Uzakova  Nigora Iskandarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diabet etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarida 2-tip natriy-glyukoza kotransporterlari ingibitorlarining samaradorligi” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4496.
Ilmiy rahbar: Sobirov  Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02. 
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Faxrutdinova Sevara Sirojiddinova, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: diabetik nefropatiya genezli surunkali buyrak kasalligida buyrak funksional holatini va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligini, hamda ularga 2-tip natriy-glyukoza kotransporterlari ingibitorlarini ta’sir samaradorligini kuzatish negizida buyrak etishmovchiligini avj olishini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi : 
diabet genezli surunkali buyrak kasalligi bemorlarida 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarining nefroprotektiv samarasi tufayli bemorlari buyrak arteriyalarida qon oqimini tezlashishi va rezistentlik indeksini ishonchli pasayishi aniqlangan;
diabetik nefropatiyalarda buyraklar funksional zaxirasini meyoriy ko‘rsatkichlardan ishonchli pasayib ketishi va u empagliflozin qabul qilgan tadqiqot guruhida 5,51% ga ko‘tarilib zaxira paydo bo‘lishi isbotlangan;
diabetik nefropatiyalarda oksidativ stress nomutanosibligini ortishi va u 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini qo‘shimcha tavsiya etish bilan kislorodning faol shakli fermentlarini  pasayishi, antioksidant tizim faolligini  ishonchli ortishi tufayli muvofiqlashishi aniqlangan;
 diabet etiologiyali nefropatiyalarda 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini olti oy mobaynida qo‘llash bilan surunkali buyrak kasalligi avj olishni ishonchli (χ2-4,883, r=0,02) sekinlashishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
Diabetik nefropatiya genezli surunkali buyrak kasalligida buyrak funksional holatini va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligini o‘rganish, hamda ularga 2-tip natriy-glyukoza kotransporterlari ingibitorlarini ta’sir samaradorligini kuzatish negizida buyrak etishmovchiligini avj olishini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: diabet genezli surunkali buyrak kasalligi bemorlarida 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarining nefroprotektiv samarasi tufayli bemorlari buyrak arteriyalarida qon oqimini tezlashishi va rezistentlik indeksini ishonchli (r<0,01) pasayishi aniqlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.10.2024 yildagi № 81 son va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.10.2024 yildagi № 10-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun`dagi 19/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabet genezli surunkali buyrak kasalligi bemorlarida 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini qo‘llash bilan nefroprotektiv samarasi tufayli ularning buyrak arteriyalarida qon oqimini tezlashishi va rezistentlik indeksini pasayishi oqibatida surunkali buyrak kasalligini ushbu bosqichida uzoqroq saqlab turish imkoni yuzaga kelgan. Xulosa:  diabet genezli surunkali buyrak kasalligi bemorlarida 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini qo‘llash bilan buyrak tomirlarida maksimal sistolik va yakuniy diastolik tezlikni oshishi, rezistentlik indeksini pasayishi bilan preparatning nefroprotektiv samarasi yanada o‘zini namoyon etgan, bu bilan surunkali buyrak kasalligining noxush oqibatlarni oldi olinib bemorlarni joriy yilda terapevtik bo‘limlarida statsionar yotish soni kamayib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishi imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik nefropatiyalarda buyraklar funksional zaxirasini meyoriy ko‘rsatkichlardan pasayib ketishi va u empagliflozin qabul qilgan tadqiqot guruhida 5,51% ga ko‘tarilib zaxira paydo bo‘lishi isbotlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.10.2024 yildagi № 81 son va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.10.2024 yildagi № 10-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun`dagi 19/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik nefropatiyalarda sog‘lom shaxslarga nisbatan pasayib meyoriy ko‘rsatkichlardan kamayib ketgan buyraklar funksional zaxirasini empagliflozin qabul qilish bilan ishonchli ko‘tarilib zaxira paydo bo‘lishi surunkali buyrak kasalligini avj olishini sekinlashishini bildiradi va oqibatlarini engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: diabetik nefropatiyalarda sog‘lom shaxslarga nisbatan pasayib meyoriy ko‘rsatkichlardan kamayib ketgan buyraklar funksional zaxirasini empagliflozin qabul qilish bilan ishonchli ko‘tarilib zaxira paydo bo‘lishi surunkali buyrak kasalligini avj olishini sekinlashishi bemorlarni joriy terapevtik bo‘limlarida statsionar yotish sonini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa:  diabetik nefropatiyalarda buyraklar funksional zaxirasini sog‘lom shaxslarga nisbatan ishonchli pasayib qiymatlarni meyoriy ko‘rsatkichlardan kamayib ketishi va u empagliflozin qabul qilish bilan ishonchli ko‘tarilib buyraklarda zaxira paydo bo‘lish imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: diabetik nefropatiyalarda oksidativ stress nomutanosibligini ortishi va u 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini qo‘shimcha tavsiya etish bilan kislorodning faol shakli fermentlarini ishonchli (r<0,01) pasayishi, antioksidant tizim faolligini ishonchli (r<0,01) ortishi tufayli muvofiqlashishi aniqlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.10.2024 yildagi № 81 son va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.10.2024 yildagi № 10-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun`dagi 19/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik nefropatiyalarda lipidlar periksli oksidlanishi/ antioksidant tizim buzilishlari va tomirlar endoteliy disfunksiyasi yuzaga kelishi aniqlanib, davolashga 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini qo‘shimcha tavsiya etish bilan oksidativ stress nomutanosibligini muvofiqlanishi oqibatida surunkali buyrak kasalligini ushbu bosqichida uzoqroq saqlab turish imkoni yuzaga kelgan. Xulosa:  diabetik nefropatiyalarda oksidativ stress nomutanosibligi va tomirlar endoteliy disfunksiyasi yuzaga kelishi aniqlanib, davolashga 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini qo‘shimcha tavsiya etish bilan ularni muvofiqlashishi bilan surunkali buyrak kasalligining noxush oqibatlarni oldi olinib bemorlarni joriy yilda terapevtik bo‘limlarida statsionar yotish soni kamayib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishi imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabet etiologiyali nefropatiyalarda 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini olti oy mobaynida qo‘llash bilan surunkali buyrak kasalligi avj olishni ishonchli (χ2-4,883, r=0,02) sekinlashishi isbotlanganligi Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.10.2024 yildagi № 81 son va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.10.2024 yildagi № 10-T sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun`dagi 19/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabet etiologiyali nefropatiyalarda 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini uzoq muddat qo‘llash bilan surunkali buyrak kasalligini avj olishini sekinlashtirib bemorlarni dializgacha bo‘lgan davri uzaytirilishi, shuningdek dializga muxtojlar soni kamayishi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: diabet etiologiyali nefropatiyalarda 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini uzoq muddat qo‘llash bilan surunkali buyrak kasalligi avj olish tempini sekinlashtirish bilan uning noxush asoratlarini oldini olib dializgacha bo‘lgan davrini uzaytirilishi, shuningdek bemorlarni joriy yil shifoxonaga yotish o‘rin kunlari va dializga muxtoj bemorlar sonini kamaytirishi bilan diabetik nefropatiyani davo samaradorlikni oshirishi tufayli bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishi bilan davolash usuli samaradorligi aniqlandi. Xulosa: diabetik nefropatiyalarda 2-tip natriy-glyukoza kotransporteri ingibitorlarini samarasini asoslash bilan buyrak funksional holatini yaxshilanishi, funksional zaxirasi paydo bo‘lishi, oksidativ stress jarayonlarini muvofiqlanishi tufayli surunkali buyrak kasalligini oldini olish yoxud avj olishini sekinlashtirish orqali ularni dializgacha bo‘lgan davrini uzaytirilishi, shuningdek dializga muxtoj bemorlar soni kamayish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish