Abdumajidov Rustamjon Baxtiyor o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Diskli plug korpus qirg‘ich(burchakkesar)i parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3731
Ilmiy rahbar: Ishmuradov Shuxrat Ulug‘berdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.T.181.02
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Baxromov Faxriddin Xuzriddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamiz sharoitida bug‘doy, em-xashak, takroriy ekinlar, sabzavot-poliz va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan erlarni shudgorlashda qo‘llaniladigan diskli plug korpusining qirg‘ich (burchakkesar)i parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1,4-2,0 sinfdagi traktorlar bilan agregatlab ilshlatishga mo‘ljallangan energiya-resurstejamkor qirg‘ich(burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
ishlov berilayotgan tuproq qatlamini ag‘darish jarayonida tuproq bo‘lagining harakatini tavsiflovchi matematik model qirg‘ich(burchakkesar)ning gorizontalga nisbatan o‘rnatilish burchagini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
qirg‘ich(burchakkesar) ishchi sirtining egrilik radiusi diskli korpus tomonidan tuproqdan kesib olinayotgan palaxsani qirg‘ich(burchakkesar) ning ishchi sirtiga to‘liq joylashishi va so‘ngra uning to‘liq ag‘darilishi hamda o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlarning chuqur ko‘milishini taʼminlash shartidan aniqlangan.
qirg‘ich(burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plugning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa uning osish qurilmasi o‘lchamlarini hisobga olgan holda plugning tuproqqa etarli botib yurishi va haydov chuqurligi barqaror boʻlishi hamda talab etiladigan transport tirqishi ta’minlash shartidan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Diskli plugga o‘rnatilgan qirg‘ich(burchakkesar)ning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
asosiy va takroriy ekinlar ekiladigan erlarni shudgorlashda palaxsalarning toliq agdarilishini ta’minlaydigan qirg‘ich(burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plug konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04/227-son ma’lumotnomasi). Natijada qirg‘ich(burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plug konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
qirg‘ich (burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plug Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti tajriba uchaskasi, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04/227-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy va takroriy ekinlar ekiladigan erlarni sifatli shudgorlash va o‘simlik qoldiqlarini to‘liq ko‘mish imkoniga ega bo‘lingan.
qirg‘ich(burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-maydagi 05/04-04/227-son ma’lumotnomasi). Natijada 1,4-2,0 sinfdagi traktorlar bilan agregatlab ishlatishga mo‘ljallangan qirg‘ich(burchakkesar) bilan jihozlangan diskli plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.