolini kamaytiruvchi ishonchli protektiv markerlar sifatida isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va «Ixlos Med Servis ko`p tarmoqli klinikasi» OK hududiy filialida 23.07.2024 yildagi №02-109/A-sonli buyruq bilan  klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo bilan og‘rigan bemorlar organizmida moddalar almashinuvi buzilishining erta rivojlanish xavfini aniqlanishi bemorlarga ovqatlanish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorga yog‘ almashinuvini  aniqlash bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha 537450 sumni, 1 bemorga genetik Ala/Thr FABP2 genini aniqlashning diagnostik test xarajatlari esa o‘rtacha 306400 sumni tashkil qilgan, bu esa 109 bemorga 25184450 sum byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: PPARG2 geni (Pro12Ala polimorfizmi)ning γ-reseptor transkripsiya omili sifatida vitiligo patogenezidagi roli aniqlangan, shuningdek, G alleli va C/G geterozigota genotipi mavjudligi kasallik rivojlanish xavfini 13,9 martagacha oshirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va «Ixlos Med Servis ko`p tarmoqli klinikasi» OK hududiy filialida 23.07.2024 yildagi №02-109/A-sonli buyruq bilan  klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo bilan og‘rigan bemorlar organizmida adipotsitlar differensirovkasi buzilishining erta rivojlanish xavfini aniqlanishi  bemorlarga davolash taktikasini va ovqatlanish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorga yog‘ almashinuvini  aniqlash bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha 537450 sumni, 1 bemorga genetik PPARG2 Pro12Ala genini aniqlashning diagnostik test xarajatlari esa o‘rtacha 306400 so‘mni tashkil qilgan, bu esa 109 bemorga 25184450 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan;
beshinchi  ilmiy yangilik: vitiligo bilan og‘rigan o‘zbek populyasiyasiga mansub bemorlarda G sinfiga mansub al`fa-1-antitripsin (AAT)ning ahamiyatli roli isbotlangan, uning konsentratsiyasining oshishi yallig‘lanish oldi (FNO-alfa, IL-6, IL-17) sitokinlarning nazoratsiz giperproduksiyasiga olib keladi, bu esa 3-tur autoimmun poliglandulyar sindromlari (APS)  komponentlarining mavjudligidan dalolat beradi, AAT konsentratsiyasining oshishi ayniqsa, FABP2 geni polimorfizmi (Ala/Ala genotipi) va PPARG2 geni polimorfizmi (C/C genotipi) bir vaqtda kuzatilgan bemorlarda mos ravishda 45,5% va 59,1% holatlarda aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Buxoro viloyati Buxoro shahridagi «Ixlos Med Servis ko`p tarmoqli klinikasi» OK hududiy filiali bo‘yicha 23.07.2024 yildagi №02-109/A-sonli buyruq bilan Qorakolpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bo‘yicha 26.09.2024 yildagi №50n-r/5-sonli buyruq bilan, klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: vitiligo bilan og‘rigan bemorlar organizmida autoimmun jarayonning rivojlanishini aniqlanishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: 1 bemorga qondagi autoimmun jarayonni aniqlash bo‘yicha diagnostik test xarajatlari o‘rtacha 972750 so‘mni, 1 bemorga AAT da DNK DS va SS  aniqlashning diagnostik test xarajatlari esa o‘rtacha 183800 so‘mni tashkil qilgan, bu esa 114 bemorga 89940300 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish