Ayupova Dilorom Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda TORCH qo‘zg‘atgan ensefalopatiyalarni prognozlashtirish»,14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4281.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshovkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning  maqsadi TORCH va SARS-CoV-2 bilan bog‘liq bo‘lgan ichki bachadon infeksiyalarini boshidan kechirgan bolalarda markaziy nerv tizimi patologiyasini shakllantirishga olib keluvchi prediktorlarni aniqlash, erta diagnostika va profilaktika strategiyalarini optimallashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor SARS-CoV-2 infeksiyasining vertikal yo‘l bilan uzatilishi immunologik markerlar orqali verifikatsiya qilinib, homilaning mustaqil immun javob  sifatida IgM ishlab chikishi isbotlangan;
ilk bor ichki bachadon infeksiyasini (IBI) boshdan kechirgan muddatida tug‘ilgan va muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda immunologik ko‘rsatkichlar (IgM, IgG, AIK) asosida IBI bo‘lgan chaqaloqlarning immun profilida IgM, IgG va aylanuvchi immun komplekslar darajasi bilan nevrologik buzilishlar og‘irligi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
ichki bachadon infeksiyasini boshdan kechirgan chaqaloqlarda ventrikulomegaliya, periventrikulyar leykomalyasiya, subaraxnoid bo‘shliqning kengayishi hamda miya arteriyalarida qon oqimining chiziqli tezligi pasayishi aniqlanib, ularning perinatal ensefalopatiyalarning erta prediktorlari ekanligi isbotlangan;
ilk bor prognostik mezonlar asosida (klinik-anamnestik, ekspress-testlash) IBI bo‘lgan bolalarda barqaror nevrologik defisitlar rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan hamda xavf guruhini stratifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi integratsiyalashgan differensial-profilaktik chora-tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:            
TORCH-infeksiyalari bilan bog‘liq ensefalopatiyalarning prognozini baholash va neyrovizualizatsiya usullaridan foydalangan holda klinik va paraklinik xususiyatlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-CoV-2 infeksiyasining vertikal yo‘l bilan uzatilishi immunologik markerlar orqali verifikatsiya qilinib, homilaning mustaqil immun javob  sifatida IgM ishlab chikishi isbotlanib, shu bo‘yicha takliflar «Bolalarda TORCH  qo‘zg‘atgan ensefalopatiyalarni prognozlashtirish» nomli uslubiy  nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent tibbiet pediatriya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 29.09.2025 yil 03/324 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Toshkent shahar 3-son tug‘ruqxonasiga 2025 yil 13 fevral 55-son buyruq bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Ilk marotaba SARS-CoV-2 infeksiyasining vertikal yo‘l bilan uzatilishi immunologik markerlar — IgM antitanalar tahlili orqali ishonchli tarzda verifikatsiya qilinishi, homilaning mustaqil immun javob shakllantirishi patogenetik asos sifatida ilmiy jihatdan asoslangan holda, ushbu natijalar SARS-CoV-2 bilan zararlangan homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda infeksiyaning haqiqiy vertikal uzatilish mexanizmining mavjudligini tasdiqlaydi hamda perinatal davrda immun tizimining avtonom faollashuvini ko‘rsatuvchi muhim klinik-diagnostik mezon sifatida xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik:SARS-CoV-2 infeksiyasining vertikal yo‘l bilan uzatilishi immunologik markerlar (IgM) orqali ishonchli verifikatsiya qilinishi natijasida homilaning mustaqil immun javobi shakllanishi patogenetik asos sifatida aniqlandi. Bu holat perinatal infeksiyalarning erta tashxisini ta’minlab, og‘ir nevrologik asoratlarning oldini olish imkonini berdi. Ekspress-testlardan foydalanish IFA usuliga nisbatan ancha arzon va samarali ekanligi aniqlandi: bir dona IFA tahlili o‘rtacha 130000 so‘mni tashkil etsa, ekspress-test — 15000 so‘m bo‘lib, bu 88,5 % arzonroqdir. Shu sababli, 129 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqni tekshirishda taxminan 16,1 million so‘m iqtisod qilindi. Ushbu iqtisodiy samara resurslardan oqilona foydalanish, tezkor tashxis qo‘yish va perinatal yordam samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Xulosa: ilk marotaba SARS-CoV-2 infeksiyasining vertikal yo‘l bilan uzatilishi immunologik markerlar (IgM) orqali ishonchli tarzda verifikatsiya qilinib, homilaning mustaqil immun javobi shakllanishi patogenetik asos sifatida asoslandi. Ushbu yondashuv perinatal infeksiyalarning erta tashxisini ta’minlab, og‘ir nevrologik asoratlarning oldini olish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor ichki bachadon infeksiyasini (IBI) boshdan kechirgan muddatida tug‘ilgan va muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda immunologik ko‘rsatkichlar (IgM, IgG, AIK) asosida IBI bo‘lgan chaqaloqlarning immun profilida IgM, IgG va aylanuvchi immun komplekslar darajasi bilan nevrologik buzilishlar og‘irligi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib:  shu bo‘yicha takliflar «Bolalarda TORCH  qo‘zg‘atgan ensefalopatiyalarni prognozlashtirish» nomli uslubiy  nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent tibbiet pediatriya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 29.09.2025 yil 03/324 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Toshkent shahar 3-son tug‘ruqxonasiga 55-son buyruq bilan 13 fevral 2025 yil  hamda Xorazm viloyati Reproduktiv sog‘liq, ijtimoiy moslashuv va bolalarning sog‘lom rivojlanishi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 5-son buyruq bilan 14 fevral 2025 yil amalietga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: kindik va tovon qon namunalarini taqqoslama tahlil qilish natijalariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda TORCH-infeksiyalarning faol bosqichi (IgM) aniqlanmagani, shuningdek tovon qonidagi IgG titri kindik qonidagiga nisbatan ikki barobar past ekanligi aniqlandi. Bu holat homila va ona o‘rtasidagi transplatsentar immunitetning pasayishini ilmiy jihatdan isbotladi. Iqtisodiy samaradorlik:  ishlab chiqilgan va joriy etilgan ekspress-diagnostika usuli an’anaviy IFA tahlillariga nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekani ilmiy jihatdan asoslandi. Xususan, bir dona ekspress-testning bahosi o‘rtacha 15 ming so‘mni tashkil etgan holda, standart IFA usulidagi tahlil 800 ming so‘mni tashkil etgan, bu esa taxminan 53 marta arzonroqdir. Shu tariqa, har bir bemor hisobiga o‘rtacha 785 ming so‘mlik iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi.  Ekspress-testlar IFA usuliga nisbatan taxminan 98,1% arzon va tezkor ekani aniqlanib, natijada 129 nafar chaqaloq misolida umumiy 101265000 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishi ta’minlandi. Ushbu usulni joriy etish perinatal yordam tizimida tashxislashni tezlashtirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda tibbiy xizmat samaradorligini oshirish imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ichki bachadon infeksiyasini boshdan kechirgan chaqaloqlarda ventrikulomegaliya, periventrikulyar leykomalyasiya, subaraxnoid bo‘shliqning kengayishi hamda miya arteriyalarida qon oqimining chiziqli tezligi pasayishi aniqlanib, ularning perinatal ensefalopatiyalarning erta prediktorlari ekanligi isbotlanib, shu bo‘yicha takliflar «Bolalarda TORCH  qo‘zg‘atgan ensefalopatiyalarni prognozlashtirish» nomli uslubiy  nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent tibbiet pediatriya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 29.09.2025 yil 03/324 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Toshkent shahar 3-son tug‘ruqxonasiga 55-son buyruq bilan 13 fevral 2025 yil  hamda Xorazm viloyati Reproduktiv sog‘liq, ijtimoiy moslashuv va bolalarning sog‘lom rivojlanishi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 5-son buyruq bilan 14 fevral 2025 yil amalietga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik:   prognostik modelning amaliyotga joriy etilishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nevrologik asoratlar rivojlanishi xavfini erta aniqlash, yuqori xavf guruhini o‘z vaqtida ajratish va neyroprotektiv chora-tadbirlarni tezkor boshlash imkonini yaratdi. Bu yondashuv perinatal yordam sifatini oshirish, bolalarda og‘ir nevrologik nuqsonlar va nogironlik holatlarini kamaytirish, shuningdek, oilalarning ijtimoiy barqarorligi va bolalar sog‘lom rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: logistik regressiya usuli asosida tuzilgan prognostik modelni amaliyotga joriy etish nevrologik asoratlar rivojlanishi xavfini erta aniqlash va og‘ir holatlarning oldini olish imkonini berdi. Bu esa diagnostika, davolash va reabilitatsiya jarayonlariga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada qisqartirdi.  Modeldan foydalanish orqali har bir bemor hisobiga o‘rtacha 450000 – 600000 so‘m (ya’ni 35–45%) miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlanadi. Shu tariqa, prognoz modeli sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan oqilona foydalanish va neonatal yordam samaradorligini oshirishga xizmat qiladi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor prognostik mezonlar asosida (klinik-anamnestik, ekspress-testlash) IBI bo‘lgan bolalarda barqaror nevrologik defisitlar rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan hamda xavf guruhini stratifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi integratsiyalashgan differensial-profilaktik va reabilitatsiya  chora-tadbirlari takomillashtirilgan, shu bo‘yicha takliflar «Bolalarda TORCH  qo‘zg‘atgan ensefalopatiyalarni prognozlashtirish» nomli uslubiy  nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent tibbiet pediatriya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 29.09.2025 yil 03/324 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Mazkur taklif Toshkent shahar 3-son tug‘ruqxonasiga 55-son buyruq bilan 13 fevral 2025 yil  hamda Xorazm viloyati Reproduktiv sog‘liq, ijtimoiy moslashuv va bolalarning sog‘lom rivojlanishi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 5-son buyruq bilan 14 fevral 2025 yil amalietga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: takomillashtirilgan integratsiyalashgan klinik-diagnostik yondashuvning joriy etilishi TORCH va SARS-CoV-2 bilan bog‘liq perinatal ensefalopatiyalarni erta aniqlash, xavf guruhini aniq stratifikatsiya qilish va yuqori xavfli chaqaloqlarda nevrologik asoratlarning oldini olish imkonini yaratdi. Ushbu yondashuv perinatal davrda monitoringni tizimli yo‘lga qo‘yish, neonatal yordam sifatini oshirish va bolalar nogironligi holatlarini kamaytirish orqali jamiyatning umumiy sog‘lomlik darajasini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: takomillashtirilgan klinik-diagnostik yondashuvni joriy etish natijasida perinatal ensefalopatiyalarni erta aniqlash darajasi ortadi, ortiqcha laborator va instrumental tekshiruvlar soni 2,5 barobarga kamaydi. Bu esa bir neonatal bemor hisobiga o‘rtacha 6–8 soat vrachlik mehnat sarfini va 300000–480000 so‘mlik moddiy resurslarni tejash imkonini berdi. Umuman olganda, 129 nafar chaqaloq ishtirok etgan tadqiqot misolida umumiy iqtisodiy samara 45–60 million so‘m atrofida baholandi. Shu tariqa, ishlab chiqilgan yondashuv perinatal yordam tizimida tashxislash jarayonini optimallashtirib, sog‘liqni saqlash muassasalari uchun yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minladi. Xulosa: takomillashtirilgan klinik-diagnostik yondashuvni amaliyotga joriy etish perinatal ensefalopatiyalarni TORCH va SARS-CoV-2 bilan bog‘liq hollarda erta aniqlash, xavf guruhini aniq stratifikatsiya qilish va individual boshqaruv taktikasiga o‘tish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish