Begmatova Shaxnoza Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni takomillashtirish», 08.00.15-«Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Iqt4608
Ilmiy rahbari: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurodov Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Tursunov Imomnazar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik sub’ektlarida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «kreativ fikrlash» tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda raqobat ustunligini ta’minlashda mavjud resurslar, ma’lumotlar va vaziyatlarga noan’anaviy, innovatsion va samarali yondashish orqali yangi qiymat yarata olishga qaratilgan intellektual qobiliyatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tadbirkorlik faoliyatida xarajatlarni optimallashtirish, ko‘lam samarasi va jadal innovatsion faoliyatni uyg‘unlashtirish asosida mahsulotlarga yuqori qiymat qo‘shishni ta’minlaydigan «qiymat–murakkablik», «qiymat–xavf» va «qiymat–harakat» matrisalari asosida mahsulot xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali mahsulotning umumiy qiymat indeksini oshirish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni «tahliliy», «rejalashtirish», «joriy etish» va «nazorat» tamoyillariga asoslangan, innovatsionlik koeffisienti, xarajatlar samaradorligi indeksi, bozorga chiqish tezligi va tijoratlashtirish darajasini qamrab oluvchi kompleks rivojlantirish orqali tadbirkorlik sub’ektlarida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish asoslangan;
O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlik sohasining asosiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligining eksponensial trend modeli asosida 2030 yilgacha mo‘ljallangan pessimistik, dinamik va optimistik prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik sub’ektlarida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «kreativ fikrlash» tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda raqobat ustunligini ta’minlashda mavjud resurslar, ma’lumotlar va vaziyatlarga noan’anaviy, innovatsion va samarali yondashish orqali yangi qiymat yarata olishga qaratilgan intellektual qobiliyatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Kreativ fikrlash» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar o‘z-o‘zini realizatsiya qilishi, ichki imkoniyatlarini aniqlab, qobiliyatini namoyon etishi hamda zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida kreativ fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga undashning turli xil uslublari hamda usullarini o‘zlashtirish yuzasidan kengaytirilgan nazariy bilimlar hosil qilish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik faoliyatida xarajatlarni optimallashtirish, ko‘lam samarasi va jadal innovatsion faoliyatni uyg‘unlashtirish asosida mahsulotlarga yuqori qiymat qo‘shishni ta’minlaydigan «qiymat–murakkablik», «qiymat–xavf» va «qiymat–harakat» matrisalari asosida mahsulot xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali mahsulotning umumiy qiymat indeksini oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 16-oktabrdagi 05-33-11786-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida yuqori qiymatli innovatsion mahsulot ustuvorligini oshirish orqali samaradorlik va muvaffaqiyatni yuqori darajaga olib chiqilishiga erishilgan;
tadbirkorlik asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni «tahliliy», «rejalashtirish», «joriy etish» va «nazorat» tamoyillariga asoslangan, innovatsionlik koeffisienti, xarajatlar samaradorligi indeksi, bozorga chiqish tezligi va tijoratlashtirish darajasini qamrab oluvchi kompleks rivojlantirish orqali tadbirkorlik sub’ektlarida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 16-oktabrdagi 05-33-11786-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida tadbirkorlik faoliyatini strategik innovatsion rivojlantirish modelini yaratish va uni amalga oshirish natijalarini monitoring qilish tizimining takomillashuviga olib kelgan;
O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlik sohasining asosiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligining eksponensial trend modeli asosida 2030 yilgacha ishlab chiqilgan pessimistik, dinamik va optimistik prognoz ssenariylari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 16-oktabrdagi 05-33-11786-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishning chora-tadbirlari va prognozlari asosida uzoq muddatli davrdagi istiqbol ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.