O‘rishov Alisher Nomozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini  mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06-Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8476
    Ilmiy rahbar: Djumabaev G‘ulomjon Xalillaevich texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari  doktori, professor; Allamova Shohista Shavkat qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashga xizmat qiluvchi dasturiy-metodik ta’minotni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini  mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minoti modulli elektron portfolioni ilmiy manbalar bilan lokalizatsiyasini empirik talablar integratsiyasida ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarni mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik modeli veb kontentning fayl, marshrut, formalarni avtomatik hosil qiladigan funksiyalarini muammoli o‘qitishning siklik jarayoniga talabalarning o‘zlashtirish xususiyatlariga ko‘ra, pedagogik modifikatsiyalarda kiritish asosida takomillashtirilgan; 
dasturiy-metodik ta’minot vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlash texnologiyalari raqamli tajribalarning rejalash, loyihalash, dizayn, monitoring bosqichlarida “DigitalEdu”  mobil` ilovasini iterativ algoritmda qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
dasturiy-metodik ta’minot samaradorligini baholash mezonlari mustaqil ta’lim topshiriqlarini konstruktivizm, sotsial konstruktivizm va konnektivizm paradigmalariga asoslangan metodik strategiyalar ustuvorligida individual qaydlarda adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minoti to‘rt bosqichli tizim (o‘quv faoliyatini rejalashtirish, metodik loyihalash, texnologik loyihalash va baholash-monitoringi) hamda “DigitalEdu” mobil` ilovasining raqamli ekotizimiga doir amaliy takliflardan “Web dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22 - dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, 537497-raqamli guvohnoma). Natijada, ta’lim jarayonlarining portal texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minoti va milliy o‘quv-ilmiy resurslarni ishlab chiqish sifati oshirilgan;
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish modeli pedagogik-texnologik uzviylikka asoslangan holda, konstruktivizm, sotsial konstruktivizm va konnektivizm kabi zamonaviy ta’lim paradigmalarini o‘z ichiga olgan, raqamli ta’lim muhiti, faoliyatga yo‘naltirilgan metodlar va refleksiv tahlil mexanizmlarini uyg‘unlashtiruvchi komponentlariga oid takliflari “Turizmda raqamli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i 126055-raqamli guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanmaning yaratilishi va joriy etilishi “Turizmda raqamli texnologiyalar” fanining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari tashkiliy-pedagogik bosqichi samaradorligini oshirishga, sohaga doir zamonaviy o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondirilishiga xizmat qilgan;
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minoti Scaffolding strategiyasining bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash mexanizmi hamda Muammoli o‘qitish (PBL), Izlanishga asoslangan o‘qitish (IBL) va Loyihaga asoslangan o‘qitish (Project-Based Learning – PBL) metodlarining iterativ jarayonlari orqali uzviy integratsiyasi  doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’limva taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Axborot texnologiyalari va Kreativ industriya bo‘yicha ko‘rgazma” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 06-maydagi                    05-09-600-son ma’lumotnomasi). Natijada, mulohazalar bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini mustaqil-izlanishli faoliyatga tayyorlashda “Informatika va raqamli texnologiyalar” fanining didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ushbu fanni zamonaviy metodik yondashuvlar asosida o‘qitish orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish