Uzoqov Rustamjon Toshpulot o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quljuqtov tog‘ining geologik-strukturaviy xususiyatlari va foydali qazilmalarining joylashish qonuniyatlari», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/GM230.
Ilmiy rahbar: Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Dulabova Nafisa Yuldashevna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologik-syomka, qidiruv va bashoratli metallogenik strukturalarni aniqlashda ilmiy asos sifatida, geodinamik evolyusiya nuqtai nazaridan Quljuqtov tog‘larining asosli tektonik modelini tuzish va ma’danli minerallashuvlarning joylashuv qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quljuqtov tog‘ining mezozoygacha bo‘lgan poydevorining ikki yarusli tuzilishga ega ekanligi aniqlanib, erta va kechki paleozoy strukturaviy qavatlari ajratilgan;
paleozoy burmali asosi tarkibida rivojlangan surilmali tektonik strukturalar, oltin ma’danlashuvlarining shakllanishini nazorat qiluvchi surilmali strukturaga ega ekanligi aniqlangan;
hududning strukturaviy qayta tuzilishining asosiy bosqichlari ajratilib, ularning magmatizm hamda ma’dan hosil bo‘lish jarayonlari bilan bog‘liqligi namoyon etilgan geodinamik evolyusiyasi bo‘yicha retrospektiv modeli tuzilgan;
grafit koni va namoyonlarini hosil bo‘lishiga olib kelgan uglerodli metasomatoz jarayonlarining chuqur yoriq zonalari bo‘ylab rivojlanish mexanizmi asosida ularning shakllanishini yangi modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quljuqtov tog‘ining geologik-strukturaviy xususiyatlari va foydali qazilmalarining joylashish qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
litosfera plitalari tektonikasi asosida tuzilgan Quljuqtov tog‘ining mezozoygacha bo‘lgan shakllanishlarining tektonik rayonlashtirish sxemasi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 12 fevraldagi 08-0630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu sxema asosida Quljuqtov tog‘i uchun 1:50 000 miqyosli geologik xaritaga yangilangan legendasini tuzish imkonini bergan;
hududning strukturaviy qayta tuzilishining asosiy bosqichlari ko‘rsatilgan, geodinamik evolyusiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan retrospektiv modeli “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 12 fevraldagi 08-0630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geologik qidiruv ishlari yoʻnalishlarini belgilash imkonini bergan;
Quljuqtov tog‘ining paleozoy burmali asosida oltin ma’danlashuvlarini joylashuvini nazorat qiluvchi surilmali strukturalar AJning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 12 fevraldagi 08-0630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolli maydonlarni ajratishda kelgusida bajariladigan geologik qidiruv ishlari yoʻnalishlarini belgilash imkonini bergan.