Olimova Moxinur Ravshanbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning mafkuraviy manzarasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish omillari”, 09.00.05 – Miliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1.PhD/Fall547.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nishonova Nodira Rayimjonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi ijtimoiy, siyosiy ma’naviy sohadagi islohotlar samaradorligini oshirishda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning taraqqiyot omili sifatidagi mafkuraviy ahamiyatini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar va xotin-qizlar ijtimoiy faolligining o‘zaro bog‘liqligi, ularning tarixi, zamonaviy tendensiyalari va ijtimoiy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, milliy mafkuraning ayollar faolligini rivojlantirishdagi roli ochib berilgan;
xotin-qizlar ijtimoiy faolligining turlari, ta’sir etuvchi mikroomillar: oila muhiti, tarbiya, shaxsiy motivatsiya, ta’lim darajasi, kasbiy tajriba; makroomillar: davlat siyosatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, diniy va madaniy an’analar, global jarayonlar, namoyon bo‘lish shakllari va ma’naviy-axloqiy mezonlari tizimlashtirilib, ijtimoiy faol ayol shaxsini ma’naviy qiyofasiga ijtimoiy taraqqiyot mexanizmlarining ta’siri ochib berilgan;
xorijiy mamlakatlar xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga oid tajriba qiyosiy tahlil qilinib, Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlar faolligini rag‘batlantirish va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil va vositalar tasniflangan, ularning milliy taraqqiyotdagi strategik ahamiyati ilmiy asosda ochib berilgan;
O‘zbekistonning zamonaviy mafkuraviy manzarasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi kompleks tahlil qilinib, ushbu jarayonda milliy an’analar, madaniyat, diniy qadriyatlar va davlat siyosatining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan hamda, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligiga ta’sir qiluvchi mafkuraviy, ijtimoiy-psixologik va institutsional omillar, gender siyosatining xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta’siri ilmiy tasniflangan va ularning har biri yangi model va mexanizmlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston siyosiy hayotida xotin-qizlarning ishtirokini oshirish omillari” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari, xususan:
O‘zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar va xotin-qizlar ijtimoiy faolligining o‘zaro bog‘liqligi, ularning tarixi, zamonaviy tendensiyalari va ijtimoiy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, milliy mafkuraning ayollar faolligini rivojlantirishdagi roliga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 – yil 27-maydagi 10/310-son dalolatnomasi). Natijalar, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi ularning iqtisodiy erkinligini ta’minlash bilan bog‘likligini tushunish va ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun kasb tanlashning zarurligini tushunishiga xizmat qilgan;
xotin-qizlar ijtimoiy faolligining turlari, ta’sir etuvchi mikroomillar: oila muhiti, tarbiya, shaxsiy motivatsiya, ta’lim darajasi, kasbiy tajriba; makroomillar: davlat siyosatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, diniy va madaniy an’analar, global jarayonlar, namoyon bo‘lish shakllari va ma’naviy-axloqiy mezonlari tizimlashtirilib, ijtimoiy faol ayol shaxsini ma’naviy qiyofasiga ijtimoiy taraqqiyot mexanizmlarining ta’siriga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 28-maydagi 02-02/733-son ma’lumotnomasi). Natijalar ayollarning ma’naviy qiyofasiga ta’sir etuvchi makro (jamoa tashkilotlari) va mikro (oila) muhitda ayollar mehnatini qadrlashning mexanizmlarini ishlab chiqishning zarurligini tushunishga xizmat qilgan;
xorijiy mamlakatlar xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga oid tajriba qiyosiy tahlil qilinib Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlar faolligini rag‘batlantirish va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil va vositalar tasniflangan, ularning milliy taraqqiyotdagi strategik ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Dugonalar” dastrulari ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasining 2025-yil 12-maydagi 05-09-646-son ma’lumotnomasi). Natijalar, xorij davlatlarida faoliyat olib borayotgan ayollarning tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston xoti-qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning zamonaviy mafkuraviy manzarasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi kompleks tahlil qilinib, ushbu jarayonda milliy an’analar, madaniyat, diniy qadriyatlar va davlat siyosatining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan hamda, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligiga ta’sir qiluvchi mafkuraviy, ijtimoiy-psixologik va institutsional omillar, gender siyosatining xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta’siri ilmiy tasniflangan va ularning har biri yangi model va mexanizmlar ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025-yil 25-sentyabrdagi 02/03-94 – sonli Dalolatnomasi). Natijalar xotin-qizlarning milliy madaniy merosni asrash va saqlashda ishtirokini ta’minlash, zamonaviy ayol qiyofasida milliy ruhni saqlash mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.