Abdujalilova Mashhura Alisher qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida uy-ro‘zg‘or buyumlari leksik birliklarining pragmatik tadqiqi” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisoslikligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, Filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.Fil.163.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Akmaljon G‘ulomovich; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tursunov Akmaljon Hamidjonovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi uy-ro‘zg‘or buyumlari leksik birliklarini tilshunoslikda o‘rganilishi, diaxronikasi va asarlarda berilishini tahlil qilgan holda ularning lingvopragmatik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasini ijtimoiy farqlanishi empirik asosda aniqlanib, ular ko‘pincha urf-odatlar va an’analar bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatilib, ularning ijtimoiy mavqe va til ishlatish, konnotativ ma’nolar, ehtiyojga asoslangan muomala, ironik yoki kinoyaviy qo‘llanish kabi pragmatik xususiyatlarini erkak va ayol gender rollari bilan bog‘liqligi ingliz va o‘zbek tillarida ochib berildi;
- uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga oid leksik birliklarning diaxronik jihatdan tadrijiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanish bosqichlari asoslanib, leksik birliklar bilan qo‘llangan paremialarda tazod usuli yetakchilik qilishi misollar orqali dalillandi;
- uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga oid leksik birliklarning tasviriy vositalar: metafora, mubolag‘a, jonlantirish va o‘xshatishlar orqali ko‘proq berilishiga aniqlik kiritildi, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga oid o‘zbek tilidagi antroponimlar an’anaviy va oilaviy ahamiyatga ega bo‘lsa, ingliz tilidagi antroponimlar ko‘proq kasbga oid va funksional ma’noda ishlatilishi til ichki qonuniyatlari (lingvistik) va ijtimoiy madaniy ta’sirlar (ekstralingvistik) omillari asosida ifodalanganligi aniqlandi;
- “Mehrobdan chayon” asaridagi uy- ro‘zg‘or buyumlariga oid leksik birliklarning pragmagtik jihatlari - bu leksik biriklarning xarakterlar va voqealar bilan bog‘liqligi, ularning madaniy va ijtimoiy ahamiyati aniqlik, ifodalilik, lo‘ndalik mezoni bilan ko‘rsatilib, “White fang” asaridagi ro‘zg‘orga oid leksik birliklar muqobil, analogik tarjimalar orqali tajima qilinganligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida uy-ro‘zg‘or buyumlariga oid leksik birliklarining pragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari quyidagi ishlarda joriylashtirilgan:
Uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasini ijtimoiy farqlanishi empirik asosda aniqlanishi, ular ko‘pincha urf-odatlar va an’analar bilan chambarchas bog‘liqligi ularning ijtimoiy mavqe va til ishlatish, konnotativ ma’nolar, ehtiyojga asoslangan muomala, ironik yoki kinoyaviy qo‘llanish, gender rollari bilan bog‘liq pragmatik xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillarida berilishi asosida ularni eng maqbul usullar bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish nazarda tutilganligi haqida olingan ilmiy natijalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida (Namangan muhandislik-texnologiya instituti 2025-yil 3 martdagi №793-024-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga doir leksik birliklarning ingliz va o‘zbek tillaridagi lingvo-pragmatik, funksional-struktur xususiyatlarini tilshunoslik nuqtai nazaridan aniqlash, soha terminologiyasi leksik sathining boyib borish usullarining o‘ziga xos jihatlariga diaxron tomondan yondashish, har ikki tilga boshqa tillardan o‘zlashgan uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga oid terminlarning mazkur tillarga kirib kelishi va o‘zlashishining madaniy, ijtimoiy, hududiy omillarini yoritish, ushbu soha terminlarini tarjima qilish jarayonida tug‘iladigan muammolarni aniqlab, ularni eng maqbul usullari bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish hamda ro‘zg‘orga oid terminlarni stilistik vositalar sifatida tadqiq etishga doir ilmiy xulosa va natijalardan loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda foydalanildi;
Ingliz va o‘zbek tillaridagi uy-ro‘zg‘or buyumlari leksik birliklari orqali ifodalangan metafora, mubolag‘a, jonlantirish, o‘xshatish kabi badiiy tasviriy vositalarning ko‘proq ifodalanganiga aniqlik kiritish, bu leksik birliklarni ingliz va o‘zbek tillaridagi antroponimik omillar asosida qiyosiy tahlil qilish shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikaga oid tadqiqotlar o‘rganilib, ularning leksikasini ijtimoiy farqlanishining empirik asosi aniqlanib, uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlari bilan bog‘liq pragmatik xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillarida tadqiq qilish va ilmiy asoslash haqida olingan ilmiy xulosalardan 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-martdagi № 01/4-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korpuslar uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga oid terminlar o‘zbekcha va inglizcha terminologiyasi va mutaxassislik so‘zlari bilan boyitilgan;
Uy- ro‘zg‘or buyumlari leksikasini diaxronik jihatdan tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlarini asoslash, ushbu leksik birliklar qo‘llangan paremialarda tazod usuli yetakchilik qilishini tahlillar orqali dalillash hamda “Mehrobdan chayon” asaridagi uy- ro‘zg‘or buyumlariga oid leksik birliklarning pragmagtik jihatlari - bu leksik biriklarning xarakterlar va voqealar bilan bog‘liqligi, ularning madaniy va ijtimoiy ahamiyati aniqlik, ifodalilik, lo‘ndalik mezoni bilan ko‘rsatilib, “White fang” asaridagi ro‘zg‘orga oid leksik birliklar muqobil, analogik tarjimalar orqali tajima qilinganligi haqida olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda 2024-2025 yillar davomidagi efirlarda (“O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi” Dmsining 2025 yil 21 iyuldagi 05-09-1206-sonli ma’lumotnomasi) foydalanildi. Natijada teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlariga oid so‘zlarning lingvo-pragmatik va derivativ tahlili ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatuvda keng foydalanilgan.