Mirjamilova Hulkar Nurali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5330.
Ilmiy rahbar: Shoxo‘jaeva Zebo Safoevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Amanbaev Amanali Orazbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligi, suv sarfi, suvni tejovchi texnologiyalarning mavjudligi va er melioratsiyasi darajasi ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan “Suvdan foydalanish samaradorligi indeksi” (SSI)ning “past samaradorlik” (0 – 0,30), “o‘rtacha samaradorlik” (0,31 – 0,60), “me’yordagi samaradorlik” (0,61 – 0,80), “yuqori samaradorlik” (0,81 – 1,00) darajalariga muvofiq suv resurslaridan samarali foydalangan fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
cuv iste’molchilari tomonidan to‘lovlarni olingan suv hajmi bo‘yicha belgilashda bir birlik suv etkazish ta’rifini suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan yillik hisobiy xarajatlar miqdori hamda suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan ajratiladigan ko‘p yillik o‘rtacha hisobiy suv olish limiti asosida aniqlash orqali suv resurslarini tejalishi, hosildorlikning oshishi va suv tanqisligi xavfini kamaytirish asoslangan;
muayyan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish uchun sarflangan suv hajmiga asoslanuvchi “Suv ekvivalentida mahsulot samaradorligi (SEMS)” ko‘rsatkichidan foydalanish orqali suvdan foydalanishning haqiqiy samaradorligini baholash va suv tejovchi texnologiyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash taklifi ishlab chiqilgan;  
Qashqadaryo viloyatida paxta va g‘alla hosildorligining mahsulot etishtirishda sarflangan suv miqdoriga bog‘liq prognoz parametrlari hamda suvdan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha olingan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligi, suv sarfi, suvni tejovchi texnologiyalarning mavjudligi va er melioratsiyasi darajasi ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan “Suvdan foydalanish samaradorligi indeksi” (SSI)ning “past samaradorlik” (0 – 0,30), “o‘rtacha samaradorlik” (0,31 – 0,60), “me’yordagi samaradorlik” (0,61 – 0,80), “yuqori samaradorlik” (0,81 – 1,00) darajalariga muvofiq suv resurslaridan samarali foydalangan fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy rag‘batlantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi fermer xo‘jaliklarini suvdan foydalanish samaradorligi bo‘yicha indekslanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 3 sentyabrdagi 02-02/7497-son ma`lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif indeksi dinamikasiga ko‘ra, fermerlar tomonidan suvni tejovchi texnologiyalarni kengroq joriy etilishi, samarasiz xo‘jaliklar moliyaviy bosim ostida bo‘lib, isloh qilinishi, ekinlar hosildorligi ortib, suv sarfi kamayishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
cuv iste’molchilari tomonidan to‘lovlarni olingan suv hajmi bo‘yicha belgilashda bir birlik suv etkazish ta’rifini suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan yillik hisobiy xarajatlar miqdori hamda suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan ajratiladigan ko‘p yillik o‘rtacha hisobiy suv olish limiti asosida aniqlash orqali suv resurslarini tejalishi, hosildorlikning oshishi va suv tanqisligi xavfini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 3 sentyabrdagi 02-02/7497-son ma`lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif suv iste’moli hajmlari real vaqt rejimida monitoring qilinishi, suv taqsimotida adolat va shaffoflik kuchayishi, suvdan noqonuniy foydalanish holatlari kamayishi, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga fermerlar va dehqon xo‘jaliklarining qiziqishi ortib, suv resurslarining tejalishiga, hosildorlikning oshishiga va suv tanqisligi xavfini kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
muayyan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish uchun sarflangan suv hajmiga asoslanuvchi “Suv ekvivalentida mahsulot samaradorligi (SEMS)” ko‘rsatkichidan foydalanish orqali suvdan foydalanishning haqiqiy samaradorligini baholash va suv tejovchi texnologiyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 3 sentyabrdagi 02-02/7497-son ma`lumotnomasi). Mazkur taklif suv resurslariga nisbatan yuqori samarali ekinlar ustuvor etib tanlanishi, sug‘orish rejasi ekin turiga mos holda optimallashtirilishi va suv resurslarining strategik boshqaruvi kuchayishi, ya’ni suv tanqisligi davrida faqat SEMS past bo‘lgan ekinlar ekilishi yo‘lga qo‘yilishida muayyan darajada xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida paxta va g‘alla hosildorligining mahsulot etishtirishda sarflangan suv miqdoriga bog‘liq prognoz parametrlari hamda suvdan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 3 sentyabrdagi 02-02/7497-son ma`lumotnomasi). Mazkur taklif viloyatda 2030 yilda 2024 yilga nisbatan paxta hosildorligi o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,12 foizni, g‘alla hosildorligi o‘rtacha o‘sish sur’ati 2,7 foizni tashkil etishi, shuningdek, bir kub hajmdagi etkazib berilgan suvga to‘g‘ri keladigan ekspluatatsiya xarajatlari o‘rtacha 9,25 foiz o‘sish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish