Azimova Feruza Xujamkulovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neft-gaz sanoatiga oid terminlarni o‘qitishda talabalarning strategik kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili),(pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4955
Ilmiy rahbar: Kulmatov Baxrom Gulyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Obidova Gulmira Kuzibaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Pedagogika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft-gaz sanoatiga oid terminlarni o‘qitishda talabalarning strategik komretensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft-gaz sanoatiga oid terminlarning kontekstual va umumiste’mol qo‘llanilishdagi farqli xususiyatlarini tasniflash mezonlariga tayanadigan tipologiya, til materialini ongli tanlash va maqsadli qayta ishlash jarayonida faollashuvchi psixolingvistik mexanizmlarni kompetensiyaviy-integrativ semasiologik tashkilot doirasida algoritmik va mantiqiy asosda semantik reprezentatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
neft-gaz sanoatiga oid autentik materiallar asosida yaratilgan o‘qitish strategiyalari moduli, nutq faoliyati turlariga asoslangan o‘qitish metodikasini kompetensiyaviy tashkil etish hamda pragmatik maqsadni ongli shakllantirishga xizmat qiluvchi funksional-semantik birliklar ierarxiyasi va til hamda tafakkurning integral shakllarini faollashtiruvchi semantik konstruksiyalar asosida strukturalash orqali takomillashtirilgan;
autentik materiallar asosida neft-gaz sanoatiga oid terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlarini aniqlash orqali, ularni o‘qitish jarayonida nutqiy niyatni shakllantirish va tahlil qilish mexanizmlarining funksional uyg‘unligi strategik ongni faollashtirishga xizmat qiluvchi lingvistik kompetensiyani shakllantirishda amaliy samaradorlikka ega ekani ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
talabalarning nutqiy strategiyasini ongli rejalashtirishga xizmat qiluvchi verbal aks ettirish texnologiyasiga, strategik kompetensiyaning kommunikativ-funksional modelining metareflektiv boshqaruv komponentini integratsiya qilish orqali, til faoliyatini ichki tahlil etish va reflektiv monitoring qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. neft-gaz sanoatiga oid terminlarni o‘qitishda talabalarning strategik komretensiyasini rivojlantirishga oid olingan natijalar asosida;
neft-gaz sanoatiga oid terminlarning kontekstual va umumiste’mol qo‘llanilishdagi farqli xususiyatlarini tasniflash mezonlariga tayanadigan tipologiya, til materialini ongli tanlash va maqsadli qayta ishlash jarayonida faollashuvchi psixolingvistik mexanizmlarni kompetensiyaviy-integrativ semasiologik tashkilot doirasida algoritmik va mantiqiy asosda semantik reprezentatsiya qilish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan  “English for oil and gaz industry” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz sanoatiga oid terminlar tirologiyasi ishlab chiqilgan; 
neft-gaz sanoatiga oid autentik materiallar asosida yaratilgan o‘qitish strategiyalari moduli, nutq faoliyati turlariga asoslangan o‘qitish metodikasini kompetensiyaviy tashkil etish hamda pragmatik maqsadni ongli shakllantirishga xizmat qiluvchi funksional-semantik birliklar ierarxiyasi va til hamda tafakkurning integral shakllarini faollashtiruvchi semantik konstruksiyalar asosida strukturalash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan OT-A1-118-raqamli “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusudagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023 yil 5 avgustdagi IRD/23193-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv strategiyalar neft-gaz sanoati bo‘yicha ishlab chiqilgan;
autentik materiallar asosida neft-gaz sanoatiga oid terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlarini aniqlash orqali, ularni o‘qitish jarayonida nutqiy niyatni shakllantirish va tahlil qilish mexanizmlarining funksional uyg‘unligi strategik ongni faollashtirishga xizmat qiluvchi lingvistik kompetensiyani shakllantirishda amaliy samaradorlikka ega ekani ilmiy jihatdan asoslab berishga oid taklif va tavsiyalardan 60721100-Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining "Xorijiy til(ingliz tili) fani o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2023-yil 28-noyabrdagi 02/02-01-170 sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘quv strategiyalar neft-gaz sanoati bo‘yicha ishlab chiqilgan. 
talabalarning nutqiy strategiyasini ongli rejalashtirishga xizmat qiluvchi verbal aks ettirish texnologiyasiga, strategik kompetensiyaning kommunikativ-funksional modelining metareflektiv boshqaruv komponentini integratsiya qilish orqali, til faoliyatini ichki tahlil etish va reflektiv monitoring qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan OT-A1-118-raqamli “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusudagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023 yil 5 avgustdagi IRD/23193-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv strategiyalar neft-gaz sanoati bo‘yicha ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish