Ahmadjonov Ulug‘bek G‘ulom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahaliy sanoat chiqindilari tarkibidagi qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini inversion-voltamperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K813.
Ilmiy rahbar: Nabiev Abduraxim Abduxamidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Fayziev Jaxongir Baxromovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sanoat chiqindilari, suv va tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini modifikatsiyalangan elektrodlar yordamida inversion-voltamperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sulforsazen va kadion reagentlari bilan ko‘mir pastali elektrod modifikatsiyalangan va kadmiy va qo‘rg‘oshin ionlarini inversion voltamperometrik aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ishchi yuzasining kengligi 0,2 sm2, ishlash potensiallar oralig‘i - 1,8 V dan +1,5 V gacha bo‘lgan modifikatsiyalangan grafit asosidagi elektrokimyoviy sensor olingan;
ishlab chiqilgan qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlashning inversion-voltamperometrik usulga tasir qiluvchi omillar va jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlash to‘g‘riligining korrelyasiya koeffisienti 1 ga yaqin bo‘lgan, yuqori sezgirlikka ega yangi usul ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan inversion-voltamperometrik usul asosida atrof-muhitni muhofaza qilishda turli xil tabiatli aralashmalar, texnologik va chiqindi suvlar tahliliga modifikatsiyalangan elektrodlarni qo‘llash orqali ekologik monitoringini samarali amalga oshirish sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tabiatga ega sanoat chiqindilari tarkibidan qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlashning yangi sulforsazen va kadion bilan modifikatsiyalangan elektrodlarni qo‘llash orqali inversion-voltamperometrik uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini modifikatsiyalangan elektrokimyoviy sensorlar yordamida inversion-voltamperometrik aniqlash usuli Olmaliq KMK ning «Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi» da amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 1 iyuldagi 572-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlash va monitoring qilish hamda ruxsat etilgan me’yorlarini nazorat qilish imkonini bergan;
qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlash uchun modifikatsiyalangan elektrod Olmaliq KMK ning «Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi» da amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 1 iyuldagi 572-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan modifikatsiyalangan elektrod texnik vosita sifatida oqava suvlarda qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan.