Elvina Flaritovna Kireevaning 
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning poli-madaniy o‘zaro hamkorlikka tayyorgarligini samarali rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Ilmiy rahbar: Barchenko Sergey Alekseevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Shin Agrippina Vasilevna, pedagogika fanlari doktori, professor Yuzlikaev Farid Rafaelovich. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalarini poli-madaniy o‘zaro hamkorlikka tayyorgarligini samarali rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning poli-madaniy tayyorgarligini samarali rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv jarayonidagi interfaol madaniy inklyuziya va krossmadaniy o‘zaro hurmatli muloqotda turli madaniy meroslarni milliy sharoitlarda integrativ interpretatsiyasi orqali aniqlangan;
talabalarning poli-madaniy o‘zaro hamkorlikka tayyorgarligini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli turli madaniyat vakillarining o‘zaro hamkorlikdagi refleksiv faoliyatidagi voqeylikni  milliy sharoitga etnomadaniy xususiyatlarga ko‘ra adaptiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning poli-madaniy o‘zaro hamkorlikka tayyorgarligini rivojlantirish jarayonlari turli madaniyatlarga oid bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimini ta’lim jarayoniga joriy etish hamda madaniyatlararo mikroguruhlarni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
poli-madaniy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish jarayonini sinergetik samaradorligi talabalarning turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faollik darajasi, hamjihatlik va o‘zaro bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdagi dinamik o‘zgarishlarni monitoringi orqali aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni poli-madaniy o‘zaro hamkorlik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning poli-madaniy tayyorgarligini samarali rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini o‘quv jarayonidagi interfaol madaniy inklyuziya va krossmadaniy o‘zaro hurmatli muloqotda turli madaniy meroslarni milliy sharoitlarda integrativ interpretatsiyasi orqali aniqlash bo‘yicha tavsiyalar A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetini Toshkent shahridagi filialining 2024-yil 25-avgustdagi 571-sonli buyrug‘i bilan ro‘yxatga olingan OCh-5-11 “Psixologiya va ijtimoiy pedagogika (Bolalar psixologiyasi)” fanining o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 01/01-300-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning madaniy hissiy va kognitiv salohiyatini oshirish, ularning turli madaniyatlar bilan uyg‘unlashgan holda faol ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
talabalarning poli-madaniy o‘zaro hamkorlikka tayyorgarligini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modelini turli madaniyat vakillarining o‘zaro hamkorlikdagi refleksiv faoliyatidagi voqeylikni  milliy sharoitga etnomadaniy xususiyatlarga ko‘ra adaptiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligining 850000F.99.1.BN66AA04000-reestr raqamli “O‘zbekiston Respublikasi hududida 2021-2024 yillarda bajarilgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog kadrlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan “Malish” va “Klass” loyihalari”ni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 28 iyuldagi 01/01-300-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik faoliyat yuritayotgan turli madaniyat vakillarining krossmadaniy muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy hamkorlik qobiliyatlari rivojlantirilgan;  
talabalarning poli-madaniy o‘zaro hamkorlikka tayyorgarligini rivojlantirish jarayonlari turli madaniyatlarga oid bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimini ta’lim jarayoniga joriy etish hamda madaniyatlararo mikroguruhlarni tashkil etish asosida  takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar  A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetini Toshkent shahridagi filialining 2024-yil 25-avgustdagi 571-sonli buyrug‘i bilan ro‘yxatga olingan OCh-5-1 «Maxsus (defektologik) ta’lim», B-1-11 «Lingvistika» fanlarining o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 28 iyuldagi 01/01-300-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning krossmadaniy muloqot qobiliyatini oshirish va turli madaniyat vakillari bilan samarali hamkorlik qilish salohiyatini rivojlantirishga erishilgan;
poli-madaniy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish jarayonini sinergetik samaradorligi talabalarning turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faollik darajasi, hamjihatlik va o‘zaro bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdagi dinamik o‘zgarishlarni monitoringi orqali aniqlashga qaratilgan tavsiyalardan Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligining 850000F.99.1.BN66AA04000-reestr raqamli “O‘zbekiston Respublikasi hududida 2021-2024 yillarda bajarilgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog kadrlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan “Malish” va “Klass” loyihalari”ni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 01/01-300-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning turli madaniy muhitdagi faollik darajasi, hamjihatligi, jamoadagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda farqli madaniy nuqtai nazarlarga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish