Jumamuratov Bexzod Akramjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Kompozit materiallarning radioshaffofligini nazorat qiluvchi vositaning metrologik ta’minoti”, 05.03.02 – «Metrologiya va metrologik ta’minot» ixtisosligidan texnika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Ilmiy rahbar: Eshmuradov Dilshod Elmuradovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Abduqaxxor Abdulxaievich, texnika fanlari doktori, professor; Jabborov Xamdam Shaymardonovich, texnika fanlari nomzodi, PhD dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi kompozit materiallarning radioshaffoflik ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda baholash, o‘lchash jarayonlaridagi noaniqlikni kamaytirish hamda zamonaviy kalibrlash modellari va algoritmlarini ishlab chiqish orqali xalqaro talablar darajasida ishonchli natijalarni ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchangan elektromagnit parametrlarni uzlyuksiz raqamlashtirish va signallarni statistik qayta ishlash algoritmlaridan foydalanish orqali kompozitlarning metrologik xususiyatlarini amaldagi normativ talablar bilan mosligini baholash imkonini beradigan kompozit materiallarning radioshaffoflik ko‘rsatkichlarini raqamli formatda yuqori aniqlikda qayta ishlashga asoslangan usul takomillashtirilgan;
ko‘p qatlamli va turli yo‘nalishlarda joylashtirilgan tolali kompozit materiallardan radiochastotali o‘lchovlar olishda radioto‘lqinlarning tarqalishidagi noaniqliklarni kamaytirish maqsadida materialning real vaqt davomida o‘zgarib boradigan dielektrik, so‘nish va dispersiya xususiyatlarini identifikatsiya qilish asosida noaniqlikni baholash usuli takomillashtirilgan;
asboblarning o‘lchash noaniqligini minimallashtiruvchi algoritmik boshqaruvni qo‘llash asosida radioo‘lchov tizimlari uchun o‘lchashning takrorlanish ko‘rsatkichi sezilarli yaxshilashga va qurilmalarning metrologik barqarorligini oshirishga imkon beruvchi strukturaviy-rejimli kalibrlash sxemasi ishlab chiqilgan;
radioto‘lqinlarni o‘lchash jarajonlarida radioshaffoflik ko‘rsatkichlarini noaniqligini baholash mezoni asosida 9.…12GHz diapazonda ishlovchi qurilmalarga nisbiy xatolikni 1,1÷1,5 martagacha kamaytirish imkonini ta’minlovchi minimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozit materiallarning radioshaffofligini nazorat qiluvchi vositaning metrologik ta’minoti asosida:
ko‘p qatlamli va tolali kompozit materiallarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan baholash usuli “Uzbekistan airways technics” AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025-yil 16-yanvardagi 4/544-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularni real qo‘llash sharoitida radioto‘lqinlarni o‘lchashlarining aniqligini sezilarli darajada yaxshilash imkoniyati hamda kompozit materialning radioshaffofligini kalibrlash vaqtini hamda jarayonda inson omilini kamaytirishga erishilgan;
natijalarning yuqori darajada takrorlanishini taʻminlaydigan va o‘lchash noaniqligini kamaytiradigan asboblarni kalibrlash uchun yangi strukturaviy-rejimli sxemasi “Uzbekistan airways technics” AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025-yil 16-yanvardagi 4/544-son ma’lumotnomasi). Natijada kalibrlash jarayonlarida o‘lchash aniqligini oshirish va metrologik xatoliklarni minimallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish