Sotiboldiev G‘ayratjon Otamirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetning tutgan o‘rni (1995-2021-yillar)”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.1.PhD/Tar400
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor; Shamsieva Mahfuzaxon Xo‘ja qizi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)dotsent
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston milliy universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1995-2021-yillarda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotdagi o‘rni, uning taraqqiyot bosqichlarini har tomonlama o‘rganishni tarixiy nuqtai nazaridan yoritib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan ibrat:
O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya sohasining hukumat nomenklaturasida muhim bo‘g‘ini sifatida uning rivojlanishi uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yo‘nalishlari, ushbu sohaga oid nizom, qonun, qarorlarini ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayotga tatbiq etilganligi dinamikasi, “Uzmobile” va “Uzonline” internet milliy brend provayderlariga mijozlarni jalb qilish ishlari ma’lum bir darajada qiyinchiliklar tug‘dirgani hamda “O‘zbektelekom” AKning ushbu masalaga sovuqqonlik bilan yondoshgan ishchi-xodimlariga intizomiy jazo qo‘llanishi, lavozimda qolish yoki qolmaslik masalasini ko‘rganligi dalillar asosida ochib berildi; 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat boshqaruv tizimini optimallashtirishdagi roli, shu jumladan, elektron hukumat (e-government) tizimlarining joriy qilinishi va ularning siyosiy islohotlar jarayonidagi o‘rni, ijtimoiy-siyosiy hayotda davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud tizim orqali hukumat idoralari faoliyati, davlat boshqaruv tizimidagi saytlar ichida fuqarolarning yagona interaktiv davlat xizmatlariga eng ko‘p tashrifi, rasmiy hujjatlarni amalda qo‘llash imkoniyatini ortganligi hamda yagona identifikatsiya tizimi orqali 2021 yil yakunida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 137 ta obektda 843 ta shaxsni identifikatsiyalash va videokuzatuv tizimi uskunalari o‘rnatilgani natijasida ushbu hududda 24 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlangani, 100 dan ortiq jinoyatlarning oldi olingani, 15-20 yil muqaddam ochilmay qolgan jinoyatlarni fosh etilishiga xizmat qilayotganligi dalillandi; 
Global tarmoqdan O‘zbekiston iqtisodiyotning savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida keng qo‘llanishi natijasida rentabellikning ortganligi, masofaviy va onlayn xizmat ko‘rsatishning o‘zlashtirilishi respublikada aholining bandlik darajasini ortishiga hissa qo‘shganligi, raqamli transformatsiyasi jarayonini tezlashtirgani, shahar, tuman markazlarida tashkil qilingan internet kafelar o‘tmishga aylangani aniqlandi; 
O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy hayotiga internetning kirib kelishi va uni modernizatsiyalashdagi o‘rni, onlayn ta’limning joriy qilinishi, sohada raqamli resurslarining rivojlanishi, internetga kirish savodxonligi ortganligi tufayli kiberbulling, trolling kabi shakllarining paydo bo‘lishi, tarixiy blogni yuritayotgan mutaxassis-tarixchi olimlar kanallari tahlil etilgani, ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi aholining siyosiy, madaniy ongini o‘stirish bilan birga milliy madaniy merosning raqamli saqlanishi natijasida O‘zbekistonni xalqaro maydonda tanitish imkoniyatini oshirganligi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda 1995-2021-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetning tutgan o‘rnini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
 O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya sohasining hukumat nomenklaturasida muhim bo‘g‘ini sifatida uning rivojlanishi uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yo‘ nalishlari, ushbu sohaga oid nizom, qonun, qarorlarini siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga tatbiq etilganligi hamda 1995–2021-yillar davomida ushbu tadbirlarning zaruriy-tadrijiy rivojlanish dinamikasi, internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalari, “Uzmobile” va “Uzonline” brendlarining mazkur tarmoqda rivojlanish imkoniyatlari ko‘lamiga doir taqdim etilgan materiallardan O‘zbekiston tarixi bo‘yicha yaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarida asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-avgustdagi 02-36-1468-son dalolatnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻliq tassavurlarini boyitilishiga hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan. 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat boshqaruv tizimini optimallashtirishdagi roli, shu jumladan, elektron hukumat (e-government) tizimlarining joriy qilinishi va ularning siyosiy islohotlar jarayonidagi o‘rni, ijtimoiy-siyosiy hayotda davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud tizim orqali hukumat idoralari faoliyati, davlat boshqaruv ijtimoiy-siyosiy tizimidagi saytlar ichida fuqarolarning yagona interaktiv davlat xizmatlariga eng ko‘p tashrifi, rasmiy hujjatlarni amalda qo‘llash imkoniyatini ortganligiga doir taqdim etilgan materiallardan O‘zbekiston tarixi bo‘yicha yaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarida tarixiy-amaliy asos sifatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 25-noyabrdagi 02.01.19-1714-son ma’lumotnomasi) Natijada, taqdim etilgan materiallarning targ‘ibot ishlariga joriy etilishi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etilishiga xizmat qilgan. 
Global tarmoqdan O‘zbekiston iqtisodiyotning savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida keng qo‘llanishi natijasida samaradorlikning ortganligi, masofaviy va onlayn xizmat ko‘rsatishning o‘zlashtirilishi respublikada aholining bandlik darajasini ortishiga hissa qo‘shganligi, raqamli transformatsiyasi jarayonini tezlashtirganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taʼlim va taraqqiyot”, “Millat va maʼnaviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etish, ssenariylarini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-avgustdagi 02-36-1468-son dalolatnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini ortishiga xizmat qilgan. 
 O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy hayotiga internetning kirib kelishi va uni modernizatsiyalashdagi o‘rni, onlayn ta’limning joriy qilinishi, sohada raqamli resurslarining rivojlanishi, hamda madaniyat va san’atda pandemiya tufayli fuqarolarning internetga kirish savodxonligi ortganligi, ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi aholining siyosiy, madaniy ongini o‘stirish bilan birga, ommaviy madaniyatning ta’siri kuchayishga, qadriyatlarga zarar etishiga, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy, ahloqiy buzg‘unchilikka targ‘ib etish holatlariga sabab bo‘lganligi va ayni paytda milliy madaniy merosning raqamli saqlanishi, targ‘ib qilinishi, O‘zbekistonning xalqaro maydonda tanitish imkoniyatini ortganligiga doir materiallardan O‘zbekiston tarixi bo‘yicha yaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarida asos sifatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 25-noyabrdagi 02.01.19-1714-son ma’lumotnomasi) Natijada, taqdim etilgan materiallar targ‘ibot ishlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ilmiy va samarali tashkil etilishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish