Mambetov Serdar Axmedovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Rus va qoraqalpoq tillaridagi sifatning tarkibiy-semantik xususiyatlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5709.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xudaykulov Abdulla Eshkuvatovich, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va qoraqalpoq tillaridagi publisistik matnlarda sifat qo‘llanishining struktur-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va qoraqalpoq tillaridagi sifatning leksik, grammatik va semantik xususiyatlari har tomonlama qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, flektiv va agglyutinativ til tizimlari oʻrtasidagi tipologik oʻxshashlik va farqlar sifat xususiyatlari vositasida aniqlangan;
rus va qoraqalpoq tillaridagi sifatlarning tarkibiy-semantik va so‘z yasalish modellariga aniqlik kiritilgan, ularning kelib chiqishi va amal qilish xususiyatlari aniqlangan hamda publisistik matnlarda sifatlarning o‘girilishida tarjima o‘zgarishlarining o‘ziga xos tasnifi isbotlangan;
rus va qoraqalpoq publisistik matnlarida sifat qo‘llanilishining pragmatik va uslubiy o‘ziga xosligi asoslangan, epitetlarning xarakterli modellari, tillarning milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi ekspressiv baholar va g‘oyaviy konnotatsiyalar dalillangan;
rus tilidan qoraqalpoq tiliga va qoraqalpoq tilidan rus tiliga sifatlarni adekvat etkazishga qaratilgan tarjima strategiyalari va usullari tizimli ishlab chiqilib, murakkab, metaforik va uslubiy jihatdan belgilangan sifatlarning tarjimasi tillararo talqin, medialingvistika nazariyasi va amaliyotiga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib:
rus va qoraqalpoq tillaridagi sifatning leksik, grammatik va semantik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinib flektiv va agglyutinativ til tizimlari oʻrtasidagi tipologik oʻxshashlik va farqlari haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 20-maydagi 291/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, rus va qoraqalpoq tillaridagi sifatlarni har tomonlama qiyoslash grammatik kategoriyalarni o‘rganishga tizimli yondashish muhimligini tasdiqladi va tillarning turli tipologik bog‘lanishlari kontekstida ularning faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini berilgan;
rus va qoraqalpoq tillaridagi sifatlarning tarkibiy-semantik va so‘z yasalish modellariga aniqlik kiritilgan, ularning kelib chiqishi va amal qilish xususiyatlari aniqlangan hamda publisistik matnlarda sifatlarning o‘tkazilishida tarjima o‘zgarishlarining o‘ziga xos tasnifi haqidagi xulosalaridan “Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati” muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston o‘lkashunoslik muzeyining 2025-yil 21-maydagi 01-02/03-115-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot qiyosiy jihatdan sifatlarning so‘z yasalishi va tarjimada o‘ziga xosligi haqidagi mavjud fikrlarni sezilarli darajada to‘ldiradi va uning natijalaridan tarjimashunoslik, leksikografiya, ona va rus tillarini o‘qitish, shuningdek, madaniyatlararo muloqotda foydalanilgan;
rus va qoraqalpoq publisistik matnlarida sifatlar qo‘llanilishining pragmatik va uslubiy o‘ziga xosligi asoslangan, epitetlarning xarakterli modellari, tillarning milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi ekspressiv baholar va g‘oyaviy konnotatsiyalar bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan”, “Teanager” ko‘rsatuvlari va Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Kúsh bilimde”, “Jaslar waqtı” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-maydagi 05-22/301-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot jurnalistikada sifatlar tahliliga pragmatik-stilistik yondashuvning dolzarbligini tasdiqlabgina qolmasdan, Qoraqalpog‘istonning ikki tilli makonida media amaliyoti, til ta’limi va madaniyatlararo muloqot uchun katta amaliy ahamiyatini ham ko‘rsatilgan;
rus tilidan qoraqalpoq tiliga va qoraqalpoq tilidan rus tiliga sifatlarni adekvat etkazishga qaratilgan tarjima strategiyalari va usullari tizimli ishlab chiqilib, murakkab, metaforik va uslubiy jihatdan belgilangan sifatlarning tarjimasi tillararo talqin, medialingvistika nazariyasi va amaliyotiga oid xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining ijodiy seminarlari va mahorat darslarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 27-maydagi 48-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot rus va qoraqalpoq tillari o‘rtasidagi ikki tilli adabiy aloqa amaliyotini takomillashtirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga hissa qo‘shgan holda badiiy tarjima nazariyasi va medialingvistika rivojiga katta hissa qo‘shilgan.