Yangiboeva Sohiba Ro‘zmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Tohir Malik asarlarida diniy-ma’rifiy motivlarning badiiy sintezi 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2737
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Gulchehra Shodlikovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.; Imomova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek nasrida diniy-ma’rifiy motivlar, xususan, Qur’oni karim, hadis va diniy mavzudagi afsona hamda rivoyatlar sintezlashuvi hodisasini adabiy matn mazmuniga uyg‘unlikda talqin qilish orqali yozuvchi Tohir Malikning badiiy mahorati, asarlarining mazmun-mohiyati, poetik ifoda imkoniyatlarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida diniy-ma’rifiy talqinlarning ilmiy-nazariy asoslari aniqlanib, ularning xalq ma’naviy qadriyatlari va yozuvchi dunyoqarashi bilan o‘zaro uyg‘unlikdagi adabiy matn tarkibiga xos badiiy vazifasi ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek nasrida diniy-ma’rifiy motivlar sintezlashuvi hodisasining yuzaga kelishida Qur’oni karim, hadislarning ta’siri, shuningdek, o‘zbek mumtoz adabiyotining ko‘p asrlik an’analarini davom ettirish orqali diniy mavzularning adabiy matndagi poetik interpretatsiyasi jarayoni dalillangan;
XX asr boshlarida Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani bilan boshlangan zamonaviy nasrdagi diniy motivlar ifodasi keyinchalik tarixiy mavzularda yaratilgan asarlarda ham mahorat bilan rivojlantirilgani va istiqlol yillarida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik va islom ma’rifatini ulug‘lash tamoyili asosida diniy mavzulardagi asarlar nashri, ularning boshqa tillardan tarjimalari, ulug‘ siymolar tavallud sanalarini keng nishonlash asosida badiiy adabiyotning ma’no, tasvir va ifodada yangilana borgani isbotlangan;
Tohir Malik asarlarining badiiyati, yozuvchining ma’naviy dunyosi, o‘ziga xos mahorat sirlarini kashf etishda diniy-ma’rifiy motivlarning adabiy matn mazmuniga sintezlashuvi hodisasi muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tohir Malik asarlarida diniy-ma’rifiy motivlarning badiiy sintezi” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
o‘zbek adabiyotida diniy-ma’rifiy talqinlarning ilmiy-nazariy asoslari aniqlanib, ularning xalq ma’naviy qadriyatlari va yozuvchi dunyoqarashi bilan o‘zaro uyg‘unlikdagi adabiy matn tarkibiga xos badiiy vazifasi ochib berilgani, zamonaviy o‘zbek nasrida diniy-ma’rifiy motivlar sintezlashuvi hodisasining yuzaga kelishida Qur’oni karim, hadislarning ta’siri, shuningdek, o‘zbek mumtoz adabiyotining ko‘p asrlik an’analarini davom ettirish orqali diniy mavzularning adabiy matndagi poetik interpretatsiyasi jarayoni dalillangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 20-fevraldagi 83/1-son ma’lumotnomasi).
XX asr boshlarida Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani bilan boshlangan zamonaviy nasrdagi diniy motivlar ifodasi keyinchalik tarixiy mavzularda yaratilgan asarlarda ham mahorat bilan rivojlantirilgani va istiqlol yillarida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik va islom ma’rifatini ulug‘lash tamoyili asosida diniy mavzulardagi asarlar nashri, ularning boshqa tillardan tarjimalari, ulug‘ siymolar tavallud sanalarini keng nishonlash asosida badiiy adabiyotning ma’no, tasvir va ifodada yangilana borgani isbotlanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan turli adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, xususan, zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyondalari, Tohir Malik ijodi bo‘yicha tashkil etilgan anjumanlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining 2025-yil 23-iyundagi 48-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqoridagi mavzular yuzasidan anjuman va tadbir ishtirokchilarining bilimlari oshirilgan.
Tohir Malik asarlarining badiiyati, yozuvchining ma’naviy dunyosi, o‘ziga xos mahorat sirlarini kashf etishda diniy-ma’rifiy motivlarning adabiy matn mazmuniga sintezlashuvi hodisasi muhim ahamiyat kasb etishi asoslangani haqidagi tahlillar va xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021 – 2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek,rus,ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. Natijada amaliy loyihaning ilmiy jihatdan yanada mukammal bo‘lishiga erishilgan.