Aliev Xakim Boxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qalmoqir konida ishlatilayotgan 110G13L po‘latdan yasalgan ekskavator tishlarining kimyoviy tarkibini o‘zgartirish orqali mexanik xususiyatlarini yaxshilash”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. PhD/T3474.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Jumaev Elyorjon Erkin o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar Usmonqulov Orifjon Nazaralievich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD); Dunyashin Nikolay Sergeevich, fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekskavator tishlarining kimyoviy tarkibini o‘zgartirish orqali ularning mexanik xususiyatlarini oshirish va shu asosda eyilishga chidamli po‘latlarni modifikatsiyalash texnologiyalarini yanada takomillashtirishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
110G13L markali po‘latning tarkibiga 2%gacha alyuminiyni qo‘shish orqali uning legirlovchi hususiyatlarini yaxshilash uchun po‘latning optimal kimoviy tarkibi ishlab chiqilgan;
po‘latni pechdan tushirish paytida quyish cho‘michiga alyuminiyni qo‘shish marganesni po‘latda legirlovchi element sifatida deyarli to‘liq holda qatnashishiga va ferromarganes sarfini tejashi hamda 4,5 ming tonna tayyor mahsulot iqtisod qilinishi asoslangan;
110G13L markali po‘latni alyuminiy bilan kimoviy modifikatsiyalash natijasida qotishma suyuqligining oquvchanligini oshishi va quyma metallning yanada nozikroq dendrit tuzilishiga ega bo‘lishi hisobiga uning korroziyaga chidamliligi hamda cho‘zilishdagi mustahkamligini 2 barobarga oshishi aniqlangan;
alyuminiyniyni modifikator sifatida 110G13L markali po‘lat tarkibiga kiritish orqali po‘latning qattiqligini (Brinel bo‘yicha) 60% ga, zarbiy qovushqoqligini (KCU) esa 40%ga oshishi hamda turli o‘qli, mayda donali tuzilishga ega bo‘lgan po‘latning shakllanishi, quymalarda transkristallanishning yoʻqligi eyilishga chidamlilikda yuqori mexanik xususiyatlarini oshirishi asoslangan;
ekskavator tishlarini tayyorlashda ishlatiladigan 110G13L markali po‘latini modifikatsiyalash bo‘yicha yangi resurstejamkor texnologiyaning rejimlari ishlab chiqilgan: metallni eritish harorati 1480 °C, eritish uchun sarflangan umumiy vaqt 3 soat va alyuminiyning miqdori 2% gachani tashkil etishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qalmoqir konida ishlatilayotgan 110G13L markali po‘latdan yasalgan ekskavator tishlarining kimoviy tarkibini o‘zgartirish orqali ularning mexanik xususiyatlarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
modifikatsiyalangan 110G13L markali po‘latidan yasalgan ekskavator tishlari Qalmoqir koni uchun ekskavator tishlarini ishlab chiqaradigan Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 4 sentyabrdagi №09-24/42-00018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavator tishlarining mexanik xususiyatlari va eyilish qarshiligini 2 baravargacha oshirish imkonini bergan;
110G13L markali po‘latini modifikatsiyalash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ koshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 4 sentyabrdagi №09-24/42-00018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavator tishlarining yuklangan ma’dan hajmi oddiy tishlarga nisbatan 60 ming m3ga oshirish imkonini bergan.