Aslonov Madamin Mansurovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Buxoro jadidlarining marifatparvarlik faoliyatida pedagogik fikrlar taraqqiyoti” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7322
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Xaitov Xamza Axmadovich. filologiya fanlari doktori(DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oriental universiteti.  PhD.03/27.09.2024.Ped.185.01
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), professor Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, t.f.d., professor  Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro jadidlarining marifatparvarlik faoliyatida pedagogik fikrlar taraqqiyotiga oid materiallarini o‘rganish, tahlil qilish asosida zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro jadidchiligining paydo bo‘lishi, rivojlanish sharoitlari va ijtimoiy-siyosiy omillari o‘sha davr pedagogikasining g‘oyaviy-nazariy manbalarini milliy, sharqona, g‘arbiy qiyoslash asosida aniqlashtirish hamda ularning pedagogik qarashlariga integrativ ta’sirini o‘rganish orqali ilmiy tahlil qilingan;
Buxoro jadid maktablarining ochilishi, ulardagi faoliyat jarayonlari, o‘quv dasturlari va o‘qitish metodikalari mazmuni o‘sha davrga oid bilim berish, tarbiyalash, shaxsni kamol toptirishga oid qarashlarni tadqiq qilish va ularning zamonaviy pedagogika bilan bog‘liqlik darajasini sinergetik tasxishlash orqali aniqlashtirilgan;
Buxoro jadidlarining ta’lim jarayonidagi pedagogik yondashuvlari ilmiy qiymati o‘quvchilarni o‘qitishda differensial va individual ta’lim shakllarini qo‘llash hamda milliy, umuminsoniy, diniy, dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish tamoyillariga mos ma’naviy-axloqiy tizimni transformatsiya qilish asosida qiyosiy baholangan. 
Buxoro jadidlarining pedagogik merosini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan baholash, uning bugungi ta’lim tizimi uchun ahamiyati ijtimoiy-siyosiy omillarini tizimli o‘rganishda gender va ijtimoiy tabaqa jihatlarini hisobga olishga oid arxiv materiallar va o‘rganilgan manbalarni tadqiqotga jalb qilish, boshqa mintaqalar (Qashqar, Qo‘qon, Toshkent, Qrim) jadidchilik harakatlari bilan o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash orqali ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro jadidlarining marifatparvarlik faoliyatida pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganishga oid ilmiy natijalar asosida:
Buxoro jadidchiligining paydo bo‘lishi, rivojlanish sharoitlari va ijtimoiy-siyosiy omillari  o‘sha davr pedagogikasining g‘oyaviy-nazariy manbalarini (milliy, sharqona, g‘arbiy) aniqlashtirish hamda ularning pedagogik qarashlariga integrativ ta’sirini o‘rganish orqali ilmiy tahlil qilingan dissertatsiya natijalaridan O‘zbekiston respublikasi teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat bo‘limining “Moziy bisotidan”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlari senariysini tuzishda foydalanilgan hamda davra suhbati va muloqotlar uyushtirilgan.(Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 21-maydagi 01-0988-son ma’lumotnomasi).   Natijada, dissertatsiya materiallari ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarda Buxoro maorif uyi ma’rifatparvarlari tashabbusi bilan o‘lkada yangi paydo bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida keng tushunchaga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.
Buxoro jadid maktablarining ochilishi, ular faoliyatining mazmuni, o‘quv dasturlari va o‘qitish metodikalari mazmuni o‘sha davrga oid (bilim berish, tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish) qarashlarni tadqiq qilish va ularning zamonaviy pedagogika bilan bog‘liqlik darajasi sinergetik tasxishlash orqali aniqlashtirilgan tavsiyalar asosida pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligi mazmuni takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil, 27- dekabrdagi № 485-buyrug‘i, № 485-0216 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Buxoro maorif uyi ma’rifatparvarlarining pedagogik g‘oyalaridan o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan.
 Buxoro jadidlarining ta’lim jarayonidagi pedagogik yondashuvlari ilmiy qiymati o‘quvchilarni o‘qitishda differensial va individual ta’lim shakllarini qo‘llash hamda milliy, umuminsoniy, diniy, dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish tamoyillariga mos ma’naviy-axloqiy tizimni transformatsiya qilish asosida qiyosiy baholangan taklif va tavsiyalar asosida pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligi uchun test topshiriqlari va loyihaviy ta’lim topshiriqlari banki yaratilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil, 23-sentyabrdagi 02/01-01-371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini real baholash imkoniyati yanada ortgan va o‘quv jarayoni mazmunan boyishiga erishilgan.
Buxoro jadidlarining pedagogik merosini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan baholash, uning bugungi ta’lim tizimi uchun ahamiyati ijtimoiy-siyosiy omillarini tizimli o‘rganishda gender va ijtimoiy tabaqa jihatlarini hisobga olishga oid arxiv materiallar va o‘rganilgan manbalarni tadqiqotga jalb qilish, boshqa mintaqalar (Qashqar, Qo‘qon, Toshkent, Qrim) jadidchilik harakatlari bilan o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash orqali ilmiy asoslangan ma’lumot va tavsiyalardan  “Jadidlar g‘oyasi-yangi O‘zbekiston va uchinchi Renassansni bunyod etishning mustahkam poydevori” nomli grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat Fondining “Sashmaqom” va nomoddiy madaniy meros, “Jadidlar g‘oyasi-yangi O‘zbekiston va uchinchi Renassansni bunyod etishning mustahkam poydevori”nomli davlat grantining 2024-yil, 24-oktyabrdagi №87-12/242-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keltirilgan ilmiy materiallar va xulosalardan pedagogika tarixini o‘qitish, maxsus kurslar ishlab chiqish, pedagogika tarixiga oid darsliklarga muhim o‘zgarishlar kiritish, o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish