Tillabaeva Gulrux Sohibbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navoiy g‘azallarida qo‘llanilgan kiyim nomlarining leksik-semantik tadqiqi” 10.00.01-O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5481.
Ilmiy rahbar: Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori, professor Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yonalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Navoiy g‘azallarida qo‘llangan libos nomlarining lekcik-semantik xususiyatlarini “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi g‘azallar misolida tadqiq etish orqali eski o‘zbek tili bosqichidagi lekcik paradigmalarning semantik taraqqiyotini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
navoiyshunoslikda shoir asarlari tili doirasida olib borilgan tadqiqotlar nazariy jihatdan umumlashtirilib, tadqiqot doirasidagi ahamiyati ko‘rsatilgan; lekcik birliklarning tarixiy taraqqiyoti masalasi, O‘rta Osiyo xalqlari hamda o‘zbek liboslari tarixi yoritilgan;
shoir g‘azallarida qo‘llangan kiyim nomlari doirasida so‘zning tarixiy-semantik taraqqiyoti dalillangan; Navoiy asarlari lug‘ati asosida to‘plangan “kiyim” tushuncha maydoni (semantik maydon) a’zolari tegishlilik, mavsumiylik, ijtimoiylik, kiyim uchun asos ekanlik va qaysi tilga mansublik belgilariga ko‘ra semantik jihatdan tasniflangan; kiyim nominativlari “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti devonlari bo‘yicha statistik tahlil qilingan; tarixiy lekcikografik manbalarga tayangan holda paradigma a’zolaridan kiyim, ko‘ylak, ro‘mol, chopon, bo‘rk, lachak kabi leksemalarning etimon ma’nolari tavsiflangan;
g‘azallarda qo‘llangan kiyim nomlarining semantik munosabatlari doirasida sinonimiya mezoni belgilanayotgan narsaning yagona mohiyati yoki tushunchaning umumiyligida, shuningdek, sinonimiyada nutqiy (badiiy) ekvivalentlik masalasi; g‘azallarda libos nomlari bilan bog‘liq antonimiyaning yuzaga kelishi, qo‘llanish xususiyatlari; bir semantik darajada almashinadigan so‘zlar boshqa semantik darajada qarama-qarshi bo‘lishi mumkinligi nazariy jihatdan asoslangan va dalillangan;
kiyim nomlarining semantik munosabatlari doirasida paradigma a’zolarining rang sifatlari va fe’llar bilan birikuvi, badiiy matndagi funksional xususiyatlari doirasida kiyim nominativlarining sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish kabi kabi badiiy tasvir vositalari sifatida g‘azal mazmunini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
g‘azallarda qo‘llangan libos nomlarining semantik munosabatlari doirasida sinonimiya mezoni belgilanayotgan narsaning yagona mohiyati yoki tushunchaning umumiyligi, shuningdek, sinonimiyada nutqiy (badiiy) ekvivalentlik masalasi, g‘azallarda libos nomlari bilan bog‘liq antonimiyaning yuzaga kelishi, qo‘llanish xususiyatlari, bir semantik darajada almashinadigan so‘zlarning boshqa semantik darajada qarama-qarshi bo‘lishi mumkinligi doirasidagi xulosalardan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida o‘qitiladigan umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “O‘zbek tili” o‘quv darsliklarida, 2023-2024-yillarda Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” adabiy birlashmasining targ‘ibot faoliyatida, xalqaro navoiyxonlik olimpiadalarida, o‘zbek va qozoq olimlarining ilmiy-ijodiy hamkorligiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbirlarda foydalanilgan (Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyatining 2025-yil 30-maydagi № 025-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot doirasidagi ilmiy qarashlar yaratilgan darslikni takomillashtirishga xizmat qilgan hamda uyushma faoliyati ilmiy-adabiy, ma’rifiy jihatdan mukammallashgan;
g‘azallarda qo’llangan kiyim nomlarining semantik munosabatlari doirasida sinonimiya mezoni belgilanayotgan narsaning yagona mohiyati yoki tushunchaning umumiyligida, shuningdek, sinonimiyada nutqiy (badiiy) ekvivalentlik masalasi; g‘azallarda libos nomlari bilan bog‘liq antonimiyaning yuzaga kelishi, qo‘llanish xususiyatlari; bir semantik darajada almashinadigan so‘zlar boshqa semantik darajada qarama-qarshi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosa va ilmiy natijalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar)to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundumental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha¬-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 25-maydagi №1/04-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida yaratilgan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami ilmiy-nazariy jihatdan boyitilgan;
kiyim nomlarining semantik munosabatlari doirasida paradigma a’zolarining rang sifatlari va fe’llar bilan birikuvi, badiiy matndagi funksional xususiyatlari doirasida kiyim nominativlarining sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish kabi kabi badiiy tasvir vositalari sifatida g‘azal mazmunini shakllantirishdagi fikr-mulohaza va xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 27-maydagi №26-36-99-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ilmiy ma’lumotlar eshittirishlarning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-badiiy jihatdan boyitgan, xalqchilligini ta’minlagan.