Hamdamova Nozima Muqimovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped864
Ilmiy maslahatchi: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinod Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yakubov Sabir Xalmuradovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor;.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya fani  o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik  kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari bakalavrlarning umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashini ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlari  talablariga ustuvorlik berish asosida pedagogik tizim (umumiy maqsad va yagona faoliyat) tarkibiy elementlari, kasbiy tayyorgarlik xususiyatlari, nazariy va amaliy tayyorgarlik komponentlari aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari kasbiy-metodik tayyorgarligi komponentlari nazariy tayyorlash, pedagogik-psixologik, metodik bilimlar, amaliy tayyorgarlik, il’or texnika-texnologiyalarni o‘zlashtirishi hamda zamonaviy yondashuvlarni (kommunikativ, akmeologik, tizimli, prognostik, shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ, kompetensiyaviy, integrativ, sinergetik) umumiy va xususiy jihatlariga ustuvorlik berish asosida kasbiy shakllanishi jarayonida egallashi lozim bo‘lgan kasbiy-pedagogik malakalari takomillashtirilgan; 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish metodikasi innovatsion ta’lim texnologiyalari (Case-study, loyiha metodi, muammoli vaziyat, rolli o‘yinlar, infografika)ga metodlaiga ustuvorlik berish asosida pedagogik faoliyatda amaliy ishga yo‘naltirish, kasbga tayyorlash, kreativ fikrlashni rivojlantirishda (virtual laboratoriyalar, STEAM texnologiya)lari majburiy fanlar o‘quv dasturlari mazmuniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishni takomillashtirishning tashkiliy-tuzulmaviy modeli komponentlari motivatsion-maqsadga yo‘naltirilgan, tuzilmali-mazmunli, mazmunli-texnologik, natijaviy baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida majburiy fanlardan mustaqil ta’limni Web platforma vositasida  tashkil qilishning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezon ko‘rsatkichlari (faoliyatli, kognitiv va motivatsion) ko‘satkichlari yuqori samaradorlikga erishishni ta’minnlovchi innovastion texnologiyalarning samarali tadbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasini takomillashtirish bo‘yisha olingan natijalar asosida: 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik  kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari bakalavrlarning umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashini ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlari  talablariga ustuvorlik berish asosida pedagogik tizim (umumiy maqsad va yagona faoliyat) tarkibiy elementlari, kasbiy tayyorgarlik xususiyatlari, nazariy va amaliy tayyorgarlik komponentlari aniqlashga oid tavsiyalari “Texnologik taʼlim praktikumi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0189 nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompenetligini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari kasbiy-metodik tayyorgarligi komponentlari nazariy tayyorlash, pedagogik-psixologik, metodik bilimlar, amaliy tayyorgarlik, il’or texnika-texnologiyalarni o‘zlashtirishi hamda zamonaviy yondashuvlarni (kommunikativ, akmeologik, tizimli, prognostik, shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ, kompetensiyaviy, integrativ, sinergetik) umumiy va xususiy jihatlariga ustuvorlik berish asosida kasbiy shakllanishi jarayonida egallashi lozim bo‘lgan kasbiy-pedagogik malakalari takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Texnologik madaniyat va kompetentlik asoslari” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438207 nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoit yaratilgan; 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish metodikasi innovatsion ta’lim texnologiyalari (Case-study, loyiha metodi, muammoli vaziyat, rolli o‘yinlar, infografika)ga metodlariga ustuvorlik berish asosida pedagogik faoliyatda amaliy ishga yo‘naltirish, kasbga tayyorlash, kreativ fikrlashni rivojlantirishda (virtual laboratoriyalar, STEAM texnologiya)lari majburiy fanlar o‘quv dasturlari mazmuniga kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi (Servis xizmati)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438226 nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetnetligini rivojlantirsh samarali metodlardan foydalanishga erishilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishni takomillashtirishning tashkiliy-tuzulmaviy modeli komponentlari motivatsion-maqsadga yo‘naltirilgan, tuzilmali-mazmunli, mazmunli-texnologik, natijaviy baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida majburiy fanlardan mustaqil ta’limni Web platforma vositasida  tashkil qilishning metodik imkoniyatlari takomillashtirishga oid takliflar asosida “Kasb-hunarga yo‘naltirish” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, 410462 nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini takomillashtirish, o‘quv-metodik taʼminotini uchun zarur shart-sharoit yaratilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezon ko‘rsatkichlari (faoliyatli, kognitiv va motivatsion) ko‘satkichlari yuqori samaradorlikga erishishni ta’minnlovchi innovastion texnologiyalarning samarali tadbiq etish asosida takomillashtirishga oid ilmiy tavsiya va takliflar “60111300-Texnologik ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazing 2025-uil 9-sentyabrdagi 02/01-01-349-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish  takomillashtirish texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash  imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish