Masharibova Roxatoy Ozadovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Mustaqillik davri dramalarining sotsiolingvistik  tadqiqi 
10.00.01. –  O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.PhD/Fil4019
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.    
Ilmiy rahbar: Kurbonova Muxabbat Matyakubovna filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich filologiya fanlari doktori  (DSc), professor; Sobirov Qahramon Salaevich Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davrida yaratilgan dramatik asarlarning sotsiolingvistik xususiyati, xususan, qahramonlar tilining kasb-kor va jinsga ko‘ra xoslanishini tizimli o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: mustaqillik davri dramatik asarlarining tili tahlilida nutqning sotsial xoslanishi va unga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib, milliy, jins, yosh, ijtimoiy qatlam va kasbga oid identifikatsiyalari, ijtimoiy kontekst va tilning ramziy ma’nolari kabi sotsiolingvistik xususiyatlari o‘rganilgan; 
ushbu davr dramalari tilining kasb-korga oid maxsus lug‘aviy birliklarning sotsial xoslanishiga e’tibor qaratilib, muayyan kasb vakillari nutqida qo‘llaniladigan murojaat shakllarining nutqiy xoslanishi, murojaat shakllari va noverbal vositalarning kasbga ko‘ra xoslanishi ochib berilgan;
dramatik asarlarning gender xususiyatlari, ayol va erkaklarga xos stereotiplar, ularning kommunikativ strategiyalarining farqlari va o‘xshashliklari, gender rollari, ijtimoiy stereotiplar, emotsional ifoda vositalari hamda madaniy kodlar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi isbotlangan; 
mustaqillik davri dramalarida ayol va erkaklarga xos murojaat shakllari va noverbal  vositalarda yosh, egallagan mavqe-lavozim, qarindoshlik aloqalari va emotsional yaqinlik darajasi kabi omillar muhim rol o‘ynashi dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri dramalarining sotsiolingvistik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
dramatik asarlarda qahramonlar nutqining sotsial xoslanishi va unga ta’sir qiluvchi ijtimoiy omillarning sotsiolingvistik xususiyatlarini aniqlashdagi ilmiy xulosalardan 2019–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihanining so‘z yasalishi, nomlash qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25- oktyabr №04/1-4000-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqning sotsial xoslanishi va unga ta’sir qiluvchi ijtimoiy omillar(milliylik, jins, yosh,  kasb, ijtimoiy maqom va b.)ning sotsiolingvistik xususiyatlarini aniqlash mukammallashdi;
qahramonlar nutqining sotsiolingvistik xususiyatlari, dialogik nutq fikr ifodalovchi lisoniy vositalarning gender xususiyatlarini aniqlashdagi ilmiy xulosalardan 2019–2022-yillarda bajarilgan AM-FZ 201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihanining so‘z yasalishi, nomlash qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-martdagi №04/1-4100-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiq etilayotgan dramalarda personajlar nutqini individualashtirishda ayollik va erkaklik stereotiplarining o‘rni, gender rollar, ijtimoiy stereotiplar, emotsional ifoda vositalari hamda madaniy kodlarning o‘zaro uzviyligini aniqlashga asos bo‘lgan;
mustaqillik davrida yaratilgan dramatik asarlar tili va nutqning o‘ziga xosligi, o‘zbek tilining boy imkoniyatlari va milliy-madaniy xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan eferga uzatiladigan “Assalom, Xorazm” dasturida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-dekabrdagi 1055-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko’rsatuv va radioeshittirishlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan hamda ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish