Boboqandov Nodirjon Fazliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Leontice L. turkum turlarining senopopulyasiyasi va ontogenetik strukturasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1014.
Ilmiy rahbar: Nomozova Zebunniso Baxronovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Keldiyorov Xudoyor Atamurodovich, biologiya fanlari nomzodi, professor; Shomurodov Xabibullo Fayzulloevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Leontice L. turkum turlarining senopopulyasiyasi, ontogenetik strukturasi va senotik populyasiyalari holatini baholash hamda qiyosiy hom ashyo organlari fitokimyoviy tarkibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli hududlardagi ekologik fitotsenozlarida (cho‘l, tog‘) tarqalgan Leontice L. turkum turlarining 16 senotik populyasiyalari (L. ewersmannii 8 ta, L. incerta 8 ta) aniqlangan;
Leontice L. turkum turlarining ontogenez davr va bosqichlarini aniqlash hamda farqli jihatlarini asoslash orqali senopopulyasiyalarning ontogenetik strukturalari ajratilgan va tiplari ochib berilgan;
iqlim o‘zgarishlari sharoitida barqaror δ¹³C izotopi tahlillari asosida o‘simlikda kechayotgan tolerantlik chegarasining ortib borish tendensiya izohlangan hamda regression tahlillar natijasida o‘simliklarni stressga chidamlilik darajasi aniqlangan;
Leontice L. turkum turlari xom ashyo beruvchi organlarida to‘plangan biologik faol moddalarning miqdori tahlil qilingan hamda ularni to‘planishiga tuproqdagi elementlar tarkibiga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Leontice L. turkum turlarining senopopulyasiyasi va ontogenetik strukturasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Leontice L. turkum turlarining senopopulyasiyasi va ontogenetik strukturasi mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida tadqiqot olib borilgan hududlarda Leontice L. turkumi turlarining tarqalishi Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘iga joylashtirilgan (Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ining 2025 yil 17 yanvardagi 025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ida (GBIF) O‘zbekiston hududi bo‘yicha Leontice turlarining geografik tarqalishiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini bergan; 
L. ewersmannii va L. incerta turlaridan yig‘ilgan 100 dan ortiq gerbariy namunalari Markaziy Osiyo o‘simliklar dunyosi bo‘yicha eng yirik kolleksiyalardan biri O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob ob’ekti fondiga topshirildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 13 martdagi 4/1255-636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududidan yig‘ilgan gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob ob’ekt fondini boyitgan hamda O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasining axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish