Qurbonova Gulnoza Abduholiq qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida gidronimlarning nomlanish xususiyatlari, struktur-semantik tahlili” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3861.
Ilmiy rahbar: Umrqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat chet tillar instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qalandarov Aybek Ruzemboevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek va ingliz tili gidronimlarining nomlanish xususiyatlarini aniqlash va leksik-semantik jihatdan gidronimlarning chog‘ishtirilayotgan tillar tizimidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tilning lug‘aviy qatlam ekanligiga ko‘ra chog‘ishtirilayotgan tillardagi gidronimlar onomastikaning tarkibiy qismi sifatida bir xil nomlanishi va tarkibiy qismlarining tuzilishiga ko‘ra turlicha ekanligi hamda gidronimlar makro va mikro guruhlarga bo‘linib, har-bir hudud landshaftlarining tabiiy yoki jismoniy joylashuvi va suvning xususiyatidan kelib chiqib gidronimik nomlar yuzaga chiqishiga asos bo‘lganligi  dalillangan; 
Har ikki tilda ham gidronimlarning nomlanish xususiyatiga ko‘ra rang bilan bog‘liq gidronimlar 74% ni, suvning maza-tami bilan bog‘liq gidronimlar 10% ni, suvning hidi bilan bog‘liq gidronimlar 10 % ni, suvning shifobaxshligiga nisbat berilgan gidronimlar esa 6 % ni tashkil etishi hamda  o‘zbek tili gidronimlar yasalishida affiksatsiya va kompozisiya usullari orqali yasalgan gidronimlar statistik jihatdan ko‘proqni tashkil qilishi hamda o‘zbek gidronimlari yasalishida ma, li, loq, ak, q, obod, iy, xona kabi so‘z yasovchi affikslar faolligi asoslangan; 
gidronim va uning tarkibiy qismini hosil qiluvchi okeanonim, pelagonim, limnonim, gelonim, potamonim kabi birliklarning ikkala o‘rganilayotgan til uchun umumiy tushuncha ekanligi bationim, gimnonim, speleonim, geyzer, kaskad, glyasionim, insulonim kabi birliklarning ingliz tili onomastik qatlamida faol o‘zbek tili onomastik qatlamida nofaol ekanligi ochib berilgan;
o‘zbek tili gidronimlarning etimologik jihatdan o‘zbek, arab, fors, yunon tillari asosida shakllangani, ingliz tili gidronimlari esa ingliz, kelt, Skandinaviya xalqlari tillari va fransuz, nemis tillari asosida shakllanganligi, gidronim asosida yuzaga kelgan toponimlar gidrotoponimlar deb atalishi hamda ularning yuzaga chiqishida tilning milliy, madaniy, diniy, tarixiy, ijtimoiy jihatlari bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek va Ingliz tillarida gidronimlar va ularning nomlanish xususiyatlari, struktur-semantik tahlili bo‘yicha olingan xulosalar asosida:
tilning lug‘aviy qatlam ekanligiga ko‘ra chog‘ishtirilayotgan tillardagi gidronimlar onomastikaning tarkibiy qismi sifatida bir xil nomlanishi va tarkibiy qismlarining tuzilishiga ko‘ra turlicha ekanligi hamda gidronimlar makro va mikro guruhlarga bo‘linib, har-bir hudud landshaftlarining tabiiy yoki jismoniy joylashuvi va suvning xususiyatidan kelib chiqib gidronimik nomlar yuzaga chiqishiga asos bo‘lganligi dalillanganligiga oid nazariy maʼlumotlardan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymingning meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 9-martdagi 04/1-586-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zbek va ingliz  tillardagi gidronimlarning elektron platformadagi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
gidronim va uning tarkibiy qismini hosil qiluvchi okeanonim, pelagonim, limnonim, gelonim, potamonim kabi birliklarning ikkala o‘rganilayotgan til uchun umumiy tushuncha ekanligi bationim, gimnonim, speleonim, geyzer, kaskad, glyasionim, insulonim kabi birliklarning ingliz tili onomastik qatlamida faol o‘zbek tili onomastik qatlamida nofaol ekanligi ochib berilganligiga oid xulosalaridan PZ 2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 9-martdagi 04/1-587-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha turli tizimli tillardagi gidronimlarning tarkibiy qismlari tahlillari boyitilgan; 
o‘zbek tili gidronimlarning etimologik jihatdan o‘zbek, arab, fors, yunon tillari asosida shakllangani, ingliz tili gidronimlari esa ingliz, kelt, Skandinaviya xalqlari tillari va fransuz, nemis tillari asosida shakllanganligi, gidronim asosida yuzaga kelgan toponimlar gidrotoponimlar deb atalishi hamda ularning yuzaga chiqishida tilning milliy, madaniy, diniy, tarixiy, ijtimoiy jihatlari bilan bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir xulosalardan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 9-martdagi 04/1-586-son maʼlumotnomasi). Natijada gidronimlarning tarkibiy qismlari haqidagi umumiy lingvistik qarashlarning mukammallashuviga erishilgan;
Har ikki tilda ham gidronimlarning nomlanish xususiyatiga ko‘ra rang bilan bog‘liq gidronimlar 74% ni, suvning maza-tami bilan bog‘liq gidronimlar 10% ni, suvning hidi bilan bog‘liq gidronimlar 10 % ni, suvning shifobaxshligiga nisbat berilgan gidronimlar esa 6 % ni tashkil etishi hamda  o‘zbek tili gidronimlar yasalishida affiksatsiya va kompozisiya usullari orqali yasalgan gidronimlar statistik jihatdan ko‘proqni tashkil qilishi hamda o‘zbek gidronimlari yasalishida ma, li, loq, ak, q, obod, iy, xona kabi so‘z yasovchi affikslar faolligi asoslanganligiga doir xulosalardan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 9-martdagi 04/1-586-son maʼlumotnomasi). Natijada gidronimlarning tarkibiy qismlari haqidagi umumiy lingvistik qarashlarning mukammallashuviga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish