ALIMOV Daniyar Anvarovich:  «Toj tomirdagi ko‘plab shikastlanishli yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda intervension aralashuvlar» (14.00.06) – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (100007, Toshkent sh., Mirzo Ulugbek tumani, Parkent ko‘ch., 51. Tel/faks: (+99871) 268-17-44; www.tipme.uz ), (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy  maslahatchi: Alyavi A.L.  

    Ish bajarilgan tashkilotlar: Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi

    Rasmiy opponentlar:  Gil` R.,  Shek A.B.,  Yarmuxamedova G. X.

    Yetakchi tashkilot: E.N. Meshalkin nomidagi qon aylanish patologiyalari ITI,     Novosibirsk, Rossiya.

    Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga  molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: koronar arteriyalarning ko‘p sonli zararlanishlari bilan kechuvchi yurak ishemik kasalligiga uchragan bemorlarda, uzoq muddatli kuzatuvlar dinamikasida, kasallikning klinik shakliga, bemorning jinsiga, qo‘llanilgan stentlarning turiga va qandli diabet belgilarining mavjudligiga ko‘ra stentlash usulini qo‘llash orqali endovaskulyar revaskulyarizatsiyalashning samaradorligini baholash.

    II. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

    toj arteriyalarida ko‘p sonli zararlanishlar bo‘lgan yurak ishemik kasalligining o‘tkir va barqaror shakllari mavjud bemorlarda stentlash amaliyotining bevosita va olis natijalari samaradorligi komorbid holatlarning ta’sirini hisobga olgan holda aniqlangan;

    yurak ishemik kasalligigning turli klinik shakllariga duchor bo‘lgan bemorlarda miokard hayotiyligini, exostrukturasi va yurak ichki giemodinamikasi parametrlari dinamikasini, hayot sifatini baholash usulini qo‘llagan holda hamda zararlangan koronar arteriyalar sonini va o‘rnatilgan stentlarning turini hisobga olgan holda bemorlarning klinik va funksional holatiga baho berilgan;

    qo‘llangan korrelyasiyali va chastotali tahlilning to‘g‘ri noparametrik usullarining natijalariga asoslanib yurak ishemik kasalligida o‘tkaziluvchi intervension aralashuvlar samaradorligi aniqlangan;

    yurak ishemik kasalligiga uchragan, koronar arteriyalarida ko‘p sonli zararlanishlar qayd etilgan bemorlarda revaskulyarizatsiyalash usulini tanlashga oid dastur ishlab chiqilgan.

III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samaradorligi: Mazkur tadqiqot natijalari «Yurak ishemik kasalligiga uchragan bemorlarni tashxislash va davolashning intervension usullari» uslubiy tavsiyanomasi va «O‘tkir miokard infarktida koronar arteriyalarni stentlash» axborot xati shaklida rasmiylashtirilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, aynan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz, RShTYoIM Namangan filiali, akad. V. Voxidov nomidagi Respublika ilmiy xirurgiya markazi angiografiya bo‘limlarining amaliy ish faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.08.2012 dagi 83/138-sonli xulosasi). Tadqiqot natijalari asosida ko‘p tomirli zaralanishi bor bulgan YuIK bilan og‘rigan bemorlarda to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish