Rasulov G‘anisher Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda immunologik holatni hisobga olgan holda artrozo-artrit kasalligini kompleks davolashni optimallashtirish» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib5025.
Ilmiy rahbarlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamroev Farxod Sharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asilova Saodat Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda immunologik va metabolik holatni hisobga olgan holda artrozo-artrit kasalligini kompleks davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor artrozo-artritli yosh va o‘rta yoshdagi shaxslar qon zardobi va sinovial suyuqligida gematologik (leykotsitlar, trombotsitlar, limfotsitlar), immun yallig‘lanish (SRB, IL-6, sIL-6R va IL-8), immunitetning gumoral bo‘g‘ini (Ig A, M, G, E, sIgA, SIK) va metabolik (SOD, MDA, IFR-1) omillari ko‘rsatkichlari mahalliy va tizimli darajada o‘zgarishi sababli surunkali yallig‘lanish rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor o‘rta yoshdagi bemorlar sinovial suyuqligida IgE va sIgA miqdori oshishi fonida yallig‘lanish omillari (SRB, IL-6, sIL-6R va IL-8) miqdorining yosh bemorlarga nisbatan yuqoriligi sababli surunkali yallig‘lanish degenerativ-distrofik xolat rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor artrozo-artritlari yosh bemorlar qon zardobi va sinovial suyuqlikdagi superoksiddismutazaning kamayishi va malon dial`degid darajasining oshishi fonida IFR-1 miqdorining o‘rta yoshdagilarga nisbatan yuqoriligi ushbu yosh guruh bemorlar bo‘g‘imlarida regeneratsiya va kompensator reaksiyalar faol kechishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor kombinatsiyalangan PRP-terapiyasini qo‘llash ayniqsa yosh AA bilan og‘rigan bemorlarda immun yallig‘lanish, gumoral va metabolik ko‘rsatkichlarga mahalliy va tizimli darajada korreksiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Yoshlarda immunologik va metabolik holatni hisobga olgan holda artrozo-artrit kasalligini kompleks davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor artrozo-artritli yosh va o‘rta yoshdagi shaxslar qon zardobi va sinovial suyuqligida gematologik (leykotsitlar, trombotsitlar, limfotsitlar), immun yallig‘lanish (SRB, IL-6, sIL-6R va IL-8), immunitetning gumoral bo‘g‘ini (Ig A, M, G, E, sIgA, SIK) va metabolik (SOD, MDA, IFR-1) omillari ko‘rsatkichlari mahalliy va tizimli darajada o‘zgarishi sababli surunkali yallig‘lanish rivojlanishi isbotlanganligi bo‘yicha «Artrozo-artritli bemorlarning immun va oksidativ maqomi ko‘rsatkichlarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 9-sonli hulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 46-sonli va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.03.2025 yildagi 58-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, artrozo-artritlarni erta tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, nogironlik darajasini pasaytirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy etilishi artrozo-artritli bemorlarning immunologik va oksidativ tizimidagi o‘zgarishlarni baholash usulini qo‘llash davolash taktikasi va muddatlarini optimallashtirish, kasallik yakuni istiqbolini belgilash orqali xar bir bemorga nisbatan 1500000 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan. Hulosa: artrozo-artritli yosh va o‘rta yoshdagi shaxslar qon zardobi va sinovial suyuqligida gematologik, immun yallig‘lanish, immunitetning gumoral bo‘g‘ini va metabolik omillari ko‘rsatkichlari o‘zgarishi sababli surunkali yallig‘lanish rivojlanishi asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘rta yoshdagi bemorlar sinovial suyuqligida IgE va sIgA miqdori oshishi fonida yallig‘lanish omillari (SRB, IL-6, sIL-6R va IL-8) miqdorining yosh bemorlarga nisbatan yuqoriligi sababli surunkali yallig‘lanish degenerativ-distrofik xolat rivojlanishiga olib kelishi aniqlanganligi bo‘yicha «Artrozo-artritli bemorlarning immun va oksidativ maqomi ko‘rsatkichlarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 9-sonli hulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 46-sonli va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.03.2025 yildagi 58-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, artrozo-artritlarni erta tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, nogironlik darajasini pasaytirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy etilishi artrozo-artritli bemorlarning immunologik va oksidativ tizimidagi o‘zgarishlarni baholash usulini qo‘llash davolash taktikasi va muddatlarini optimallashtirish, kasallik yakuni istiqbolini belgilash orqali xar bir bemorga nisbatan 1500000 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan. Hulosa: o‘rta yoshdagi bemorlar sinovial suyuqligida IgE va sIgA miqdori oshishi fonida yallig‘lanish omillari (SRB, IL-6, sIL-6R va IL-8) miqdorining yosh bemorlarga nisbatan yuqoriligi sababli surunkali yallig‘lanish degenerativ-distrofik xolat rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
uchinchi ilmiy yangilik: artrozo-artritlari yosh bemorlar qon zardobi va sinovial suyuqlikdagi superoksiddismutazaning kamayishi va malon dial`degid darajasining oshishi fonida IFR-1 miqdorining o‘rta yoshdagilarga nisbatan yuqoriligi ushbu yosh guruh bemorlar bo‘g‘imlarida regeneratsiya va kompensator reaksiyalar faol kechishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha «Artrozo-artritli bemorlarning immun va oksidativ maqomi ko‘rsatkichlarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 9-sonli hulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 46-sonli va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.03.2025 yildagi 58-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, artrozo-artritlarni erta tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, nogironlik darajasini pasaytirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy etilishi artrozo-artritli bemorlarning immunologik va oksidativ tizimidagi o‘zgarishlarni baholash usulini qo‘llash davolash taktikasi va muddatlarini optimallashtirish, kasallik yakuni istiqbolini belgilash orqali xar bir bemorga nisbatan 1500000 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan. Hulosa: artrozo-artritlari yosh bemorlar qon zardobi va sinovial suyuqlikdagi IFR-1 miqdorining o‘rta yoshdagilarga nisbatan yuqoriligi ushbu yosh guruh bo‘g‘imlarida regeneratsiya va kompensator reaksiyalar faol kechishiga sabab bo‘lishi asoslangan
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor kombinatsiyalangan PRP-terapiyasini qo‘llash ayniqsa yosh AA bilan og‘rigan bemorlarda immun yallig‘lanish, gumoral va metabolik ko‘rsatkichlarga mahalliy va tizimli darajada korreksiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanganligi isbotlanganligi bo‘yicha «Artrozo-artritli bemorlarning immun va oksidativ maqomi ko‘rsatkichlarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 9-sonli hulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 46-sonli va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.03.2025 yildagi 58-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, artrozo-artritlarni erta tashxislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, nogironlik darajasini pasaytirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi va Kashqadar`e viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy etilishi artrozo-artritli bemorlarning immunologik va oksidativ tizimidagi o‘zgarishlarni baholash usulini qo‘llash davolash taktikasi va muddatlarini optimallashtirish, kasallik yakuni istiqbolini belgilash orqali xar bir bemorga nisbatan 1500000 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan. Hulosa: kombinatsiyalangan PRP-terapiyasini qo‘llash samaradorligi ayniqsa yosh AA bilan og‘rigan bemorlarda immun yallig‘lanish, gumoral va metabolik ko‘rsatkichlarga mahalliy va tizimli darajada yaxshilanishi bilan asoslangan.