Abdukarimov Uchqun G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ginekologik patologiyali ayollarda ko‘krak bezi o‘smalarining skrining diagnostikasini maqbullashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.0014 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Tib5076
Ilmiy rahbarlar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov G‘afur Normurodovich tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ginekologik patologiyalari bo‘lgan ayollarda ko‘krak bezi o‘smalarini erta tashxislash uchun mammografik skriningni maqbulashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak bezi saratonini mammografik skrining tekshiruvi orqali BI-RADS 5 toifasini aniqlash uchun uch bosqichli axborot onlayn tizimini boshqarish modul platformasi ishlab chiqilgan;
ginekologik patologiyasi, anamnezida bachadondan anomal qon ketish (bachadon miomasi, adenomioz, endometriy giperplaziyasi) bo‘lgan ayollarda ko‘krak bezlarida mayda tugunsimon xosilalar bilan birga kechayotgan xolatlarda (BI-RADS 2,4,5) tomosintez funksiyasiga ega raqamli mammografiya nazorati ostida stereotaksik biopsiyada olingan to‘qimalar namunasining gistologik va immunogistoximik tahlili asosida bemorlarda differensial yondashuvlar asoslangan;
BI-RADS-2,4,5 toifasiga kiruvchi sut bezi o‘smalari bo‘lgan bemorlarda estradiol va prolaktinning oshgan ko‘rsatkichlari bilan mio-endometrial patologiya (bachadon miomasi, adenomioz, endometriy giperplaziyasi) mavjudligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, past va o‘rtacha korrelyasion bog‘likligi isbotlangan;
sut bezi o‘smalari bilan birga bachadon miomasi, adenomioz va endometriyning giperplastik jarayonlari kasalliklari aniqlangan bemorlarga BI-RADS-5 rivojlanish xavfini aniqlash uchun NIK usulida bemorlarni yo‘naltirish va erta tashxislashning prognostik xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ginekologik patologiyali ayollarda ko‘krak bezi o‘smalarining skrining diagnostikasini maqbullashtirishni o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. ko‘krak bezi saratonini mammografik skrining tekshiruvi orqali BI-RADS 5 toifasini aniqlash uchun uch bosqichli axborot onlayn tizimini boshqarish modul platformasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Informatsion tizimini boshqarish platformasida sinov tariqasida KBS skrining tekshirish modeli tashkil etildi va maqbulashtirildi. Bu tizim quyidagi modullardan iborat: restr moduli, yozuvlarni yuritish moduli, skrining moduli va telemedisina moduli, ushbu modullar orqali ko‘p uchraydigan ginekologik patologiyalari bo‘lgan bemor ayollarning holati uzluksiz nazorat kilish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan tizimining yuqori salmog‘i ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Ushbu informatsion platforma orqali kurak bezi usmalari bilan birga kup uchraydigan ginekologik patologiyasi bor ayollarni doimiy nazorat qilish, kassalikni oldini olish bilan davlat byudjet mablag‘larini xar bir bemor uchun 18400 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Shuningdek tibbiyot xodimlarning vaqtini tejash imkonini beradi. Xulosa: informatsion tizim boshkarish platformasi orkali ayollarni doimiy nazorat kilish imkoni yaratiladi taklif etilayotgan usul yordamida baholash patologik buzilishlar og‘iirligini yuqori aniqlikda ballarda, va, mos ravishda, kasallik kechishining dinamikasini, uning bashoratini va o‘tkazilayotgan profilaktik skrining chora-tadbirlari samaradorligini aniqlash imkonini beradi va xar bir bemorga o‘rtacha 184000 so‘m iktisodiy samaradorlikga erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik. ginekologik patologiyasi, anamnezida bachadondan anomal qon ketish (bachadon miomasi, adenomioz, endometriy giperplaziyasi ) bo‘lgan ayollarda ko‘krak bezlarida mayda tugunsimon xosilalar bilan birga kechayotgan xolatlarda (BI-RADS 2,4,5) tomosintez funksiyasiga ega raqamli mammografiya nazorati ostida stereotaksik biopsiyada olingan to‘qimalar namunasining gistologik va immunogistoximik tahlili asosida bemorlarda differensial yondashuvlar asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: ginekologik patologiyasi (bachadon miomasi, adenomioz, endometriy giperplaziyasi) bo‘lgan ayollarda ko‘krak bezlarida mayda tugunsimon xosilalar bilan birga kechayotgan xolatlarda tomosintez funksiyasiga ega raqamli mammografiya nazorati ostida stereotaksik biopsiya amaliyoti o‘tkazildi hamda olingan to‘qimalar namunasining gistologik va immunogistoximik tahlili amalga oshirildi. Ushbu kam invaziv zamonaviy diagnostik usul orqali ko‘krak bezi o‘smalarini tashxislashini amalga oshirishga imkoni beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak bezi tugunli o‘smalarini raqamli mammografiya tomosintez funksiyasi bilan birga stereotaksik biopsiya amaliyotini o‘tkazish bu ehtimoliy asoratlarni oldini olish va ular foizini pasaytirish imkonini beradi, va shu bilan birga, bemorning shifoxonada statsionar davolanishdan voz kechilib, ambulator sharoitida o‘tqazilish imkonini beradi o‘rtacha bemorlarningn statsionarda bo‘lishini 3 kunga qisqartiradi, shifoxona xarajatlarini har 1 bemorga 54000000 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: davolashda zamonaviy tadqiqotning optimal usulini tanlash, o‘z vaqtida bemorlarga qulayliklar yaratish bilan birga bemorlarnin statsionar sharoitida davolannishdan voz kechilib ambulator sharoitida yuqori texnologik diagnostika usulinii qullash bilan iqtisodiy samaradorlik koyka kunlarning qisqarishi evaziga davlat byudjet mablag‘larni 283866000 so‘mga iqtisod qilinishiga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik. BI-RADS-2,4,5 toifasiga kiruvchi sut bezi o‘smalari bo‘lgan bemorlarda estradiol va prolaktinning oshgan ko‘rsatkichlari bilan mio-endometrial patologiya (bachadon miomasi, adenomioz, endometriy giperplaziyasi) mavjudligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, past va o‘rtacha korrelyasion bog‘likligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak bezi o‘smalari rivojlanishi steroid gormonlar (estradiol,prolaktin) ta’siri bilan mio-endometriy patologiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri past va o‘rta korrelyasion bog‘liqlik borligi shu bilan birga aksariyat xollarda bir biriga uzaro uzviy bog‘likligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak bezi o‘smalari bilan birga tekshirilgan ayollarda ginekologik patologiyasi o‘rtasida to‘g‘ri past va o‘rta korellyasion bog‘liklikni o‘z vaktida aniqlash, laborator taxlilari qonda estrodiol, progesteron, FSG, LG, prolaktin miqdorini aniklash kasalikning asoratlarini bashorat qilish bilan birga byudjet sarf xarajatlarini 264000 so‘mga iqtisod qilinishiga erishiladi ya’ni qo‘shimcha laborator taxlilarga extiyoj qolmaydi. Xulosa: Ko‘krak bezi o‘smalari bilan birga mio endometriy patologiyasini o‘rtasida korrelyasion bog‘liklikni o‘z vaqtida aniqlash va bashoratlash ushbu guruxdagi bemorlarda kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish shu bilan birga byudjet mablag‘lari 12,5 % iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. sut bezi o‘smalari bilan birga bachadon miomasi, adenomioz va endometriyning giperplastik jarayonlari kasalliklari aniqlangan bemorlarga BI-RADS-5 rivojlanish xavfini aniqlash uchun NIK usulida bemorlarni yo‘naltirish va erta tashxislashning prognostik xaritasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bachadon miomasi, adenomioz va endometriyning giperplastik jarayonlari kabi ko‘p uchraydigan ginekologik kasalliklarga ega bemorlar uchun prognostik xarita yaratildi va asoratlar rivojlanish xavfini aniqlash uchun informatsion tizim asosida bemorlarni yo‘naltirish algoritmi ishlab chiqib afzaligi ko‘rsatildi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘p uchraydigan ginekologik patologiyasi bo‘lgan ayollarda informatsion tizim orqali asoratlarni baxolash, prognostik xarita ishlab chiqilganligi shu bilan birga ushbu tizim orqali bemorlarni tegishli mutaxasisga yo‘naltirish mexanizmi yaratilib birlamchi tizim shifokorlari va bemorlar uchun qulaylik yaratildi, shuningdek asoratlar rivojlanish xafini o‘z vaqtida aniqlab erta tashxislash va davolash bilan bemorlarni xayot sifatini yaxshilash, asoratlarni olidini olish orqali sarflanadigan dori darmonlar xarajatini davlat byudjet mablag‘lari xisobidan 1240000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Asoratlarni baxolash prognostik xarita asosida bemorlarda kasalliklarni erta aniqlash bilan asoratlar kelib chiqishni oldini olish xisobiga 1240000 so‘m miqdorda iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.
Ko‘krak bezi tugunli o‘smalarini raqamli mammografiya tomosintez funksiyasi bilan birga stereotaksik biopsiya amaliyotini o‘tkazish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida (2024 yil 12 avgust №73-t sonli buyruq) xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida( 2025 yil 3 dekabr` №49-L sonli buyrug‘i) klinik amaliyotga tadbiq qilingan. Amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zRes SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi qarori asosida 18/13 -sonli yagona xulosa olingan.