Ismailov Shakhzod Akramdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqiy davlatni barpo etishda advokatura instituti maqomini oshirish muammolari”, “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1465.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Jasur Aminjanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Gulchehra Zahitovnaga – yuridik fanlar doktori, proffesor; Burxonova Gulrux Shuxratovna – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi advokaturani fuqarolik jamiyatining instituti sifatida takomillashtirish, advokatlik lisenziyasini olishdagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, advokatning huquqiy maqomi va nufuzini oshirishga qaratilgan asosli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu institutning institutsional va funksional mustaqilligini kuchaytirish orqali amalga oshiriladi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali yuristlarning advokatlik faoliyatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, yuridik xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish zarurati mavjudligi sababli advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan va tegishli mutaxassislik bo‘yicha malaka imtihonini topshirayotgan nomzodlar uchun advokatlik tuzilmasida ishlash asosiy ish joyi bo‘lishi shartligi haqidagi talabni bekor qilish lozimligi asoslantirilgan;
biznes subektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari faoliyati ustidan kasbiy nazoratni kuchaytirish maqsadida advokatlarga tadbirkorlik subektlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, korporativ boshqaruvni mustahkamlash hamda huquqiy xatarlarni kamaytirish maqsadida xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi a’zolari sifatida ishtirok etish huquqini berish lozimligi asoslantirilgan;
tajribali yuristlar uchun advokatlik maqomini olish tartibini yanada soddalashtirish hamda advokatura korpusi tarkibining kasbiy salohiyati va sifat darajasini oshirish zarurati mavjudligi sababli O‘zbekiston Respublikasida yuridik mutaxassislik bo‘yicha uzlyuksiz kamida uch yillik ish stajiga yoki yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tamasdan malaka imtihonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi lozimligi asosllantirilgan;
advokatlarning protsessual mustaqilligi va ozodligini mustahkamlashga, jismoniy va yuridik shaxslarning advokatura institutiga bo‘lgan ishonchni yanada oshishiga erishish maqsadida advokat, ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy sud ish yurituvlarda ekspert xulosasini olish va ushbu xulosani ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini talab qilishga haqli ekanligini belgilash lozimligi asoslashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
malakali yuristlarning advokatlik faoliyatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, yuridik xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish zarurati mavjudligi sababli advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan va tegishli mutaxassislik bo‘yicha malaka imtihonini topshirayotgan nomzodlar uchun advokatlik tuzilmasi asosiy ish joyi bo‘lishi shartligi haqidagi talabni bekor qilish bo‘yicha ilgari surilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi malakali yuristlarning advokatlik kasbiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda yuridik xizmatlar bozorida raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.
biznes subektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari faoliyati ustidan kasbiy nazoratni kuchaytirish maqsadida tadbirkorlik subektlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida advokatlarga xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi a’zolari sifatida ishtirok etish huquqini berish lozimligi bo‘yicha taklifdan “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi biznes subektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari faoliyati ustidan kasbiy nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi;
tajribali yuristlar uchun advokatlik maqomini olish tartibini yanada soddalashtirish hamda advokatura korpusi tarkibining kasbiy salohiyati va sifat darajasini oshirish zarurati mavjudligi sababli O‘zbekiston Respublikasida yuridik mutaxassislik bo‘yicha uzlyuksiz kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslarga advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tamasdan malaka imtihonida ishtirok etish huquqini berish yuzasidan bildirilgan takliflardan “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi tajribali yuristlar uchun advokat maqomini olish tartibini soddalashtiradi hamda advokatura korpusining sifat tarkibini oshirishga xizmat qiladi;
advokatlarning protsessual mustaqilligi va kasbiy erkinligini mustahkamlash, shuningdek, jismoniy hamda yuridik shaxslarning advokatura institutiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga erishish maqsadida advokat iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash huquqiga egaligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” O‘RQ-786-sonli Qonuni 4-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining to‘rtinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-maydagi 9/dn-113-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi sud jarayonida tortishuvlilik tamoyilining kuchayishiga, advokatlarning protsessual mustaqilligi va ozodligini mustahkamlashga, hamda advokatura institutiga bo‘lgan ishonchning oshishiga xizmat qiladi.