Rahimov Uchqun Toshniyoz o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir yo‘l transportining mas’uliyatli detallarini tayyorlash uchun yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yan olish texnologiyasini takomillashtirish», 
05.02.01– « Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5332.
Ilmiy rahbar: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna –texnika fanlari doktori, professor; Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l harakatlanuvchi tarkib teplovozlarining D49 turidagi dizel taqsimlash vali klapanlari quyma korpusi uchun yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan cho‘yan  tarkibini va uni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikkilamchi po‘lat lom asosidagi VCh50 markali yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yan asosida mexanik xossalari yaxshilangan D49 turdagi dizel taqsimlash vali klapanlari quyma korpusining olish tarkibi yaratilgan;
induksion tigelli pechda ikkilamchi po‘lat lom asosidagi VCh50 markali yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yan asosida temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining quyma detallari olish texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
ikkilamchi po‘lat lom asosidagi VCh50 markali cho‘yan asosida temir yo‘l harakatlanuvchi tarkib teplovozlari D49 turidagi dizel taqsimlash vali klapanlarining quyma korpusini olish uchun qoliplash va sterjen aralashmalarning ratsional tarkibi va fizik-mexanik xossalari ishlab chiqilgan;
ikkilamchi po‘lat xomashyosi asosida olingan metall eritmasini modifikatsiyalash uchun modifikatorlarning ratsional tarkibi detallarning qo‘llanilish talablariga binoan maxalliy xomashyolar asosida yaratilgan;
ilk marotaba ikkilamchi po‘lat xomashyosi asosida olingan VCh50 markali cho‘yandan temir yo‘l harakatlanuvchi tarkib teplovozlari D49 turidagi dizel taqsimlash vali klapanlarining quyma korpusini qoliplash va sterjen aralashmalarning olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ikkilamchi po‘lat xomashyolari asosida cho‘yandan temir yo‘l harakatlanuvchi tarkib teplovozlarining D49 turidagi dizel taqsimlash vali klapanlari quyma korpusini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi po‘lat lom asosida induksion tigelli pechda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yan olish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2025 yil 24-iyuldagi 4/E985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho cho‘yan lomlari o‘rniga arzonroq ikkilamchi po‘lat xomashyosidan foydalanish imkoniyati yaratilgan, bu esa quyma mahsulotlarning tannarxini 50 % gacha kamaytirish, quyma sifatini yaxshilash va yaroqli mahsulot chiqishini 20 % gacha oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l harakatlanuvchi tarkib teplovozlarining D49 turidagi dizel taqsimlash vali klapanlari korpusini VCh50 markali yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yandan quyishda kompleks modifikatorlarning ratsional tarkibi, modifikatsiyalash uchun kovshning konstruktiv sxemasi, takomillashtirilgan texnologik jarayon «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2025 yil 24-iyuldagi 4/E985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada VCh50 markali yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yan mikrostrukturasida bir tekis taqsimlangan shar¬simon grafit hosil bo‘lishi, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 27 % ga, oquvchanlik chegarasi 25 % ga hamda qattiqligi 28 % ga oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi teplovozlari uchun D49 turidagi dizel taqsimlash vali klapanlarining quyma korpusini olish uchun ratsional tarkibli qoliplash va sterjen aralashmalarni tayyorlash texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2025 yil 24-iyuldagi 4/E985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qolip va sterjen aralashmalarining siqilish va egilishdagi mustahkamligi o‘rtacha 7 barobarga, gaz o‘tkazuvchanligi 2 barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish