Razbaev Sayful Nuratdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalarda rekreatsiya turizmini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Qoraqalpogiston turizmi misolida)”, 08.00.13 - Menejment va 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fouliyati).
Ilmiy rahbar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘gli, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Bekbosinov Aydos Quralbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida rekreatsion turizmni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida rekreatsion turizm infratuzilmasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillardan samarali foydalanishga ko‘ra “Qorateren” ko‘li hududida rekreatsion-sog‘lomlashtirish klasterini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hududlar, ayniqsa rekreatsion resurslarga boy hududlarning turistik-rekreatsion salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda rekreatsion resurslarni inventarizatsiyalash, raqamli marketing orqali rekreatsion ob’ektlarni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, moliyalashtirishda, jumladan ekologik xavfsizlik va ijtimoiy manfaatdorlikka ko‘ra mablag‘lar jalb etish kabilarning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqaning salohiyatli turistik-rekreatsion hududlari imkoniyatlariga ko‘ra, jumladan “Nukus-Ellikqal’a turistik-rekreatsion”, “Nukus-Qo‘ng‘irot turistik-rekreatsion” va “Nukus-Taxtako‘pir turistik-rekreatsion” marshrutlarini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida rekreatsion-sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishning 2025-2030 yillarga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqalarda rekreatsiya turizmini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida rekreatsion turizm infratuzilmasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillardan samarali foydalanishga ko‘ra “Qorateren” ko‘li hududida rekreatsion-sog‘lomlashtirish klasterini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli Farmonining 19 bandidagi belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilmoqda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi 2025 yil 26 maydagi 02-13/04-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi mintaqada turistik rekreatsion xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish dasturlari va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
hududlar, ayniqsa rekreatsion resurslarga boy hududlarning turistik-rekreatsion salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda rekreatsion resurslarni inventarizatsiyalash, raqamli marketing orqali rekreatsion ob’ektlarni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, moliyalashtirishda, jumladan ekologik xavfsizlik va ijtimoiy manfaatdorlikka ko‘ra mablag‘lar jalb etish kabilarning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmoniga 3-ilova Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi 2025 yil 26 maydagi 02-13/04-154-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, Taxtako‘pir tumanining turistik va infratuzilma salohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni o‘z vaqtida bartaraf etib borish imkoni yaratilgan;
mintaqaning salohiyatli turistik-rekreatsion hududlari imkoniyatlariga ko‘ra, jumladan “Nukus-Ellikqal’a turistik-rekreatsion”, “Nukus-Qo‘ng‘irot turistik-rekreatsion” va “Nukus-Taxtako‘pir turistik-rekreatsion” marshrutlarini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli Farmoniga 4b-ilovasi 2 bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi 2025 yil 26 maydagi 02-13/04-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi rekreatsion resurslardan samarali foydalanish moliyaviy resurslardan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida rekreatsion-sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishning 2025-2030 yillarga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan taklifidan Turizm boshqarmasi tamonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi 2025 yil 26 maydagi 02-13/04-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida turizm xizmatlari bozori resurs komponentlarining optimal integratsiyasi hisobiga sanatoriylar, mehmonxonalar va kurortlar majmualarining maqsadli parametrlarini samarali belgilash imkoni yaratilgan.