Tillaeva Shoxista Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yakka kurash bilan shug‘ullanuvchi o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalarning ovqatlanish va salomatlik holatini kompleks baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib2091.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madaminova Matlyubaxon Axmetovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston profilaktik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanishi, jinsiy etishishi va funksional holati, ovqatlanish rejimi va ovqatlanish odatlarini o‘rganish asosida o‘quvchilarning ovqatlanishini va harakat faolligini optimallashtirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10-17 yoshli yakka kurash turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish parametrlarning (uzunlik, diametral va aylana ko‘rsatkichlari, umurtqa pog‘onasi egilish burchaklari, ko‘krak qafasi ekskursiyasi va elka mushaklari rivojlanishi) o‘sish sur’atlari aniqlanib, muntazam mashg‘ulotlar ishonchli tarzda (R<0,05–0,001) uyg‘un jismoniy rivojlangan bolalar sonining ko‘payishiga olib kelishi va somatometrik parametrlarning bolaning yoshiga muvofiqligini monitoring tizimini takomillashtirishga imkon berishi isbotlangan;
uzoq muddatli (bir yildan ortiq) yakka kurash mashg‘ulotlarining nafas olish va tayanch-harakat tizimlarining funksional imkoniyatlarini oshirishga olib kelishi (R<0,05–0,001), shu bilan birga, tayanch-harakat tizimi buzilishlari bo‘lgan shaxslar sonining ikki baravar ko‘payishi aniqlash asosida boks va turli xil kurash mashg‘ulotlar rejimini gigienik me’yorlash zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan;
yakka kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanish ketma-ketligi aniqlangan va ularning balog‘atga etish davridagi rivojlanishi sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlariga nisbatan tezlashgan sur’atlarda kechishi ko‘rsatilib, biologik rivojlanish darajasini baholash mezonlari va balog‘atga etish belgilari kechikkan yoki buzilgan o‘g‘il bolalarning xavf guruhlari aniqlangan;
yakkakurashchi o‘g‘il bolalar sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlariga nisbatan sog‘lomroq ovqatlanish odatlariga ega ekanligi, ya’ni mushak massasining ortishiga va yog‘ to‘planishining kamayishiga ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarni iste’mol qilishlari aniqlanib, kunlik energiya va asosiy ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyoj hamda talaba-sportchilar uchun optimal oziq-ovqat paketlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yakka kurash bilan shug‘ullanuvchi o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalarning ovqatlanish va sog‘liq holatini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 10-17 yoshli yakka kurash turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish parametrlarning (uzunlik, diametral va aylana ko‘rsatkichlari, umurtqa pog‘onasi egilish burchaklari, ko‘krak qafasi ekskursiyasi va elka mushaklari rivojlanishi) o‘sish sur’atlari aniqlanib, muntazam mashg‘ulotlar ishonchli tarzda (R<0,05–0,001) uyg‘un jismoniy rivojlangan bolalar sonining ko‘payishiga olib kelishi va somatometrik parametrlarning bolaning yoshiga muvofiqligini monitoring tizimini takomillashtirishga imkon berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 24 yanvarda 8n-r/115-son bilan tasdiqlangan «7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanishini sentil` usuli bilan baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 7-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 80-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 260-son hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2023 yil 8 noyabrdagi 1166-14-205-TV/2023-son  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy rivojlanish va jinsiy etilishdagi og‘ishlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar majmuasini amalga oshirish, harakat faolligi darajasi hamda oziqlanishni optimallashtirish, shuningdek, sutkalik energiya va asosiy ozuqa moddalarga bo‘lgan ehtiyoj me’yorlarini takomillashtirish natijasida bolalar sog‘ligi holatini monitoring qilish sifatini oshirish hamda yakka kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarda o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarni statsionar sharoitda davolash uchun sarflanadigan 85000–100000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir kurs davolanish uchun 595000–700000 so‘m sarflanadi) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslik mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazish zaruratini kamaytirish, shuningdek, o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli (bir yildan ortiq) yakka kurash mashg‘ulotlarining nafas olish va tayanch-harakat tizimlarining funksional imkoniyatlarini oshirishga olib kelishi (R<0,05–0,001), shu bilan birga, tayanch-harakat tizimi buzilishlari bo‘lgan shaxslar sonining ikki baravar ko‘payishi aniqlash asosida boks va turli xil kurash mashg‘ulotlar rejimini gigienik me’yorlash zarurligi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 24 yanvarda 8n-r/115-son bilan tasdiqlangan «7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanishini sentil` usuli bilan baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 7-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 80-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 260-son hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2023 yil 8 noyabrdagi 1166-14-205-TV/2023-son  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy rivojlanish va jinsiy etilishdagi og‘ishlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar majmuasini amalga oshirish, harakat faolligi darajasi hamda oziqlanishni optimallashtirish, shuningdek, sutkalik energiya va asosiy ozuqa moddalarga bo‘lgan ehtiyoj me’yorlarini takomillashtirish natijasida bolalar sog‘ligi holatini monitoring qilish sifatini oshirish hamda yakka kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarda o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarni statsionar sharoitda davolash uchun sarflanadigan 85000–100000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir kurs davolanish uchun 595000–700000 so‘m sarflanadi) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslik mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazish zaruratini kamaytirish, shuningdek, o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: yakka kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanish ketma-ketligi aniqlangan va ularning balog‘atga etish davridagi rivojlanishi sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlariga nisbatan tezlashgan sur’atlarda kechishi ko‘rsatilib, biologik rivojlanish darajasini baholash mezonlari va balog‘atga etish belgilari kechikkan yoki buzilgan o‘g‘il bolalarning xavf guruhlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 24 yanvarda 8n-r/115-son bilan tasdiqlangan «7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanishini senti sentil` l` usuli bilan baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 7-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 80-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 260-son hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2023 yil 8 noyabrdagi 1166-14-205-TV/2023-son  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy rivojlanish va jinsiy etilishdagi og‘ishlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar majmuasini amalga oshirish, harakat faolligi darajasi hamda oziqlanishni optimallashtirish, shuningdek, sutkalik energiya va asosiy ozuqa moddalarga bo‘lgan ehtiyoj me’yorlarini takomillashtirish natijasida bolalar sog‘ligi holatini monitoring qilish sifatini oshirish hamda yakka kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarda o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarni statsionar sharoitda davolash uchun sarflanadigan 85000–100000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir kurs davolanish uchun 595000–700000 so‘m sarflanadi) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslik mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazish zaruratini kamaytirish, shuningdek, o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yakkakurashchi o‘g‘il bolalar sport bilan shug‘ullanmaydigan tengdoshlariga nisbatan sog‘lomroq ovqatlanish odatlariga ega ekanligi, ya’ni mushak massasining ortishiga va yog‘ to‘planishining kamayishiga ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarni iste’mol qilishlari aniqlanib, kunlik energiya va asosiy ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyoj hamda talaba-sportchilar uchun optimal oziq-ovqat paketlari ishlab chiqilganltgt bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 24 yanvarda 8n-r/115-son bilan tasdiqlangan «7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanishini sentil` usuli bilan baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 25.01.2024 yildagi 7-son, Surxandaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 08.06.2023 yildagi 80-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 260-son hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2023 yil 8 noyabrdagi 1166-14-205-TV/2023-son  buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy rivojlanish va jinsiy etilishdagi og‘ishlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar majmuasini amalga oshirish, harakat faolligi darajasi hamda oziqlanishni optimallashtirish, shuningdek, sutkalik energiya va asosiy ozuqa moddalarga bo‘lgan ehtiyoj me’yorlarini takomillashtirish natijasida bolalar sog‘ligi holatini monitoring qilish sifatini oshirish hamda yakka kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarda o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarni statsionar sharoitda davolash uchun sarflanadigan 85000–100000 so‘m byudjet mablag‘lari (bir kurs davolanish uchun 595000–700000 so‘m sarflanadi) klinik-laborator tahlillar va tor ixtisoslik mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazish zaruratini kamaytirish, shuningdek, o‘sish va rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish